Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
31-bob. Kriogen tuproqlar Kriogen toifasidagi tuproqlar, asosan, yaxlit muzlik sharoitda hosil bo‘lib, dunyo bo‘yicha 25% maydonni, Rossiyada 50 % maydonni egallab, Arktika, Antarktida, Sharqiy Sibir, G‘arbiy Kanada tog‘larida keng tarqalgan. Sovuq iqlim, kriogen tuproqlarda mexanik muvozonatning buzilishi, ya’ni tuproq qoplami deformatsiyasiga sabab bo‘lib, o‘ziga xos mikrorelyef va poligonal tuzilishni hosil qiladi. Poligonal tuzilishga ega tuproqlar quyidagi jarayonlar ta’sirida hosil bo‘ladi: 1) tuproqlarning muzlash va erishi davomida siqilishi; 2) mahsulot, yirik zarrachalarning yuza tomon itarib chiqarilishi; 3) yer osti muzlarning tolasimon yoki linza shakliga o‘tishi. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 132 Kriogen mikrorelyef hosil bo‘lishida qo‘yidagi jarayonlar yuz beradi: 1)mavsumiy eriydigan qatlamdagi mayda tuproq zarrachalarining sovuqdan yorilishi; 2) mavsumiy eriydigan qatlamning muzlash natijasida yopiq tizim hosil qilinishi; 3) bu yopiq tizimlarda deformatsiya, uzilish va kuchlanishning avj olishi (B.N. Dostovalov, V.A. Kudryavsev, 1967). Subarktikada mikrorelyefdan tashqari, tuproq bo‘kishi natijasida uyumlar hosil bo‘ladi. Bu jarayon tuproq suvining 9% kengayishi bilan bog‘liqdir. Tuproqning muzlashi natijasida yer yuzasiga bo‘kib chiqishi mexanik tarkib bilan bevosita bog‘liq. Bahor va yoz oylarida, qiyalikdagi tuproqlarning erishi natijasida tuproq qatlami namlanib, pastga qarab oqadi. Bu jarayon tuproqning tiksotropik tuzilishi kremniy kislotasining kolloid va gel turlari, alyuminiy va temir hamda harakatchan gumus moddalaridan tashkil topganligiga bog‘liq. Kriogen tuproqlarning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 1) suv va haroratning muzlash rejimi; 2) biologik elementning sust rivojlanishi va kam hajmligi; 3) orgonogen qatlamdagi gumusning dag‘alligi va torfligi; 4) mineral moddalarning tuproq profilida sust tarqalishi va tabaqalanishi; 5) tuproq profilida kriogen deformatsiyasi va krioturbatsiya jarayonlarining (poligonal tuzilish, uyumlar, yoriqliklar) rivojlanishi; 6) sovuqlik kriogen donadorlik; 7) yemirilish mahsulotlarning tuproq hosil bo‘lishidagi kriogen koagulyatsiyasi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling