Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarlik eroziyasi.
Shamol eroziyasi.
Bu eroziya tufayli, ko‘pincha, tuproqning unumdor qatlamini shamol uchirib ketadi. Ayniqsa, o‘simliklari siyrak qurg‘oqchil cho‘llarda, xususan, yaylovdan noto‘g‘ri foydalanilganda shamol eroziyasi kuchli bo‘lib, qumlarni uchirib ketadi va ko‘pincha, sug‘oriladigan yerlarga, aholi yashaydigan joylarga olib ketadi. Natijada, sug‘orish shahobchalari va unumdor yerlar qum bilan ko‘milib qoladi. Shamol eroziyasi tufayli tuproqning mayda zarrachalardan iborat bo‘lgan qismi hamda undagi gumus va oziqa moddalari yo‘qoladi, nati- jada, tuproq unumdorligi nihoyatda pasayadi, ekinlarning hosili ham juda kamayib ketadi. Ana shunday tuproqlarning unumdorligini tiklash uchun bir necha o‘n yillar kerak bo‘ladi. Shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarda yerga solingan o‘g‘itlar samarasi ham eroziyalanmagan yerlarga nisbatan kamroq. Shamol eroziyasiga uchragan yerlarga, ayniqsa, qumli cho‘llarda qumda o‘sadigan har xil bo‘ta o‘simliklar ekish tavsiya etiladi. Undan tashqari, shamol eroziyasi kuchli bo‘ladigan maydonlardagi qumlar betiga har xil yopishqoq organik moddalar sochib, pardali qatlam hosil qilish orqali qumlarni ko‘chishdan to‘xtatish ham yaxshi natija beradi. Shamol H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 152 eroziyasiga qarshi kurashishda, shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang qilib ihota daraxtzorlar barpo etish asosiy va zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. Jarlik eroziyasi. Eroziyaning bu turi Rossiya hududida, shu jumladan, O‘rta Osiyoda keng tarqalgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yer fondining kamayib ketishiga sababchi bo‘ldi hamda katta zarar keltirdi. Undan tashqari, sug‘oriladigan rayonlarda jarliklarga yaqin bo‘lgan maydonlarda, tuproqning gidrologik holati ham yomonlashadi va unumdorligi pasayib, natijada, ekinlar hosili ham keskin kamayib ketadi. X.Maxsudov, T.Xoshimov, A.Nigmatov keltirib o‘tgan ma’lumotlarga ko‘ra jarliklar ta’siri kuchsiz yoki kam bo‘lgan maydonlarda paxta hosilining ko‘payishi, jarga yaqin yerlarda esa hosilning kamayishi qayd etiladi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling