Temirli tropik tuproqlar,
asosan, Afrikada (50 %) va kamroq
miqdorda Ovrupa va Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. Asosan, tog‘oldi
tekisliklarida tropik va quruq savannalar tarqalgan bo‘lib, atmosfera yogini
1000-1300 mm, quruqlik davri 3-4 oyga cho‘ziladigan yerlarda keng
tarqalgan. Tuproq profili qizil rangda, V va Bt, Vt qatlamlari bo‘lib, temir
oksidi yig‘ilmalaridan hosil bo‘ladi. Mineral tarkibi kaolinit-illit
mahsulotidan tashkil toptan. Siallit, ferralit xarakteriga ega, singdirish
sig‘imi 10-20 mg.ekv/100 g, asoslar 50-80-100 % bo‘lib, kalsiy va magniy
asosiy qismini tashkil qiladi. Temir moddalari ko‘p bo‘lib, profilning yuza
qismi zarang holatga kelgan. Gumus 2-3%, kuchsiz kislotali muhit,
chirindi qatlami 20-30 sm, qishloq xo‘jaligida kofe, kakao, banan va
mevali mahsulotlar yetishtiriladi.
Qizil-qo‘ng‘ir savanna tuproqlari
Afrika, Avstraliya, Janubi-
Sharqiy Osiyoda baland tekisliklar va tog‘ hududlarida tarqalgan,
atmosfera yog‘ini 800-1000 mm, quruqlik davri 6-7 oy bo‘lib, quruq
savannalar, o‘t-o‘simliklari, akatsiya, kserofit butalar ostida rivojlangan.
Issiqlik harorati o‘rtacha 24-28 °S, namlik koeffitsiyenti 0,6-0,8 savannalar
A
qatlamida gumus 1,5-2-3% ni tashkil qiladi. Profilning yuqori qatlami
yengil mexanik tarkibli bo‘lib, uning tagida esa loyga boy, illyuvial-
strukturasiz, temirga boy, so‘ng esa temir konkretsiyali, uning ostida temir-
ohak mahsulotidan iborat kankar qatlamlari uchraydi. Temirga boy
bo‘lganligi uchun bu tuproqlar qizil rangli, Avstraliya, Hindiston, Birma,
Janubiy Amerikada tarqalgan, asosan, araxis, makkajo‘xori va paxta
yetishtiriladi.
Sinov savollari:
1. Fersiallitli tuproqlar deganda nimani tushunasiz?
2. Ular qayerlarda tarqalgan?
3. Bu tuproqlar qanday hosil bo‘ladi?
4. Ularning morfologik tuzilishi, xossalari qanday?
5. Ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish holatini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |