Tuproqning suv va havo rejimlarini yaxshilash


Tuproq havosi tarkibidagi


Download 1.2 Mb.
bet7/12
Sana13.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#999400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mustaqil

Tuproq havosi tarkibidagi asosiy gazlar tuproq va biosferadagi biokimyoviy jarayonlarning kechishida katta ahamiyatga ega.
Molekulyar azotni tuproq havosida aniqlash bilan uning miqdorini genetik qatlamlar bо‘yicha taqsimlanishi tо‘g‘risida fikr yuritish yaramaydi. Biroq, tuproq tarkibidagi O2 va SO2 ni aniqlash natijasida azot atmosfera havosida kamroq, tuproq tarkibida esa kо‘proq ekanligini tasdiqlash mumkin. Tuproq havosidagi molekulyar N2O va NO2 ni aniqlash azotfiksatsiya, nitrifikatsiya va denitrifikatsiya jarayonlari va dinamikasini о‘rganish uchun katta ahamiyatga ega va bundan tashqari tuproqdagi azotning atmosferaning yuqori qismidagi ozon qatlamiga ta’sirini belgilashda juda muhim rol о‘ynaydi.
Kislorod - bu element atmosfera, о‘simlik va tirik jonivorlar hayotida muhim rol о‘ynaydi. Tuproq tarkibida kislorod serob bо‘lgan joyda aerob mikrobiologik jarayon avj olganadi. Kislorod yetishmagan tuproqlarda о‘simlik ildizlarining rivojlanishi susayadi, barcha о‘sayotgan nihollar quriydi. Zararli mikroorganizmlar rivojlanib, о‘simlik ildizlari chiriydi. Tuproq tarkibida kislorod 2,5 % ga yetganda anaerob mikrobiologik jarayon avj oladi. Tuproqda kislorod yil mavsumlarida о‘zgarib, 21 % gacha bо‘lishi mumkin.
Karbonat angidrid (SO2) atmosferada 90% ni tashkil qilib, tuproqdagi о‘simliklarning nafas olishi va chirishi natijasida hosil bо‘ladi. Atmosferadagi azot fotosintez jarayonini 50-100 % gacha oshirishi mumkin, ammo tuproq havosida SO2 3 % dan oshsa, о‘simlikning rivojlanishi, urug‘ining unib chiqish va uning hujayrasining suv bilan ta’minlanishini pasaytirib yuboradi.
Karbonat angidridga boy suvlar tuproq tarkibidagi qiyin eriydigan kalsit (SaSO3), dolomit (SaSO3·Mg SO3)magnezit (MgSO3), siderit kabi tuzlarning erishini tezlashtiradi. Tuproq tarkibidan SO2 ni olib chiqib ketish jarayonini dekarbonizatsiya deyiladi.
Ca(HCO3)D CaCO3 + H2O + CO2
Tuproq havosida SO2 miqdori 0,05 dan 10-12 % gacha, ba’zi hollarda 15-20 % gacha yetishi mumkin. Tuproq SO2 bilan normal nafas olishi 0,01 dan 1,5 g/m2·soat hisoblanadi.
Mikrogazlar tuproqda N2ONO2, CO, uglevodorodlar (etilen, atsitelen, metan), vodorod, oltingugurt, ammiak, mirkaptan, terpen, fosfin, spirt, efir, organik va noorganik kislotalar gazlari shaklida bо‘lib, ularning miqdori 1*10-9-10-12 % dan oshmaydi. Bu gazlarning meyoridan ortiq tо‘planishi mikrobiologik jarayonlar, organik moddalarning hosil bо‘lishi va parchalanishini yomonlashtiradi, mineral о‘g‘itlar, gerbitsidlar va atmosferaning texnogen gazlar bilan ifloslanishini keltirib chiqaradi.

Tuproq havosida mavjud gazlar balansini о‘rganish orqali tuproqda qanday jarayonlar kechayotganligini va ularning intensivligini aniqlash mumkin.
Tuproq havosi tarkibining о‘zgarishi asosan tuproqdagi biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar, agrotexnik tadbirlar: yerni о‘g‘itlash va sug‘orish kabi texnogen ta’sirlar bilan bevosita bog‘liqdir. Tuproq havoning tarkibi va miqdori biokimyoviy jarayonlar ta’sirida sutka, oy va yil mavsumlari davomida о‘zgarib turadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling