Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-bob . Sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlar Sho‘rlangan tuproqlarga uch guruh tuproq toifalari kiritilgan: 1)
- Sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar.
- Asa-ACsa-Csa yoki Asa-Csa
Sinov savollari:
1. Qora tuproqlar qanday hosil bo‘ladi? 2. Qora tuproqlar genezisi va profilining morfologik tuzilishi qanday bo‘ladi? 3. Qora tuproqlarni tasniflang? 4. Qora va kashtan tuproqlardan qishloq xo‘jaligida qanday foydalaniladi? 34-bob . Sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlar Sho‘rlangan tuproqlarga uch guruh tuproq toifalari kiritilgan: 1) sho‘rxok va sho‘rxoksimon; 2) ishqoriy tuproqlar, sho‘rtob, sho‘rtobsimon tuproqlar va taqirlar 3) solodlar. Sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar. Tuproq profilida suvda eriydigan tuzlar yig‘ilib, o‘simlik o‘sishiga zaharli ta’sir qiladigan sharoitni tug‘diradi. Agar tuproqning 0-30 sm qatlamida 0,6 % dan oshiq soda yoki 1,0 % xlorid va 2,0 % dan oshiq sulfat birikmalari to‘plangan bo‘lsa, sho‘rxoklar deyiladi. Bunday sharoitda galofitlardan tashqari boshqa o‘simliklar o‘smaydi va rivojlanmaydi. Sho‘rxok tuproqlar kesmasi Asa-ACsa-Csa yoki Asa-Csa tuzilishga ega. Agar tuzlar profilning yuzasida to‘plansa sho‘rxoksimon va pastki qatlamlarda yig‘ilsa sho‘rxoklar deyiladi. Bu toifadagi tuproqlar sahro, subtropik, subboreal mintaqalarda tarqalib, yer yuzida maydoni 69,8 mln gektarni tashkil qiladi. Sho‘rxok tuproqlarni K.D.Glinka, N.A.Dimo, Ye.Gilgard, V.A.Kovda, Ye.N.Ivanova, V.V.Yegorov, N.G. Minashina, J.Ober, I.Sobolch, A.N.Sokolovskiy. M.A.Pankov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov kabi olimlar o‘rganishgan. Tuproq tarkibidagi tuzlarning hosil bo‘lishining birlamchi manbai tog‘ jinslarining yemirilishidan hosil bo‘lgan birlamchi minerallarning maydalanishi, parchalanib xlorid, sulfat, nitrat va silikat tuzlarini hosil qilishidan vujudga kelgan. Bu tuzlar havo tarkibidagi SO 2 bilan birikib, karbonatli moddalarni hosil qiladi. Tuzlar tarkibidagi kationlar kalsiy, magniy, natriy, kaliy, alyuminiy, temirdan iborat. Bu tuzlar yer usti va osti suvlarida erib oqib, okeanlar va dengizlarga quyiladi. V.A. Kovdanning hisoblashicha, okeanlarga 3 mlrd tonna, quruqlikdagi havzalarda esa 1 mlrd tonnagacha tuz yil davomida to‘planadi. Tuzlarning tuproqdagi ikkinchi manbai tektonik jarayonda tog‘ jinslari, ayniqsa, cho‘kindi shakllarining yer yuzasiga chiqib, landshaftlarni tuz bilan boyitishida hosil bo‘ldi. Yer osti suvlariga o‘tib tuproqlarni H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 140 sho‘rlantiradi. Tuzlarning uchinchi manbai bo‘lib, vulqonlar otilishi natija- sida S1, SO 4 , SO 2 gazlarini chiqaradi, termal va yer osti suvlari esa tuproq yuzasiga chiqib, suvda eriydigan tuzlarni hosil qiladi. To‘rtinchi manba dengiz suvlari bo‘lib, u shamol yoki dovul yordamida suv havzalari atro- fidagi tuproqlarni sho‘rlantiradi. Atmosfera yog‘inlari ham tuproqni tuzlar bilan boyitishi mumkin, Chunki uning konsenratsiyasi 20-30 mg/l yoki 400 mg/l ga tengdir. Yer osti suvlari ham tuproqni sho‘rlantirishi mumkin, chunki suv bo‘rlanib, tuproq qatlamida tuzlar yig‘ilishiga olib keladi. O‘simlik tomirlari bilan tuproq yoki ona jinsidan tuzlar yuqoriga ko‘tarilib, yuza qismida tuzlar to‘planishi mumkin. Tuproqlarni sug‘orish natijasida yer osti sizot suvlari ko‘tarilib, ularning ikkilamchi sho‘rlanishiga olib keladi. Tuzlar yer tuzilishiga binoan pastqam landshaftlarda to‘planadi. Bu joylarda faqat sho‘ralar o‘sadi. Ular tarkibidagi kul elementlari 20-30% ni tashkil qiladi. Tarkibida S1, S, Na miqdori ko‘p bo‘ladi. Sho‘rxok tuproqlarda kalsiy, magniy, natriy xlorid va sulfat tuzlari ko‘payib, profilning yuza yoki chuqur qatlamlarida to‘planishi mumkin. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling