Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Muzlaydigan Tayga tuproqlari


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Muzlaydigan Tayga tuproqlari
qumoq, doimo muzlagan (-2 – 4 -
16 
o
S) yotqiziqlar, ignabargli o‘rmonlarda (A, OV, Bf)-(Bg-C(Cg) shaklda 
tuzilib, O‘rta va Sharqiy Sibir, Shimoliy Uzoq Sharqda tarqalgan. 
Boyqolorti, Yoqutiston, Kolima va Chukotkada, Alyaskada, Kanadada 
keng tarqalgan. Bunday tuproqlar Yevroosiyoda 2230 ming km
2
yoki 4 %, 
Shimoliy Amerikada 592 ming km
2
yoki 2,4%. Tog‘larda esa 2400 ming 
km
2
, Rossiyada esa bu tuproqlar 200 ming gektarni tashkil qiladi. 
Yog‘adigan yog‘in miqdori 200-300 yoki 500-600 mm. Muzlaydigan 
tundra 
tuproqlari 
uch 
tipga 
bo‘linadi: 
muzlagan 
tayga-gleyli, 
gleylanmagan, muzlaydigan kulrang tuproqlar. Kanada tasnifi bo‘yicha 
birinchi holatdagi tuproqlar bryunisol, AQSHda esa insektisoli, eptisoli va 
spodasoli deb ataladi. 
Qo‘ng‘ir tuproqlar
deb, qizg‘ish-jigarrang-qo‘ng‘ir rangdagi, 
nordon muhitli, yuvilgan, 0-Bf (Bhf)-C tuzilishiga ega, massiv - kristallik 
yoki qumli shag‘alli yotqiziqlar ustida, gumid biogumusli tundra va shimo-
liy-tayga o‘simliklari ostida hosil bo‘lgan tuproqlarga aytiladi. Bu 
tuproqlar V.O.Targulyan tomonidan 1971-yilda podbur deb ajratilib, ular 
yengil mexanik tarkibli shag‘alli yotqiziqlar ustida hosil bo‘lganligi uchun 
sernamligi, qaytarilish reaksiyalarning kamligi va yaxshi suv 
o‘tkazuvchanlik xossalari bilan ajralib turadi. 
Yevroosiyoda 3% 1600 ming km
2
, Shimoliy Amerikada esa 12%, 
2600 ming km
2
ni tashkil qiladi. Bu tuproqlarning profili - to‘q qo‘ng‘ir 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
134 
gumus akkumulyativ qatlam, uning tagida qo‘ng‘ir, jigarrang yoki 
qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli qatlam yotadi, chuqurlashgan sari uning rangi 
oqarib boradi. Yer ustida o‘rmon to‘shami, hali chirimagan o‘simlik 
qoldig‘iga boy torfli qatlam shaklida bo‘lishi mumkin. Muhiti nordon, 
organik moddalar va almashinuvchi kationlar akkumulyativ yig‘iluvchan 
xarakterga ega. Temir va alyuminiy moddalari profil qatlamlariga 
tabaqalangan. Yuza va o‘rta qatlam qismida kremniy miqdori kamayib 
ketadi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling