Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


-rasm . Pestitsidlarni qo‘llashning zamonaviy usullari


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

21-rasm
Pestitsidlarni qo‘llashning zamonaviy usullari. 
Akademik 
M.V.Muhammadjonovning 
(1987) 
yozishicha, 
mamlakatimizda har yili ko‘p miqdorda pestitsidlar ishlatilmoqda.


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
156 
22-rasm. O‘zbekiston tuproqlarining DDT metabolitlari bilan 
ifloslanishi (O‘zRTMQDQ ma’lumoti) 
Faqat paxta maydonining har gektariga 54,4 kg zaharli moddalar 
sepilmoqda. Rossiya Meditsina fanlari akademiyasining ma’lumotlariga 
qaraganda, bir gektar ekin maydoniga bir kg zaharli moddalar 
ishlatilmoqda. 
"Pravda Vostoka" gazetasining 1990-yil 30-may sonida, 1989-yili 
jumhuriyatimiz dehqonchiligida 85 ming tonna zaharli moddalar 
ishlailganligi haqida ma’lumot keltirilgan. Har gektar yerga sepilgan 
zaharli moddalar miqdori 20 kg ni tashkil qilib, bu ittifoqdagiga qaraganda 
bir necha marotaba ko‘pdir. Ishlatilgan umumiy dorilarning 28% kuchli va 
xavfli zaharlardir. Jumhuriyatimizning ko‘pchilik tumanlarida 20% gacha 
oziqa mahsulotlari zaharli moddalar bilan ifloslangan. Ochiq suv 
havzalarining hammasida zaharli moddalar mavjudligi aniqlangan. Bu esa 
qishloq aholisi orasida turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda.
Zaharlanishga qarshi kurashish va ekologik vaziyatni saqlab turish 
maqsadida paxtachilikda ishlatiladigan ko‘plab kuchli kimyoviy moddalar 
taqiqlandi. Zaharli moddalarni saqlaydigan maxsus xonalar va omborlari 
bo‘lmagan xo‘jalik va tashkilotlarga zaharli pestitsidlarni sotish ham 
to‘xtatib qo‘yilgan. 
So‘nggi yillarda maxsus, ilmiy va qishloq xo‘jaligiga doir 
adabiyotlarida "og‘ir metallar" degan ibora paydo bo‘ldi. By ibora salbiy 
mahnoni bildirib, o‘simliklar va hayvonlar uchun zaharli hamda havfli 
bo‘lgan kimyoviy elementlarni nazarda tutadi. Og‘ir metallar, bu zichligi 5 
g/sm
3
dan ko‘p bo‘lgan bir guruh kimyoviy elementlardir. Biologik 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
157 
adabiyotlarda "og‘ir metallar" deb atom massasi 40 dan ortiq bo‘lgan 
kimyoviy elementlar guruhiga aytiladi. 
Og‘ir metallarning zaharliligi to‘g‘risidagi tasavvurni mutlaqo to‘g‘ri 
deb ham bo‘lmaydi. Chunki bu kimyoviy elementlar guruhiga mis, rux, 
molibden, kobalt, marganes, temir, ya’ni biologik nuqtai nazardan ijobiy 
ahamiyatiga ega bo‘lgan elementlar ham kiradi. Demak, og‘ir metallar va 
mikroelementlar deb, bir xil kimyoviy elementlarga aytilsa-da, ular har xil 
ahamiyatga ega. Bu aynan o‘sha elementlarning tuproq, o‘simliklar va 
hayvonlardagi mehyoriy ulushlari (konsentratsiyasi)ga bog‘liq. 
"Og‘ir metallar" deganda, haqiqatdan ham odamlar va hayvonlar 
uchun xavfli konsentratsiyada bo‘lgan, nisbiy atom massasi 40 dan yuqori 
elementlar tushuniladi. Bu elementlarning (tuproqdagi, o‘simliklardagi va 
hayvonlardagi konsentratsiyasiga bog‘liq), oz konsentratsiyasi o‘simlik va 
hayvonlarga foydali bo‘lishi mumkin. Ammo haqiqatan zaharli, xavfli 
shunday "og‘ir metall" elementlari borki, bularga: simob, kadmiy va 
qo‘rg‘oshin kiradi. Bunday o‘nta element sanoat va transportda ko‘p 
ishlatilib, 
atrof-muhitni 
ifloslantiradi, 
odamlar, 
hayvonlar 
va 
o‘simliklarning zaharlanishi xavfini tug‘diradi. 
Tuproq metall ionlarini singdirish qobiliyatiga ega bo‘lib, ularni 
qabul qiladi va saqlaydi. Oz miqdorda bo‘lsa-da metallarning davomli 
vaqtda tuproqqa tushishi, ularni shu yerda to‘planishiga olib keladi. 
Madaniy landshaftlarda keng tarqalgan og‘ir metallar rux, 
qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy va xrom hisoblanadi. Dalalarda rezina 
qoldiqlari kuydirilsa, rux ko‘payib ketadi. Avtomobillar va umuman, ichki 
yonuv dvigateli ishlashi natijasida atrof-muhitda qo‘rg‘oshin ko‘payadi. 
Dalalarda fosfor o‘g‘itlari ko‘p ishlatilganda, u bilan birga tuproqqa 
kadmiy tushadi va to‘planadi. Urug‘larni dorilashda ishlatiladigan 
fungitsidlar simobning tuproqda to‘planishiga olib keladi. Shahar 
chiqindilari organik o‘g‘it sifatida ishlatilganda ham tuproqqa simob 
tushishi mumkin. Fosforli o‘g‘itlar bilan tuproqqa uran, toriy, radiy 
elementlari tushib qolishi mumkin. 
Superfosfat va fosfogips bilan birga tuproqqa stronsiy tushishi 
mumkin. Bu elementlar tuproqda ko‘payib ketganda hosildorlikni 
kamaytiradi. Bunday holat atrof muhitning ifloslanishi va buzilishiga, 
ekologik vaziyatning yomonlashishiga olib keladi. Juda ko‘plab og‘ir 
metallarni o‘simliklar tuproqdan ildizlar orqali o‘zlashtiradi va zaharlanib 
nobud bo‘lishlari mumkin. 
Deyarli hamma og‘ir metallarning tuproq va o‘simliklardagi zaharli 
miqdori aniqlangan. Shu bois ularning tuproqdagi miqdorini tekshirib, 
ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan oldini olish kerak. Shu maqsadda 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
158 
ularning tuproqdagi zararli miqdorini kamaytirish uchun mikroorga-
nizmlarning faoliyatini kuchaytirish zarur, degan fikr ham mavjud 
(Yu.V.Alekseyev, 1987). Og‘ir metallarning tuproqdagi zararli miqdorini 
oshirmasdan, ularning to‘planishining oldini olish maqsadida, organik 
o‘g‘itlardan keng foydalanish tavsiya qilinadi. Organik o‘g‘itlarning ham 
juda ko‘p ijobiy xususiyatlari mahlum. Organik o‘g‘itning tuproqda 
chirishi natijasida, issiqlik ajraladi, mikroorganizmlar faoliyati kuchayadi. 
Organik moddalar kation va anionlarni shimib, o‘ziga singdiradi, tuproq 
eritmasidagi tuzlar konsentratsiyasini pasaytiradi. Shu sabablarga ko‘ra, 
ular og‘ir metallar zararini kamaytirib, ularning o‘simlik tarkibiga 
o‘tmasligini ta’minlaydi. Og‘ir metallarning tuproqdagi zararli miqdorini 
kamaytirish uchun "ionlar antagonizmi" nazariyasidan ham foydalanish 
mumkin. 
Tuproqni turli modda va elementlar bilan ifloslamasdan, toza holda 
saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Toza tuproqda o‘simlik uchun 
ekologik sharoit ham qulay bo‘ladi. Tuproqqa solinadigan barcha 
chiqindilar va yangi o‘g‘itlarni yaxshilab tekshirib ko‘rgandan keyingina 
uni ishlatish haqida xulosa chiqarish kerak. Demak, zaharli elementlar va 
moddalarning tuproqqa tushib to‘planishiga va ifloslanishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. Mana shunda ekologik muvozanat buzilmaydi va toza 
holda saqlanadi. 
Ayrim paxtakor xo‘jaliklar, har gektar yerdan 35-40 sentnerdan hosil 
olib turgan bo‘lsa, yer maydoni xuddi shunday bo‘lgan, ammo gektariga 
12-15 sentnerdan hosil oladigan xo‘jaliklar ham bor. Demak, agrotexnik 
tadbirlarning ayrimlari yetarli darajada ilmiy tomondan hal qilinmagan 
yoki joylardagi mutaxassislar o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan 
qarashi natijasida, ba’zi bir tadbirlar sifatsiz bajarilayotgan bo‘lishi 
mumkin. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling