Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Yumshoq karbonatli jinslar
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
Yumshoq karbonatli jinslar
ustida hosil bo‘lgan chimli tuproqlar to‘q qora rangda, A-AC-S tuzilishida, yumshoq silikatli yotqiziqlarda shakllanib, Rossiya, Shotlandiya, Islandiya va Shimoliy Skandinaviya hududlarida tarqalgan. Bu joylarda yog‘in miqdori 800-1300 mm, subarktika tuproqlar profili torf qatlam qalinligi 5-10-12 sm, keyingisi esa A 1 gumus qatlam qalinligi 10-15 va 30-40 sm, och qo‘ng‘ir tusda bo‘lib, temir va alyuminiy miqdori 30-70%, gumus 5-13%, muhiti kislotali, singdirish sig‘imi –10-20 mg.ekv/100 g. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 129 Sinov savollari: 1. Chimli tuproqlar qanday hosil bo‘lgan? 2. Chimli-o‘rmon tuproqlarining hosil bo‘lish evolyutsiyasini tushuntiring? 3. Qattiq tog‘ jinslari ustida chimli tuproqlar qanday shakllanadi? 4. Chimli karbonatli (rendzin) va chimli silikatli (ranker) hamda yumshoq tog‘ jinslari ustida chimli tuproqlar qanday paydo bo‘ladi? 30-bob. Gidromorf tuproqlar Gidromorf tuproqlarga pastdan sernam, yer osti suvlari yuzaga yaqin joylarda hosil bo‘lgan bir qator tuproq guruhlari kiradi. Bu tuproqlar quyidagi sharoitda hosil bo‘ladi: 1) yer osti suvlarining yuzada to‘planishi; 2) pastqam joylarda atmosfera yog‘inlarining yig‘ilishi;3) yer usti va osti suvlarining birgalikdagi ta’siri; 4) yer ustki qismida suvning davriy to‘planishi, 5) daryo oqar suvlari bilan yer osti suvlari yaqin joylarning bostirilishi, 6) dengiz, ko‘l, daryo irmoqlaridagi tuproqlarning suv bilan sernamlanishi, 7) sholi ekiladigan tuproqlarning doimo suv bilan bostirilishi. Demak, gidromorf tuproqlar doimo tranzit (o‘tuvchan) va yig‘iluvchan (akkumulyativ) geokimyoviy landshaftlarda hosil bo‘ladi. Gumid mintaqasidagi tuproqlar suvdagi moddalarning o‘tishiga geokimyoviy to‘siq hisoblanadi, natijada, tuproqda gumus, kremniy, temir, marganes, fosfor to‘planadi. Arid mintaqasi tuproqlarida esa ohak, gips, suvda eriydigan tuzlar yig‘iladi. Yer yuzining glyatsial, flyuvioglyatsial va allyuvial tekisliklardagi tuproqlar gidromorf bosqichni o‘z evolyutsiyasi davomida bosib o‘tgan. Gidromorf tuproqlar uchun xos xususiyat namlikning davriy ravishda qaytarilib turishi va oksidlanish - qaytarilish jarayonlarining avj olib, kimyoviy va biokimyoviy, anaerobiozis reaksiyalarning Eh 100-200 mV o‘tishidir. Anaerob mikroorganizmlarning rivojlanishi, qaytarilish kimyoviy jarayonlar natijasida - gleylanish G‘eO, MpO, H2S, SN 4, NxO, rNx. Bu mintaqalarda vivianat, glaukonit, sulfidlar hosil bo‘ladi. Gleyli qatlamlarda toksik moddalar va gazlar (metan, fosfin, serovodorod, azot va uglerod oksidlanmagan turlari) hosil bo‘ladi. Biroq mikrozonalarda oksidlanish jarayoni suv o‘tgan joylarda rivojlanib, ser- nam, loy qatlamlarda yashil, havorang, zangsimon dog‘lar hosil bo‘ladi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling