Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Podzol tuproqlar.
Bu nom Smolensk oblastidagi tuproqlarni 
tekshirish munosibati bilan V.V.Dokuchayev tomonidan kiritilgan bo‘lib, 
kulrang
degan ma’noni bildiradi. Bu tuproqlar nordon siallitli, profil E-Bh, 
f, al shaklida bo‘lib, ishqoriy yuviladigan sharoitda hosil bo‘ladi. Bu 
tuproqlar tuzilishi O-E-BH-f-al-C O-A-T-Bh, J, al-C, inson ta’sirida esa A-
E-Bh, f, ol-C, E-Bh, f, al-C-A’-E-Bh, f, al-C A’-Bh, f, al-C. 
Ushby toifadagi tuproqlar shag‘alli yoki kvarsga kambag‘al qum 
yotqiziqlar ustida, gumid bioiqlim sharoitda (boreal va subboreal iqlimida) 
ninabargli subtropik va tropik mintaqalarida, kengbargli o‘rmonlar tagida 
hosil bo‘ladi. Podzol tuproqlar shag‘alli, granit, kvarsit va gneysli tog‘ 
jinslari ustida hosil bo‘ladi. Shimoliy mintaqalarda ularning profili 50-100 
sm, janubda esa 2-3 m bo‘lishi mumkin. Podzol profili Ye elyuvial, 
illyuvial Bh, f, al. ona jinsi, litologiyasi, namligiga binoan illyuvial 
gumusli, illyuvial-temirli, illyuvial gumus-temirli, illyuvial-gumusli temirli 
bo‘lishi mumkin. V qatlam ortzand, temir birikmalardan iborat. 
Podzol tuproqlar uchun asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
- profilda gumusning to‘sham osti va V qatlamida to‘planishi. 
Gumus tarkibida fulvat birikmalarining ustunligi (Sgk:Sfk<1,0) - kuchli 
kislotalik muhit, ya’ni 3,0-3,5 va 4,0-4,5; 
- kam singdirish sig‘imi 5-10 mg.ekv/100 g; 
- profil bo‘yicha temir birikmalarining elyuvial-illyuvial holatda aniq 
tabaqalanishi; 
- suvni yaxshi o‘tkazuvchanlagi; 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
136 
- oziqa moddalar bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi bilan ajralib 
turadi. 
Podzolsimon tuproqlar, asosan, nordon muqitli, siallit elyuvial - 
illyuvial tabaqalangan, profili E-Bt, al (E-Bt, h, al) tuzilishdagi yuviladigan 
va muzlaydigan suv rejimidagi tuproqlarga aytiladi. Podzollashgan 
tuproqlarning aniq profili O-E-Bt, f, al-C, O-A-E-Bt, f, al-C inson ta’sirida 
esa A-E-Bt, f, al-C, A’-E-Bt, f, al-C ninabargli, kengbargli o‘rmonlar 
tagida rivojlanadi. 
Podzolsimon tuproqlar o‘rmonlar tagida hosil bo‘lishiga binoan 
shimoliy, janubiy podtiplarga bo‘linadi. Mazkur jarayonlar AQSH
Yevropa olimlari tomonidan turlicha talqin etiladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling