Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kashtan tuproqlarining profili A-Vsa-S
Sinov savollari: 1. Tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning qanday manbalari mavjud? 2. Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, morfologiyasini tushuntiring? 3. Sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini tiklash usullari qanday? 35-bob. Arid mintaqalarining karbonatli va gipslashgan tuproqlari Bu toifa tuproqlarga quruq cho‘l, yarim sahro va sahro subboreal, subtropik va tropik mintaqalarda tarqalgan kam gumusli, izogumusli, teksturasi tabaqalanmagan, karbonatlardan yuvilgan, ammo pastki qatlamlarda gips to‘plangan tuproq turlari kiritilgan. Arid va semiarid bioiqlim sharoitida, kserofil o‘t-o‘simliklar tagida rivojlanadi. Quruqlikda hosil bo‘lganlarga, ya’ni arid avtomorf tuproqlarga kashtan rangli, qo‘ng‘ir yarim sahro, bo‘z tuproqlar, qo‘ng‘ir-jigarrang, qo‘ng‘ir subarid, sur tusli qo‘ng‘ir va oddiy sahro tuproqlari kiritilgan. Yarim gidromorf tuproqlarga esa o‘tloqi-kashtan, o‘tloqi-qo‘ng‘ir, o‘tloqi- bo‘z, o‘tloqi-sur jigarrang, o‘tloqi sahro tuproqlar kiradi. Bu guruhdagi tuproqlar bir-birga o‘xshashligi va chegarasining keskin ajralmasligi bilan farq qiladi. Tuproq muhiti neytral yoki ishqoriy, karbonatlarga boyligi, H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 141 gips moddalari profilning turli qatlamida to‘planishi bilan, gumus gumat- fulvatli, loyli minerallar siallitli tabiatliligi bilan ajralib turadi. Kashtan tuproqlarining profili A-Vsa-S tuzilishga ega bo‘lib, subboreal bioiqlimining quruq cho‘l sharoitida hosil bo‘ladi. Gumusli A qatlam kashtan rangida bo‘lib, birinchi metrda karbonatli, chuqur qatlamlarda esa gips moddalari ajralib turadi. Bu tuproqlar 1883-yili V.V.Dokuchayev tomonidan qo‘ng‘ir yarim sahro tuproqlari toifasiga kiritilgan. S.S.Neystruyev, A.A. Rode, Ye.N. Ivanova kashtan tuproqlarning tarqalishi, genezisi, xossalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilishi to‘g‘risida yozib o‘tishgan. Dunyo bo‘yicha bu tuproqlar maydoni 262,2 mln ga. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada Janubiy va G‘arbiy qora tuproqlar bilan chegaradosh joylashgan. Rossiyada uning maydoni 107 mln ga yoki 4,8% ni tashkil qiladi. Kashtan tuproqlar semiarid bioiqlim sharoitda +20 +25 °S issiq, yanvarda esa -5 - 25 o S, o‘rta yillik iqlim 2-10 o S, faol harorat yig‘indisi 2200-3500 o S, atmosfera yog‘ini 200-400 mm ni tashkil qiladi. Ular tekisliklarda joylashgan bo‘lib, pastkam yerlarda sho‘rtob, solodlar, o‘tloqi kashtan tuproqlar tarqalgan. Tuproq hosil qiluvchi ona jins sifatida, sozsimon karbonatli, sho‘rlangan cho‘kindi qatlamlar hamda elyuviy, delyuviydan iborat tog‘ jinslari ishtirok etadi, ular sho‘rlangan, karbonatli va karbonatsizdir. O‘t-o‘simliklar qatlami 50-70 sm, tipchak-kovil, shuvoq-tipchak, tipchak-shuvoqdan iboratdir. Quruq cho‘llarda biomassa miqdori 200 t/ga, 90 t/ga ildizlariga to‘g‘ri keladi. Tuproq ustida yiliga 30 t/ga, yer ostida esa, 110 t/ga biomassa hosil bo‘ladi. Har yili biologik davraga 600 kg/ga kul elementlari qatnashib, shundan 150 kg/ga azot, qolganini kremniy va kaliy tashkil etadi. Kashtan tuproqlarning profili A-gumus, kashtan rangli, mayda donador, yuza qatlamining qalinligi 15-30 sm. AV1 gumusli, qo‘ng‘ir - sur rangli, donador 10 sm qalinlikdagi qatlam. AV2 - qalinligi 10 sm bo‘lgan qora, qo‘ng‘ir, gumus, azotli tuproq, prizmatik, yirik donador, xlorid kislota ta’sirida qaynaydigan qatlam. Vsa - zich joylashgan ona jins. Gumus miqdori 3-4, zahirasi 120-300 t/ga, singdirish sig‘imi kalsiy, magniy bilan to‘yingan, muhiti neytral yoki kuchsiz ishqorli. G‘ovakligi 50- 55%, suvning singdirish qobiliyati yaxshi. Bu tuproqlar to‘q kashtan, kashtan, och kashtan tuproqlarga bo‘linadi. O‘tloqi kashtan tuproqlar yarimgidromorf bo‘lib, profilning tuzilishi A-AB-Bca-Bg-Cg. Past joylarda hosil bo‘ladi. Yevroosiyoda 6,6 mln ga ni tashkil qiladi, namlangan va gleyli qatlamga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling