Tuproqshunoslik va agrokimyo


Kerakli asbob va reaktivlar


Download 1.51 Mb.
bet22/23
Sana14.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1196578
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Tuproqshunoslik uslubiy qo\'llanma.

Kerakli asbob va reaktivlar: Ketmon,belkurak, metr,tuproq monolitlarining na’munalari


10 -laboratoriyaishi
Tuproq xaritalarini o’rganish va ulardan foydalanishni o’rganish


Maqsad: Tuproq xaritalaridanqandayfoydalanishkerakliginio’rganadi.

Turli xil kartalardan, shuninigdek, topografik asosolardan, fotoplanlardan oson foydalanish va ularni to’g’ri taxmin qilish uchun masshtabdan foydalaniladi.


Masshtab deb, plan va kartadagi chiziqlarning haqiqiy masofaga nisbatan kichrayish darajasiga aytiladi. Masshtab plandagi chiziqlarning joydagi masofalarga nisbatini ko’rsatadi. Masshtab ikki xil bo’ladi: soli masshtab; chiziqli masshtab.

  1. Sonlimasshtab nisbat yoki kasr bilan ko’rsatiladi uning suratida va maxrajida kichraytish darajasini ko’rsatuvchi son bo’ladi, masalan: masshtab

1------; yoki 1:100 plandagi har bir chiziqning haqiqiy masofaga nisbatan 100 marta 100 kichrayganligini ko’rsatadi. Plndagi ikki nuqta orasidagi masofani o’lchab, keyin uni sonli masshtab maxrajidagi songa ko’paytirilsa, ikki nuqta orasidagi haqiqiy masofaning uzunligi topiladi. Masalan, planda ikki nuqta orasidagi masofa 8 sm va sonli mashtab 1:2000 bo’lsa, haqiqiy masofa 80*2000 = 160000 sm yoki 1600 m bo’ladi. Sonli masshtab maxrajidagi kichik son bo’lsa, yirik masshtab, katta son bo’lsa mayda masshtab deyiladi. Masalan: masshtab 1:10 000 ga qaraganda 1:200 yirik masshtab 1:100 000 ga qaraganda 1:20 000 yirik va hakazo.

  1. CHiziqli masshtab teng qismlarga bo’lingan to’g’ri chiziqdan iborat. Uning qisimlari o’z ustida bo’lgan raqam bilan aniq masofani belgilaydi. Hozirgi plan va kartalarda chiziqli masshtab qismlarining uzundigi bir santimetr bo’ladi; eski kartalarda esa bir dyuym (ya’ni 2,54 sm) bo’lar edi.

Chiziqli masshtab qisimlarning uzunligini ko’rsatuvchi o’lcham (1 sm yoki 1 dyuym) masshtab asosiy deyiladi.
Masshtab asosi bilan ko’rsatiladigan haqiqiy masofa masshtab kattaligi deyiladi. Masalan, chiziqli masshtab 1 sm, 1m. 10 m, 1 km va hakazo masofalarni ko’rsatishi mumkin.
CHiziqli masshtab asosi qancha kichik masofani ifodalasa, masshtab shuncha yirik bo’ladi. CHiziqli masshtab qisimlari 0 raqamdan boshlab hisoblanadi. 0 raqami masshtabning birinchi qismidan keyin o’ng tomonda yoziladi.
Plan va kartalarda masofani aniq o’lchash maqsadida, masshtabning birinchi qismi mayda bo’laklarga (masalan, mm ga) bo’lingan (32 – rasm)
Sonli masshtabga qaraganda chiziqli masshtabdan foydalanish ancha qulay. CHunki, chiziqli masshtabdagi haqiqiy masofani plan yoki kartaga qarab to’g’ridan – to’g’ri aniqlash mumkin.
Ko’p plan kartalarda sonliv a chiziqli masshtabning ikkalasi ham bo’ladi. Lekin ba’zi plan va kartalarda chiziqli yoki sonli masshtablardan birgina beriladi. Bularning qaysi biri kerak bo’lsa, shunga aylantirish mumkin.
Sonli masshtabni chiziqli masshtabga aylantirish uchun plandagi yoki kartadagi 1 sm ni sonli masshtab maxrajdagi songa ko’paytirish kerak. Keyin ko’paytirishdan hosil bo’lgan santimetrlar metr yoki kilometrga aylantiriladi.
Masalan, sonli masshtab 1:10 000 bo’lganda haqiqiy masofa planda 10 000 marta kichraytirilganligi ko’rinadi. Demak, plandagi 1 sm 10 000 yoki 100 m haqiqiy masofani ko’rsatar ekan.
CHiziqli masshtabni sonli masshtabga aylantirish uchun chiziqli masshtab qismlarining haqiqiy masofadan necha marta kichikligini hisoblash kerak.
Masalan: chiziqli masshtabning 1 santimetri haqiqiy masofaning 2 klametrini ko’rsatadi, deylik. Ma’lumki, 1 km da 1000 yoki 100 000 sm bor, 2 km da 200 000 sm bor. Demak, masshtabda haqiqiy masofa 200 000 marta kichaytirilgan ekan. Binobarin sonli masshtab 1:200 000 bo’ladi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, sonliv a chiziqli masshtab maydonning emas, balki chiziqlarning kichrayish darajasini ko’rsatadi. Plan yoki kartada maydoning kichrayish darajasi masshtabda ko’rsatilgan chiziq kichrayishining kvadratiga baravar bo’ladi. (27- jadval).
Masalan, masshtab 1:100 bo’lganda plandagi maydon 100 marta emas, 10 000 marta kichrayadi. Agar shu masshtabni ikki marta kichaytirsak, ya’ni 1:100 o’rniga 1:200 olsak, u holda plandagi maydon ikki marta emas, balki to’rt marta kichrayadi, ya’ni maydonning haqiqiy kengligi 40 000 marta kichrayadi.
Aplandagito’g’rito’rtburchaklimaydonninghaqiqiykattaliginianiqlashuchunmasshtabgaqarabdastlabuninghaqiqiyuzunligivahaqiqiyenitopiladi. Keyin maydonning topilgan haqiqiy uzunligini uning haqiqiy eniga ko’paytirish kerak.Buning natijasida hosil bo’lgan son maydonining haqiqiy kattaligini m2 hisobida ko’rsatadi. Agar plandagi maydonning shakli to’g’ri burchakli bo’lsa uning haqiqiy kattaligini topish uchun kvadratlarga bo’lingan tiniq qog’oz, paletkadan foydalanamiz.
Bunda paletkani plan ustiga yoyib keyin haqiqiy kattaligi aniqlanadigan maydonda paletkaning to’liq kataklari hisoblab chiqiladi, yarim kataklarini esa bir – biriga qushib, to’liq kattakka aylantirib hisoblanadi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling