Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari: 1. Orol dengizi suvining qurishiga olib kelgan sabablarni tushuntiring? 2. Orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqayotgan muammolarni aniqlang? 3. Orol dengizi atrofidagi tuproq qoplamining sho‘rlanishi, ifloslanishi va qurg‘oqlanishini tushuntiring? 4. Orol dengizi suvini qayta tiklash imkoniyatlari mavjudligi va ularni qanday amalga oshirish mumkinligini tushuntiring? 44-bob. Tuproq bonitirovkasi, baholash va kadastri Tuproq bonitirovkasi deganimizda, biz uning sifati, unumdorlik darajasi, ishlab chiqarish bahosi, tabiiy va madaniy fitotsenozlar, ya’ni ularning qishloq xo‘jaligi ekinlariga bo‘lgan nisbatini baholashni tushunamiz. Bonitirovka aslida, tuproq unumdoriligining tasnifi, uning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi hamda yerdan olingan hosilning tahlilidan iboratdir. Tuproq boniteti eng unumdor yerlarga solishtirilgan 100 ball bilan belgilanadi. Tuproq bonitirovkasi, asosan, tuproq tiplarini hududiy sharoitiga binoan taqqoslashdan iborat. Masalan, qora tuproqlarni kashtan va bo‘z H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 161 tuproqlar bilan qiyosiy solishtirishdir. Tuproqni baholaganda unumdorlik, xossa va xususiyati bilan bir qatorda, geografik o‘rni, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ya’ni maydoni, masofasi, inshootlar bilan ta’minlanishi, mehnat resurslari, yerdan foydalanuvchi raqobati qo‘shnilar e’tiborga olinadi. Tuproqni baholash, bonitirovka, yer kadastrining tarkibiy qismi bo‘lib, asosan, yerni o‘rganish, baholash, yer osti va usti resurslarini hisobga olish, reyestri, ahvoli, maydoni, bahosi va daromadini o‘z ichiga oladi. Insoniyat tarixida yerni baholashdan maqsad – asosan, sifatiga qarab soliq solish tizimini ishlab chiqishdan iborat edi. Sobiq Ittifoq davrida yer, asosan, xalq, jamoa mulki hisoblanib, vazifa yerdan faol foydalanish hamda unumdorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va muhofaza qilishdan iborat edi. Yer zahirasi foydalanishga binoan, besh turkum, tarkibiy qismlarga bo‘lingan: • qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar; • xalq yashayotgan qishloqlar va shaharlarga ajratilgan yerlar; • sanoat, transport, oromgoh-sanatoriyalar, qo‘riqxonalar uchun belgilangan yerlar; • davlat o‘rmonchilik fondi; • davlat tasarrufidagi yerlar. Yuqorida keltirilgan yerlar, ulardan foydalanuvchilar hisobiga, davlat hujjatlari va qaroriga asosan ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Oliy Majlis tomonidan Yer kadastri qonunlarining loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Yer qo‘mitasi tuzilib, barcha tuproqlarga taalluqli bo‘lgan loyiha va ilmiy tekshirish institutlari uning tasarrufiga o‘tkazildi. Yer davlat ixtiyorida bo‘lib, uning shartnoma asosida dehqonlarga, fermerlarga va boshqa jamoa va shirkat xo‘jaliklariga, chorvachilik korxonalariga, fuqorolarga uzoq muddatga foydalanish uchun ijara sifatida berishga qaror qilindi. Shuning uchun, asosiy dolzarb masalalardan biri, jamoa, shirkat, fermer xo‘jaligi tuproq xaritalari, agrokimyoviy xaritanomalarni qaytadan tuzib, tuproq boniteti, narxini, yer kadastrini yangi sharoitga moslab ishlab chiqishdir. Dastavval tuproqlarning agronomik xususiyatlari, hududiy sharoiti, meliorativ holatini hisobga olgan holda, agroishlab chiqarish tizimini tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Tuproqni agroishlabchiqarish guruhlashda ikki xil usul mavjud bo‘lib, birinchisida tuproqlarning suv fizik, issiqlik xususiyatlari, kimyoviy tarkibining bir -biriga yaqinligi, o‘xshashlik qobiliyati, meliorativ va yuvilishga qarshi chora-tadbirlarning umumiyligi bilan ajratish. Bu tadbir barcha qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun umumiydir. Ikkinchisida esa, o‘simlik turlarining tuproq sharoitiga bog‘liqligi bilan H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 162 belgilanadi. Masalan, paxta, bog‘dorchilik, sabzavot-poliz va g‘alla ekinlarining talabiga mos keladigan tuproqlar guruhi. Bonitirovka usuli yerning ishlab chiqarish holati, uning iqtisodiy bahosini, narxini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. Yerni baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadimgi Misr, Messopatamiya, Nil, Tigr va Yefrat daryolari vodiysidagi dehqonchilik tarixi bilan bog‘liq. Xitoyda yer sharoitiga qarab, soliq solish ikkinchi asrda, Yaponiyada esa uchinchi asrdan boshlab joriy etilgan edi. Rossiyada esa yer solig‘ini joriy etishda dastlabki asos K.S.Veselovskiy va V.I.Chaslavskiy (1851, 1879) tomonidan tuzilgan tuproq xaritalari edi. V.V.Dokuchayev tomonidan yerning sifat baholanishida esa, birinchidan, tuproqning unumdorligi, asosiy xossalari va ikkinchidan, iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari hisobga olingan edi. Hozirgi kunda respublikamiz tuproqlarining bonitirovkasi “Yergeodez-kadastr” Davlat Qo‘mitasiga qarashli Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va muntazam tekshirib boriladi. Bonitirovka darajasiga tuproqning asosiy xossalari (gumus, oziqa elementlar miqdori, muhit, suv-fizik xususiyatlari) olinib, eng unumdor qora tuproqlar 100 ga teng qilib belgilangan. Bu ko‘rsatkichga, yillar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan o‘rtacha hosil qo‘shilar edi. Ikkinchi usulga binoan, tuproq turining xossa va xususiyatlari, kimyoviy tarkibi hisobga olinib, yetishtirilgan hosil e’tiborga olinmaydi. Shuning uchun N.F.Tyumensev (1975) tomonidan tuproq bonitetida ekologik va ichki sharoitlarni ham hisobga olish taklif etilgan. Birinchisiga tabiiy va antropogen omillar, ikkinchisiga esa morfologik tuzilish, ona jinsi, mexanik va mineralogik tarkibi, gumus miqdori, kimyoviy va fizik xususiyatlari, sho‘rlanish darajasi, botqoqlanish darajasi, yerning toshligi, gips va karbonatlar miqdori kiritilgan. Bonitet bali qo‘yidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi: B=3f/3m*100 3f - baholanayotgan tuproqdagi oziqa moddalarning (gumus, azot, fosfor va kaliyning) o‘rtacha miqdori; 3m - tuproqning 100 ballga tenglashtirilgan asosiy ko‘rsatkichi. O‘zbekistonda tuproq boniteti "UzYERLOYIHA" instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling