Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1. Kriogen tuproqlarning hosil bo‘lish sharoitlari qanday? 
2. Bu tuproqlar tasnifi va genetik qatlamlarga tabaqalanishi qanday? 
3. Kriogen tuproqlardagi jarayonlarni tushuntiring? 
4. Ularning diagnostikasi qanday bo‘ladi? 
5. Kriogen tuproqlardan qishloq xo‘jaligida qanday maqsadlarda 
foydalaniladi. 
 
32-bob. Nordon siallitli tuproqlar 
Nordon siallitli profillari tabaqalashgan tuproqlar.
Tuproq 
profillarining mexanik, kimyoviy yoki mineralogik tarkibga tabaqalanishi, 
pedogenez va litog‘enez jarayonlarida, bir yoki ikki tabaqali ona jinsdan 
meros sifatida o‘tgan bo‘lishi mumkin. Biz bu yerda, nordon muhitli 
yuviladigan suv rejimi, qoldiq yoki qaytadan yotqizilgan siallit yer 
qobig‘ida hosil bo‘lgan bir guruh tuproqlar tahlilini ko‘rib chiqamiz. 
Tuproq profilining yuza qismidagi mayda zarrachalar va kimyoviy 
moddalarning pastki qatlamlarga, yohud tuproq qoplamidan nariga suv 
yordamida yuvilishi va to‘planishi elyuvial-illyuvial tabaqalanish deyiladi. 
- birlamchi va ikkilamchi minerallarning yemirilib, profilning ustki 
qatlamidan pastga qarab yuvilishi, haqiqiy yoki kolloid eritmalarda erib 
yuvilishi (ya’ni podzollashish, psevdogley hosil qilish); 
- mayda dispers tuproq zarrachalarining maydalanmagan va 
yemirilmagan holatda suspenziyalanishi ( Lessivaj); 
- tuproq yirik zarrachalarini o‘rab olgan kolloid oksidlardan hosil 
qilinish jarayonlari (otstaivanie); 
- tuproq yuza qismidagi moddalarni profilning pastki qatlamlariga 
yuvib tushuvchi moddalar sifatida suv tarkibidagi vodorod ioni, karbonat 
kislotasi, boshqa kuchsiz kislotalar, fulvokislotalar xizmat qilishi mumkin. 
Yuqori qatlamdan barcha yemirilgan moddalar va zarrachalar pastki 
qatlamda to‘planadi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
135 
Yuqoridagi jarayonlarning xarakteri va rivojlanishiga binoan
tuproqlarni bir necha toifaga bo‘lish mumkin: 1. Podzol (temir - gumusli 
illyuviall podzolsimon) tuproqlar. AQSH da spodosoli. M.A.Glazovskaya, 
I.A.Sokolov, V.O.Targulyan bo‘yicha A1-re gumusli podzollar profilida V 
qatlamda amorf holatdagi Fe, Al va tuzilishi Bf, Bf, f, VN, f, al, Bf, al; 2. 
Podzolsimon tuproqlar. FAO bo‘yicha podzolyuvial profilning illyuvial 
akkumulyativ qatlamida (V) yemirilmagan mayda dispers mineral 
zarrachalar va gumus, temir, alyuminiyning amorf moddalari yig‘ilib, Bt, f, 
gL yoki Bt, h, f, al deb yoziladi; 3. Tuproq yuqori qatlamidan loy 
zarrachalarining yuvilishi lessivaj, illimerizatsiya, psevdopozolsimon, 
parapodzol, lyuvisollar FAO, alfisollar AQSH, VT qatlam hosil bo‘ladi. 4. 
Gleyli podzol profilining V yuqori qismida psevdogley jarayonlari rivojla-
nadi. 
Xullas, elyuvial va illyuvial jarayonlarning rivojlanishiga qarab bu 
tuproqlar 11 ta toifaga ajratiladi. Biz, uch xil podzol, podzolsimon va 
qo‘ngir o‘rmon tuproqlari tahlilini keltirib o‘tamiz. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling