Tuproqshunoslik va agrokimyo


Download 1.51 Mb.
bet18/23
Sana14.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1196578
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Tuproqshunoslik uslubiy qo\'llanma.

Ish tartibi. Tekshiriladigan tuproqdan texnik tarozida 2-5 gr tortib olib, 700- 1500 ml hajmli kolbaga solinadi, uning ustiga 50-100 ml 0,02 natriy xlorit kislota quyib bir sutka qoldiriladi. Shundan keyin loyqaga lakmus qog’ozi tegizib quriladi, agar suyuqlikning muhiti kislotali bo’lsa filtrlanadi, ishqoriy bo’lsa uni uning ustiga 100-200 ml 0,2 n xlorid kislota quyiladi va aralashmani chayqatib hosil bo’lgan loyqa filtrlanadi. Toza filtratdan pipetka yordamida 25 ml olib, 250 ml hajmli ximiyaviy stakanga solinadi va uning ustiga 2-3 tomchi metilrot indekatoridan tomizib, eritma qizg’ish binafsha rangdan och sariq rangga o’tguncha o’yuvchi natriyning 0,2 n eritmasi bilan titrlanadi. Natija quyidagicha hisoblanadi.



bu yerda: x – namuna tarkibidagi karbonatlar miqdori, g; atitrlash uchun olingan eritma, ml;f1, f2 - tuzatish koeffitsenti; b – titrlash uchun sarf bo’lgan ishqor miqdori, ml; P – xlorid kislota miqdori, ml; H – tuproq og’irligi, g hisobida; 0,00044 – CO2 ga aylantirish koeffitsenti (1 ml 0,02 n HCl 0,00044 ga CO2 ga to’g’ri keladi); 100 – protsentga aylantirish ko’paytmasi; K – gigroskopik koeffitsent. Tuproq tarkibidagi umumiy chirindi miqdorini aniqlash. O’rta Osiyo tuproqlari tarkibida chirindi miqdori turlicha bo’ladi. Chirindining asosiy qismi yerning haydov qatlamida uchraydi.


Masalan, bo’z tuproqlardi 0,4-1,5%, o’tloq tuproqlarda 1,2-3% va o’tloqi botqoq tuproqlarda esa 1,3-4,2% gacha uchraydi. Tuproqning profilida chirindi miqdorining joylashishi uning turiga va o’zlashtirilish darajasiga bog’liq bo’ladi. Odatda, tuproq qatlami chuqurlashgan sari undagi chirindi miqdori kamayib boradi. Shuningdek, aniq o’zlashtirlgan va yetarli darajada o’zlashtirilmagan tuproqlarda chirindi miqdori kam bo’ladi. Eskidan uzlashtirilgan va sug’oriladigan yerlarning haydov qatlamida chirindi miqdori ko’p bo’ladi.
Erta baxorda va yozning birinchi yarmida chirindi minerallashi boshlaydi; kuzda esa chirindi miqdori ko’payadi, ya‟ni minerallashish jarayoni to’xtaydi. Chirindi miqdorini saqlab qolish yoki uni ko’paytirish uchun tuproqni muttasil organik o’g’it, jumladan go’ng solib turiladi. Bundan tashqari tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini ko’paytirish uchun almashalab ekish sistemasini joriy etish kerak. Chirindi tarkibidagi 58% uglerod, 28% kislorod, 5% vodorod, 3% azot va 3-6% kul bo’ladi.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling