Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- AV(AVSa)-VSa-VSSa-Cca-Ccs
- Bryunizemlar
- Vertisollar
Bt+BCa-Cca,
yuvilgan – A(A’)-AB-Bt-BCa-Cca, tipik – A(Ar+A)-AV- VSsa-Ssa. Oddiy yuqoridagiga o‘xshash, janubiysi esa – A(Ar+A)- H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 138 AV(AVSa)-VSa-VSSa-Cca-Ccs-C SO4. Qora tuproqlarning hosil bo‘lishi davri 10-12 ming yil, gumus qatlamlisi esa ming yil, uning tagidagi qatlamlar esa 7-8 ming yil davomida hosil bo‘lgan. O‘tloqi qora tuproqlar yarim gidromorf bo‘lib, qora rangli, gumus moddalariga boy, kesma tuzilishi –A-AV-VSA-S, yer osti suvlari 3-7 m pastda joylashgan bolib, cho‘l o‘simliklari tagida hosil bo‘ladi. Bu toifadagi tuproqlar N.P.Belov, Ye.V.Lobova tomonidan o‘rganilgan. G‘arbiy Sibir, Rus tekisligida esa N.V.Orlovskiy (1946), N.I.Bazilevich (1953), N.I.Bogdanov (1976), B.P.Axtirsev (1960), Ye.M.Samoylova (1981) o‘rgangan. Profilning morfologik tuzilishi qora tuproqlarga o‘xshash, ammo chuqurlashgan sari namligi, temir, marganes moddalarning dog‘lari va gley birikmalarining miqdori ko‘payib boradi. Gumus zahirasi 500-650 t/ga, singdirish sigimida Mg miqdori 30-50 %, g‘ovaklik 55-65%. Bryunizemlar qo‘a tuproqlarga o‘xshash, yuqori qatlami yuvilgan, teksturali past qatlamlari gleylashgan, sizot suvlari 1,5-5 m chuqurlikda joylashgan. By tuproqlar preriya, subboreal va pampalar sifatida subtropik mintaqalarda tarqalgan. S.F.Marbut (1927) tomonidan preriya tuproqlari deb, R.U.Saymonson (1952) tomonidan esa bryunizemlar deb ajratildi. Janubiy Amerikada tarqalib, o‘rtacha sovuq, subtropik iqlim, yillik o‘rta harorat 20-26 o S, yanvarda esa +4 +8 o S issiq kunlar yil davomida 120-210 kun, yog‘in miqdori 600-1000 mm. Tuproq hosil qiluvchi bo‘lib soz yotqiziqlar va karbonatga boy loyli yoki qumoq morenalar xizmat qiladi. Fitomassa yer yuzida 50-60 s/ga, yer ostida esa 180 s/ga dan iborat. Kislotalik muhitga ega bo‘lib, tuz va karbonatlardan xoli bo‘lgan profildan iboratdir. Tuproqlar 16-18 ming yil ichida shakllangan bo‘lib, gumus 10% ni tashkil qiladi. Vertisollar qora rangli loyli, zichlashgan, quruq mavsumda yorilib, va yomg‘ir ko‘p yoqqan davrda esa qovushqoq, subtropik va tropik mintaqalarda tarqalgan tuproqlardir. Hindiston, Yevropa, Afrika, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalib, loyli qora, tropik tuproqlar, bodab, vley, tirsa, smolnitsa, smonitsa deb yuritiladi. N. Oke va D. Tori (1950) ularni grumasollar deb atadi. Ular harorat 16-29 o S, atmosfera yog‘ini 500-900 mm, Sudanda 150 mm, Birmada 1000 mm ni tashkil qilgan, daryo va ko‘llar atrofida tarqalgan. Temirga boy, montmorillonit minerallari ko‘p. Savannalarda o‘tlar, daraxtlar, butazorlar tagida rivojlangan. Profilning tuzilishi A, AS va S. A- 6-8 sm, AS -50-60 sm dan iborat. Qishloq xo‘jaligida ulardan g‘o‘za, kunjut, makkajo‘xori va shakarqamish yetishtitishda foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling