Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

O - A - S
yoki A - S), qalinligi 10 sm dan oshmaydi. Gidrotermik tuproq 
hosil bo‘lish jarayoniga muvofiq ular: aridli (sahro, yarim sahro, quruq 
cho‘l, quruq savanna), A gumusli qatlamida chirindi 0,5-1,0%, subarid - 
subgumid (cho‘llar, kseroo‘rmon) A qatlamida chirindisi 1,5-2,5%, 
gumidli (o‘rmon, o‘tloqi) A qatlamida gumus 1,5-2,0% ni tashkil qiladi. 
Bu toifadagi tuproqlar kvarsli, kvarsli polimikt, temirlashgan yoki 
karbonatga boy qumloqlarda hosil bo‘lib, boshqa holatdagi tipchalarni 
hosil qiladi. 
Gumid tipidagi arenosollar, flyuvioglyatsiyal va qadimgi allyuvial 
boreal va subborial tekisliklarda (Sharqiy Yevropa, Shimoliy Yevropa) va 
dengiz atrofidagi qumlar ustida hosil bo‘lishi mumkin. 
Tayga mintaqasida ular yashirin podzol, kriptopodzol, predpodzol 
atamalari bilan ajratiladi. 
Subarid - subgumid arenosollari esa qumli tekisliklarda, daryo 
terrasalarida (Don daryosi va Donoldi qumlari) uchraydi. Bu toifadagi 
tuproqlarning evolyutsiyasi organik moddalarning chegaralanganligidan 
hamda qumliklar ustida hosil bo‘lganligi tufayli, genetik qatlamlari kam 
rivojlangan. Yaylov sifatida foydalaniladi, ammo qum barxonlari 
ochilmasligi uchun, eroziya jarayoniga qarshi kurash choralarini qo‘llashni 
talab qiladi. 
Regasollar 
yumshoq qumoqli yotqiziqlar ustida shakllanib, asosan, 
birlamchi tuproqlar yuvilgandan keyin hosil bo‘ladi, ya’ni jarlar, karyerlar 
va boshqa antropogen landshaftlar ustida chim hosil bo‘lganidan so‘ng 
shakllanadi. Profilining tuzilishi A-S yoki A-AS-S bo‘lib, gumus qatlami 
10 sm dan oshmaydi. Neytral va kuchsiz kislotali sharoitga ega, ona jinsi 
asosan karbonatli bo‘lishi mumkin. 
Pelasollar loy 
qatlamlari ustida hosil bo‘lib, A-S shakldagi tuproq 
profilini tashkil qiladi. Bu tuproqlar nemis olimlari V.Kubiena va 
Ye.Myukkenxauzen tomonidan o‘rganilgan. Gumus qatlami unchalik 
rivojlanmagan, profilda genetik qatlamlar hosil bo‘lmagan. Ona jinsining 
xarakteriga binoan terrarossa (ohaktoshlar ustidagi qizil loylar va 
qumoqlar), terrafuska (ohaktoshlar ustidagi loylar va qumoqlar), 
terrakalsiy (och tusli qo‘ng‘ir ohaktoshlar ustidagi loylar va qumoqlar), 
plastosollar (turli chipor rangdagi loylar) ga bo‘linadi.
Terra-rossa 
(italyancha) ohaktoshlar ustida hosil bo‘ladi. Qizil 
tuproqlar, Yevropaning O‘rta yer dengizi atrofida, Qrim, Kaliforniya
Janubiy va Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Terrarossa tuproqlari qadimgi 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
125 
subtropik va tropik iqlimda hosil bo‘lgan yemirilish qobig‘i qatlamida 
shakllanadi (V. Kubiena). 
Terra-fuska 
tuproqlar ham qadimgi tog‘ jinslarining yer qobig‘i 
qatlamlari ustida hosil bo‘lib, faqat bu yotqiziqlar sovuqlik hosil qilgan 
yoriqlar, silliq yuzalardan iborat. 
Terra-kalsiy 
tog‘ jinsi yer qobig‘i qatlamlarining, ohaktoshlardan 
kalsiy to‘la yuvilmagan, kriogen jarayonlarga uchramagan yotqiziqlar 
ustidagi tuproqlardir. 
Plastosol -
to‘rtlamchi davrda hukm surgan tropik jarayonda hosil 
bo‘lgan, ferralit silikatli tog‘ jinslarining qobig‘lari ustida shakllangan 
tuproqlardir. Yevropa, Sibir, Uraloldi mintaqalarida tarqalgan. Janubiy 
Yevropa mamlakatlarida bu tuproqlardan bog‘dorchilikda foydalaniladi. 
Ularda suv eroziyasi rivojlangan. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling