Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 11 tuproqlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi munozaralar, birinchi xaritalar (Stashik, Grossul, Tolstoy, Veselovskiy), agrogeologik (Lorents) va geologik tuproqshunoslik, Germaniya va boshqa mamlakatlarda (Fallu, Berendt, Severgin), unumdorlik to‘g‘risida K.Marks va F.Engelg‘sning ta’limotlari (XVIII va XIX asrlar). 8. Nazariy tuproqshunoslikni shakllantirish, uning asosiy konsepsiyasi; tuproq tabiatning alohida tanasi, profil tuzilishga egaligi, unumdorlik – uning asosiy sifat ko‘rsatkichi, tuproq tiplari to‘g‘risidagi ta’limot, tuproq genezisi va tasnifi, tuproq va landshaft, mintaqaviy qonuniyatlar (Dokuchayev, Sibirsev, Kostichev, Vilyams, Gilgard, Ramani, Trentts, Murgochi va boshqalar) tuproq mikrobiologiyasining boshlanish davrini (Beyering, Vinogradskiy, Omelenski) o‘z ichiga oladi. 9. Dokuchayev ta’limotining dunyo bo‘yicha keng tarqalishi, tuproq tasnifining turli mamlakatlarda rivojlanishi, tuproqshunoslik bo‘yicha turli yo‘nalishlarning bunyodga kelishi (tuproq geografiyasi, fizikasi, kimyosi va boshqalar), birinchi dunyo tuproq xaritalari (Glinka, Prasolov), Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlarida tuproqshunoslikning rivojlanishi, tuproq singdirishi to‘g‘risidagi ta’limot (Gedroyts, Mattson, Vigner, Daykuxara) agronomik tuproqshunoslikning yangi nazariy asosda qayta tiklanishi (Rassel, Mitcherlix, Sokolovskiy) masalalari. 10. Hozirgi davrda zamonaviy konstruktiv tuproqshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi: matematik, fizik, kimyoviy usullarni keng qo‘llash, tuproq jarayonlarini modellashtirish, tuproq melioratsiyasi va himoyasini kengaytirish, dunyo tuproqlari zahiralari, tasnifi, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish muammolari. Butundunyo FAO va YUNESKO tomonidan tuproq xaritalarining tuzilishi. Akademik V.N.Vernadskiyning iborasi bilan aytganda, planetamizda dehqonchilik bilan 600ga yaqin inson avlodi shug‘ullanib kelgan. Ibtidoiy jamoa davrida kishilar qurilish, ovchilikdan so‘ng dehqonchilik masalalari bilan shug‘ullana boshlagan. Dehqonchilik madaniyati tog‘ va tog‘oldi hududlarida insonlar zich yashaydigan, yog‘in serob bo‘lgan va sel oqimlari bilan sug‘oriladigan tog‘oldi tekisliklarida rivojlanib, so‘ngra daryo sohillarida avj olgan. Bunga misol Nil, Tibr va Yevfrat daryo vodiylaridagi arxeologlarning qazilmalarida topilgan qadimgi dehqonchilik madaniyatiga oid daliliy ashyolardir. Dehqonchilikda sug‘orish usullari, yerni belkurak, yog‘och omochlar bilan haydash, ariqlar va kanallar yordamida suvni dalalarga olib kelish, yer unumdorligini yaxshilash maqsadida tuproqqa go‘ng, devor kesaklari, ariq va uning yoqalaridan loylarni solish o‘sha davrlardan boshlanadi. Misr, Shumer, Ossuriya, Vavilon davlatlari paydo bo‘lib, H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 12 yerlarni sug‘orish uchun kanallar, ariqlar va boshqa suv shohobchalari qurila boshladi. Urartu va O‘rta Osiyo mamlakatlarida sug‘orma dehqonchilik miloddan II ming yil avval rivojlanganligi qadimshunoslar V.V.Bartolg‘d (1914), S.P.Tolstov (1948), Ya.G‘.G‘ulomov (1957) tomonidan isbot etilgan. Tuproq to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi Kichik Osiyo, Bolqon va O‘rta yer dengizi atrofida joylashgan Yunonistonda ellinizm madaniyatining taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Gretsiyada tuproq turlari, ularga ishlov berish masalalari, ya’ni yerni quruq haydash va agronomik tadbirlarni qo‘llash usullari mahlum bo‘lib, Gesiod, Ksenofan, Platon, Aristotel va Teofrastlarning filosofik asarlarida qayd etilgan o‘simlikning rivojlanishida tuproq, iqlim, yorug‘lik, namlik va issiqlikning ahamiyatini birinchi bo‘lib ta’riflangan. Gerodot o‘z asarlarida Misr, Liviya, Italiya, Efiopiya, Arabiston, Yunoniston tuproqlarining tarqalishi, profil tuzilishi, unumdorligi, o‘zgaruvchanligi, o‘simliklar o‘stirilishi va agrotexnikasi kabi bir qator ma’lumotlarni kelitirib o‘tadi. Tuproq unumdorligini oshirish, turli organik o‘g‘itlarni, go‘ng, gumus, o‘simlik qoldiqlari kompostlardan foydalanish masalasi rum faylasuflari va yozuvchilari M.P.Katon (eramizdan oldingi 234-149-yillar) va M.T.Varron (miloddan oldingi 116-27-yillar) asarlarida batafsil keltirilgan. Tuproq unumdorligining inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risida Vergiliyning (eramizdan oldingi 70-19-yillar) “Georgiki” poemasida kuylangan. Albatta, bu asarda tuproq qoplamining sho‘rlanishi, ularga qarshi kurash choralariga ham e’tibor berilgan. Shu davrda Italiyada dehqonchilikka katta ehtibor bergan tabiatshunos Kollumelladir, u tuproqning turli fizik holatga ega ekanligi, granulometrik tarkib va unumdorlikni inson boshqarib turishi mumkinligi, bir necha xillardan iborat ekanligi haqida yozib, bog‘dorchilikda yerni 60 sm chuqurlikkacha temir, og‘ir plug bilan haydashni tavsiya qiladi. O‘rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlar, ya’ni Italiya, Gretsiya, Ispaniya, Misr, Liviya, Kavkaz tog‘lari hududidagi tuproqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Strobonning “Geografiya” nomli asarida mukammal keltirilgan. Feodalizm davri Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi mamlakatlarda milodning I asrlaridan boshlanadi. Bu mamlakatlarda yer davlat ixtiyorida bo‘lib, asosiy e’tibor yer kadastrini tuzish va hisobini olib borish, xalqdan soliq yig‘ish uchun eng muhim tadbirlardan hisoblangan. Yer zahiralari Xitoy va Yaponiyada juda ham qattiq davlat nazorati ostida bo‘lib, sug‘orish, ishlov berish, o‘g‘itlash, ekinlarni joylashtirish masalasi mavsumiy ravishda amalga oshirilgan. Yer haydaydigan temir pluglar, boronalar va boshqa jihozlar mukammallashtirilgan bo‘lib, balandlik tog‘ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling