Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
1. Vulqon tuflari va kullari ustida hosil bo‘lgan tuproqlarda qanday 
jarayonlar kechadi? 
2. Vulqon tuproqlari qayerlarda tarqalgan? 
3. Vulqon tuproqlarining morfologik tuzilishi qanday? 
4. Andosollar va kul qatlamli tuproqlar. 
 
39-bob. Tog‘ tuproqlari 
Tog‘ hududlari dunyo bo‘yicha 30,65 mln. km yoki 21% ni tashkil 
qiladi. Osiyo qit’asida tog‘lar quruqlikning 47%, Shimoliy Amerikada 
45%, Afrikada 24%, Janubiy Amerikada 23%, Yevro‘pada esa 20%, 
Avstraliya va Okeaniyada esa 9 % ni tashkil qiladi. 
Tog‘liklarda tuproq hosil bo‘lish jarayonining o‘ziga xos 
xususiyatlari mavjud. Yuqoriga ko‘tarilgan sari yog‘ingarchilik miqdori 
oshib, havoning harorati kamayib boradi. Quyosh nurining radiatsiyasi esa 
oshib boradi. Tuproq qoplami, asosan, qattiq holatdagi tog‘ jinslari ustida 
rivojlanib, profil qalinligi kamroq bo‘ladi, ona jins sifatida elyuviy va 
delyuviy xizmat qiladi. Fizik yemirilish jarayonlari asosiy o‘rinni 
egallaydi. Juda ko‘p yemirilgan mahsulot to‘planadi, ammo u tez yuvilib 
almashinib turadi. Yuvilish jarayoni tog‘lar ekspozitsiyasi bilan bog‘liq, 
Chunki tog‘lar turli darajadagi qiyamaliklardan iborat. Shimoliy yonbag‘ir 
14 %, janubiy 38 %, sharqiy 30 %, g‘arbiy yonbag‘ir esa 18 % yuviladi. 
O‘simlik dunyosi ham o‘zgarib turadi. O‘t-o‘simliklar tog‘ 
yonbag‘irlaridan boshlanib, butalar, o‘rmonlar almashinib, tog‘ 
cho‘qqilarida esa cho‘l o‘simliklari asosiy o‘rinni egallaydi. Tog‘larda 
tuproq hosil bo‘lishi jarayonida, relyef asosiy rol o‘ynaydi, Chunki relyef 
namlanish, quyosh energiyasi, o‘simlik, ya’ni gidrotermik sharoitni 
belgilab beradi. Ikkinchi o‘rinni esa tuproq hosil qiluvchi ona jins 
egallaydi. Deyarli barcha hosil bo‘lgan organik va mineral moddalar yer 
usti va ostidagi suvlar yordamida yuvilib olib ketiladi. Tog‘ hududlaridagi 
tuproq hosil bo‘lish balansi qo‘yidagicha ifodalanadi: 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling