Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

S =f(‘+Ab AmrAg) t 
S - 
tuproq, P - tuproq hosil qiluvchi jins - tuproq hosil bo‘lish vaqti, 
AG‘ -
biogen akkumulyatsiya. Am - mexanik akkumulyatsiya yoki 
yuvilish. Ad - geokimyoviy akkumulyatsiya yoki olib ketish. 
Tog‘ tuproqlarining profili yupqa, shag‘alli, unda birlamchi 
minerallar ko‘p, ikkilamchilari esa kam, organik moddalar gumus 
qatlamida 15-20% to‘planishi mumkin. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
149 
Genetik qatlamlar yaxshi rivojlanmagan. Tog‘larda, tundra tuproqlari 
eng yuqori salbiy harorat hukm surgan joylarda rivojlanadi. Tog‘larning 
1000-1500 m balandligida tog‘-o‘tloqi tuproqlar tarqalgan, profilning 
tuzilishi Aa-A-AS-S. Elyuviy-delyuviyda hosil bo‘ladi. Tog‘ o‘tloqi-cho‘l 
tuproqlarining morfologik tuzilishi Ad-A-As-Cr, chim qatlami 5-10 sm. 
 
Sinov savollari: 
1. Tog‘lardagi balandlikka nisbatan tabiiy tuproqlarning paydo bo‘lish 
qonuniyatlarini tushuntiring? 
2. Tog‘ 
tuproqlarining 
turli 
mintaqalarda 
joylashgan 
tog‘ 
xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? 
3. Tog‘ tuproqlarining morfologik tuzilishi qanday? 
4. Tog‘ tuproqlarining fizik xossalari va kimyoviy tarkibi qanday? 
5. Tog‘ tuproqlaridagi rivojlangan jarayonlar: eroziya va unga qarshi 
kurash choralarini tushuntiring? 
 
40-bob. Tuproq eroziyasi 
Tuproq eroziyasi deb, mayda qum va chang zarrachalarining suv 
bilan yuvilish va shamol yordamida olib ketilishi jarayoniga aytiladi. 
Eroziya ikki turga: geologik va tuproq yuvilishiga bo‘linadi. Birinchi 
xili, ya’ni geologik eroziya muzliklar harorati, erishi, suv oqimi, havo 
haroratining o‘zgarib turishi natijasida tog‘ jinslari yemirilib, maydalanib, 
yonbag‘irlar, daryo yotqiziqlari, pillapoyalar, vodiylar hosil qiladi. 
Insonlarning o‘rmonlarni qirqishi, tabiiy va lalmikor yerlarni haydashi
yaylov sifatida chorvachilikda o‘tloq yerlardan foydalanishi, sugorishi 
natijasida tuproq eroziyasi rivojlanadi. 
Dunyo bo‘yicha quruqlikdagi yerning 31% i suv eroziyasi va 34% i 
shamol eroziyasiga mubtalo bo‘lishi natijasida 430 mln. ga yerdan 60 mlrd. 
tonna mahsulot tuproqdan olib chiqib ketiladi. Shu davrgacha qishloq 
xo‘jaligida foydalanilgan yerdan ikki milliard gektar va 2000-yil oxiriga 
borib esa yana bir milliard gektar yer eroziya natijasida ishdan chiqishi 
aniqlangan
Tuproqning suv va shamol ta’sirida yemirilishiga eroziya deyiladi. 
Eroziya sodir bo‘lgan maydonlarda suv va shamol tuproqning unumdor 
qatlamni yemirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizadi. Natijada, 
tuproqning unumdorligi pasayib, bu yerga ekilgan ekinlarning hosildorligi 
nihoyatda kamayib ketadi. Eroziyalanish jarayoni butun dunyoda keng 
tarqalgan bo‘lib, sobiq Ittifoq territoriyasida ham ancha maydonni tashkil 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
150 
etadi. Shuning uchun ham bu jarayon xalq xo‘jaligiga, jumladan, qishloq 
xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling