Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Qora tuproqlar
deb yozadi M.V. Lomonosov (1763), hayvonot 
dunyosi va o‘simlik qoldiqlarining chirishidan hosil bo‘ladi. Rossiya qora 
tuproqlarini mukammal ravishda 1883-yili V.V.Dokuchayev tekshirib, 
"Rus qora tuproqlari” degan monografiyasini yozgan. Qora tuproqlarning 
kelib chiqishi, xossalari va tarkibini P.A.Kostichev har tomonlama 
o‘rganib chiqib, "Rossiya viloyatlarining qora tuproqlari" degan kitobini 
yozdi. U qora tuproqlarning o‘t-o‘simliklar formatsiyasida shakllanishini 
ko‘rsatib berdi. 
Asrimiz boshlarida qora tuproqlarning suv va fizik xossalarini 
A.A.Izmailskiy va G.N.Visotskiy tekshirgan. Bu tuproqlar Shimoliy 
Amerika va Yevrosiyoda tarqalgan bo‘lib, 260 mln. ga (1,7 % 
quruqlikdan), tog‘larda esa, 23 mln. gani tashkil qiladi. Asosan, soz va 
sozsimon yotqiziqlarda, tekisliklarda va tog‘larda esa granit, bazalt, 
qumtosh, mergel elyuviyida ham hosil bo‘ladi. 
O‘rmoncho‘l mintaqasida o‘simlik biomassasining hajmi 30-40 ts/ga, 
cho‘llarda esa 8-24 ts/ga, tomirlari esa 150-300 ts/ga ni tashkil qiladi. 
Hozirgi paytda qora tuproqlar o‘zlashtirilib, sug‘orma dehqonchikda 
foydalanilgani sababli, ularning donadorligi, organik moddalarining 
miqdori kamayib, suv-fizik xossalari yomonlashib ketishi kuzatiladi. 
Qora tuproqlar profili
O - cho‘l to‘shami. A - qora rangli donador 
gumusli qatlam. AV-gumusli qora, ammo qo‘ng‘ir, jigarrang ranglar, 
oqmalar va dog‘lar profilning pastki qatlamida ko‘payib boradi, donador. 
V-
ona jinsiga o‘tuvchi qatlam, jigarrang, qo‘ng‘ir, prizmasimon tuzilgan
yumronqoziqlar ini, podzollashgan va karbonat (B
t
va V
Sa

yig‘malari 
mavjud. S-tuproqni hosil qiluvchi karbonatlarga boy yotqiziq. 
Moldova va Kavkazoldi hududlarida qora tuproqlar mexanik tarkib, 
temir, alyuminiy miqdoriga qarab tabaqalangan, ularning V qatlamda 
to‘planishi kuzatilgan. Organik moddaning miqdori bu tuproqlarda 10-
12%, zahirasi 600-700 t/ga. Tuproq muhiti neytral, singdirish sigimi 50 mg 
ekv/100 g, zichligi 1,0-1,2 g/sm, g‘ovaklik 50%, suv o‘tkazuvchanlik 
qobiliyati 200 mm/soat, suv singdirish qobiliyati 50%. Qora tuproqlar 
tasnifi 1895-yilda N.M. Sibirsev tomonidan berilib, to‘q shokolad, oddiy, 
to‘qu to‘q-jigarrang turlarini ajratgan. 
Hozirgi paytda qora tuproqlar podzollashgan – A(Ar)-A1-A1V-

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling