Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
-rasm . Pestitsidlarni qo‘llashning zamonaviy usullari
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-rasm. O‘zbekiston tuproqlarining DDT metabolitlari bilan ifloslanishi (O‘zRTMQDQ ma’lumoti)
21-rasm
. Pestitsidlarni qo‘llashning zamonaviy usullari. Akademik M.V.Muhammadjonovning (1987) yozishicha, mamlakatimizda har yili ko‘p miqdorda pestitsidlar ishlatilmoqda. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 156 22-rasm. O‘zbekiston tuproqlarining DDT metabolitlari bilan ifloslanishi (O‘zRTMQDQ ma’lumoti) Faqat paxta maydonining har gektariga 54,4 kg zaharli moddalar sepilmoqda. Rossiya Meditsina fanlari akademiyasining ma’lumotlariga qaraganda, bir gektar ekin maydoniga bir kg zaharli moddalar ishlatilmoqda. "Pravda Vostoka" gazetasining 1990-yil 30-may sonida, 1989-yili jumhuriyatimiz dehqonchiligida 85 ming tonna zaharli moddalar ishlailganligi haqida ma’lumot keltirilgan. Har gektar yerga sepilgan zaharli moddalar miqdori 20 kg ni tashkil qilib, bu ittifoqdagiga qaraganda bir necha marotaba ko‘pdir. Ishlatilgan umumiy dorilarning 28% kuchli va xavfli zaharlardir. Jumhuriyatimizning ko‘pchilik tumanlarida 20% gacha oziqa mahsulotlari zaharli moddalar bilan ifloslangan. Ochiq suv havzalarining hammasida zaharli moddalar mavjudligi aniqlangan. Bu esa qishloq aholisi orasida turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Zaharlanishga qarshi kurashish va ekologik vaziyatni saqlab turish maqsadida paxtachilikda ishlatiladigan ko‘plab kuchli kimyoviy moddalar taqiqlandi. Zaharli moddalarni saqlaydigan maxsus xonalar va omborlari bo‘lmagan xo‘jalik va tashkilotlarga zaharli pestitsidlarni sotish ham to‘xtatib qo‘yilgan. So‘nggi yillarda maxsus, ilmiy va qishloq xo‘jaligiga doir adabiyotlarida "og‘ir metallar" degan ibora paydo bo‘ldi. By ibora salbiy mahnoni bildirib, o‘simliklar va hayvonlar uchun zaharli hamda havfli bo‘lgan kimyoviy elementlarni nazarda tutadi. Og‘ir metallar, bu zichligi 5 g/sm 3 dan ko‘p bo‘lgan bir guruh kimyoviy elementlardir. Biologik H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 157 adabiyotlarda "og‘ir metallar" deb atom massasi 40 dan ortiq bo‘lgan kimyoviy elementlar guruhiga aytiladi. Og‘ir metallarning zaharliligi to‘g‘risidagi tasavvurni mutlaqo to‘g‘ri deb ham bo‘lmaydi. Chunki bu kimyoviy elementlar guruhiga mis, rux, molibden, kobalt, marganes, temir, ya’ni biologik nuqtai nazardan ijobiy ahamiyatiga ega bo‘lgan elementlar ham kiradi. Demak, og‘ir metallar va mikroelementlar deb, bir xil kimyoviy elementlarga aytilsa-da, ular har xil ahamiyatga ega. Bu aynan o‘sha elementlarning tuproq, o‘simliklar va hayvonlardagi mehyoriy ulushlari (konsentratsiyasi)ga bog‘liq. "Og‘ir metallar" deganda, haqiqatdan ham odamlar va hayvonlar uchun xavfli konsentratsiyada bo‘lgan, nisbiy atom massasi 40 dan yuqori elementlar tushuniladi. Bu elementlarning (tuproqdagi, o‘simliklardagi va hayvonlardagi konsentratsiyasiga bog‘liq), oz konsentratsiyasi o‘simlik va hayvonlarga foydali bo‘lishi mumkin. Ammo haqiqatan zaharli, xavfli shunday "og‘ir metall" elementlari borki, bularga: simob, kadmiy va qo‘rg‘oshin kiradi. Bunday o‘nta element sanoat va transportda ko‘p ishlatilib, atrof-muhitni ifloslantiradi, odamlar, hayvonlar va o‘simliklarning zaharlanishi xavfini tug‘diradi. Tuproq metall ionlarini singdirish qobiliyatiga ega bo‘lib, ularni qabul qiladi va saqlaydi. Oz miqdorda bo‘lsa-da metallarning davomli vaqtda tuproqqa tushishi, ularni shu yerda to‘planishiga olib keladi. Madaniy landshaftlarda keng tarqalgan og‘ir metallar rux, qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy va xrom hisoblanadi. Dalalarda rezina qoldiqlari kuydirilsa, rux ko‘payib ketadi. Avtomobillar va umuman, ichki yonuv dvigateli ishlashi natijasida atrof-muhitda qo‘rg‘oshin ko‘payadi. Dalalarda fosfor o‘g‘itlari ko‘p ishlatilganda, u bilan birga tuproqqa kadmiy tushadi va to‘planadi. Urug‘larni dorilashda ishlatiladigan fungitsidlar simobning tuproqda to‘planishiga olib keladi. Shahar chiqindilari organik o‘g‘it sifatida ishlatilganda ham tuproqqa simob tushishi mumkin. Fosforli o‘g‘itlar bilan tuproqqa uran, toriy, radiy elementlari tushib qolishi mumkin. Superfosfat va fosfogips bilan birga tuproqqa stronsiy tushishi mumkin. Bu elementlar tuproqda ko‘payib ketganda hosildorlikni kamaytiradi. Bunday holat atrof muhitning ifloslanishi va buzilishiga, ekologik vaziyatning yomonlashishiga olib keladi. Juda ko‘plab og‘ir metallarni o‘simliklar tuproqdan ildizlar orqali o‘zlashtiradi va zaharlanib nobud bo‘lishlari mumkin. Deyarli hamma og‘ir metallarning tuproq va o‘simliklardagi zaharli miqdori aniqlangan. Shu bois ularning tuproqdagi miqdorini tekshirib, ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan oldini olish kerak. Shu maqsadda H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 158 ularning tuproqdagi zararli miqdorini kamaytirish uchun mikroorga- nizmlarning faoliyatini kuchaytirish zarur, degan fikr ham mavjud (Yu.V.Alekseyev, 1987). Og‘ir metallarning tuproqdagi zararli miqdorini oshirmasdan, ularning to‘planishining oldini olish maqsadida, organik o‘g‘itlardan keng foydalanish tavsiya qilinadi. Organik o‘g‘itlarning ham juda ko‘p ijobiy xususiyatlari mahlum. Organik o‘g‘itning tuproqda chirishi natijasida, issiqlik ajraladi, mikroorganizmlar faoliyati kuchayadi. Organik moddalar kation va anionlarni shimib, o‘ziga singdiradi, tuproq eritmasidagi tuzlar konsentratsiyasini pasaytiradi. Shu sabablarga ko‘ra, ular og‘ir metallar zararini kamaytirib, ularning o‘simlik tarkibiga o‘tmasligini ta’minlaydi. Og‘ir metallarning tuproqdagi zararli miqdorini kamaytirish uchun "ionlar antagonizmi" nazariyasidan ham foydalanish mumkin. Tuproqni turli modda va elementlar bilan ifloslamasdan, toza holda saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Toza tuproqda o‘simlik uchun ekologik sharoit ham qulay bo‘ladi. Tuproqqa solinadigan barcha chiqindilar va yangi o‘g‘itlarni yaxshilab tekshirib ko‘rgandan keyingina uni ishlatish haqida xulosa chiqarish kerak. Demak, zaharli elementlar va moddalarning tuproqqa tushib to‘planishiga va ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Mana shunda ekologik muvozanat buzilmaydi va toza holda saqlanadi. Ayrim paxtakor xo‘jaliklar, har gektar yerdan 35-40 sentnerdan hosil olib turgan bo‘lsa, yer maydoni xuddi shunday bo‘lgan, ammo gektariga 12-15 sentnerdan hosil oladigan xo‘jaliklar ham bor. Demak, agrotexnik tadbirlarning ayrimlari yetarli darajada ilmiy tomondan hal qilinmagan yoki joylardagi mutaxassislar o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashi natijasida, ba’zi bir tadbirlar sifatsiz bajarilayotgan bo‘lishi mumkin. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling