Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari:
1. Qo‘ng‘ir yarim sahro tuproqlar qayerlarda tarqalgan, ularning genezisi, tasnifi va morfologiyasini tushuntining? 2. Kashtan tuproqlar genezisi, tasnifi, xossalari qanday? 3. Bo‘z tuproqlar genezisi, tasnifi, xossalari qanday? 4. Karbonatli va gipsli birikmalar qanday hosil bo‘ladi? 36-bob. Fersiallitli tuproqlar Bu tuproqlar toifasiga subtropik va tropik mintaqalarda namli o‘rmon va savannalarda keng tarqalgan bir guruh tuproqlar kiradi. Tuproqlar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1) mineral qism siallit xarakterga ega bo‘lib, loy qism kaolinit-illit guruhidagi minerallardan tashkil toptan; 2) degidratatsiyaga uchragan temir oksidlar yig‘ilmalarining aniq ajralib turishi; 3) profil qatlamlari sariq, jigarrang, qizil rangda. Fersiallit tuproqlar barcha qit’alarda tarqalgan bo‘lib, quruqlikdagi maydonning 11,3 % ini tashkil qiladi. Tuproqlar uch guruhga bo‘linadi: - sariq va podzollashgan - sariq tuproqlar. - temirlashgan tropik tuproqlar. - qizil-qo‘ng‘ir savanna tuproqlari. Sariq rangli va podzol sarg‘ish tuproqlar. V.V.Akimsev tomonidan 1926-1927-yillarda Ozarbayjonning Talish tog‘lari va G‘arbiy Gruziyada M.N.Sabashvili (1936, 1948) tomonidan o‘rganilgan. Keyinchalik sariq tuproqlarni Lenkoranda R.V.Kovalyev (1966), Xitoyda D.Top (1937), V.A.Kovda (1959) o‘rganib chiqdilar. Sariq tuproqlar to‘rt tipga va bir necha tipchalarga bo‘linadi: 1) sariq tuproqlar asoslarga to‘yinmagan va turli darajada podzollashgan; 2) sariq gleyli tuproqlar; 3) podzol sarg‘ish tuproqlar; 4) podzol sarg‘ish gleyli tuproqlar. Sariq tuproqlar Gruziyada neogen - paleogen davri dengiz yotqiziqlari ustida hosil bo‘lib, profilning tuzilishi A-ABt-Bt, f-BC-C, A- E-Bt-Bt, f-BC-C. Sariq rangda, profilning o‘rta va pastki qatlamlari loy zarrachalari yig‘indisidan iborat bo‘lib, singdirish sig‘imi 10-20-30 mg.ekv/100 g, yuqori aktual va potensial kislotalik, A qatlamda gumus miqdori 5-6 %, VT qatlamda mayda dispers zarrachalar miqdori ko‘p, mineral mahsulot siallitli xarakterda, temir oksidlari profilning pastki H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 144 qatlamlarida to‘planadi. Bu toifadagi tuproqlardan sitrus ekinlari yetishtirishda foydalaniladi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling