Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
1. Ferrallitli tuproqlar qayerlarda tarqalgan? 
2. Bu tuproqlar profilining tuzilishi qanday? 
3. Ferrallitli tuproqlarning genezisi, xossalari qanday? 
4. Bu tuproqlarni o‘rgangan olimlar kimlar? 
5. Ferrallit tuproqlar tasnifi va ulardan foydalanish. 
 
38-bob. Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan tuproqlar 
 
Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan tuproqlar Tinch okeani
O‘rtayer dengizi, Sharqiy Afrika, Kavkaz, Kamchatka, Saxalin va Kuril 
orollarida keng tarqalgan bo‘lib, andozollar deb ataladi. Yapon tilida 
andozoll - qora tuproq 
degan mahnoni bildiradi. 
Vulqon tuproqlari lavalar, tuflar, kullar va piroklastik jinslar ustida 
hosil bo‘ladi. Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan mahsulot suyuq, 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
147 
qattiq va gaz holatida bo‘ladi. Tog‘ hududlaridagi harakatga kelgan 
vulqonlar avj olib suyuq lava sifatida oqib chiqadigan va bir necha km 
maydonni egallab, tuproq hosil qiluvchi harakatchan va sust harakatchan 
mahsulotni hosil qiladi. Lava bilan bir qatorda vulqon otilishi jarayonida 
qattiq jinslardan iborat bo‘lgan mahsulot yer yuzasiga tushib piroklastik
ya’ni kul moddalari, tuflar va tuffitlarni hosil qiladi. Bu mahsulot lavaga 
nisbatan bir necha yuz va ming marta ko‘proq hajmni tashkil qiladi. 
Piroklastik jinslar 
deganda vulqon otilishida chiqqan magmalarning 
atmosferaga ko‘tarilib, shamol oqimi yordamida yer yuzasiga tarqalgan 
mahsulotlar nazarda tutiladi. Zarrachalar o‘lchamiga binoan: 1) vulqon kuli 
1 mm kattarog‘i, 2) vulqon qumi (1 mm dan no‘xat kattaligigacha) 3) 
vulqon toshchalari (lapillar), 4) vulqon bombalari, 5) vulqon xarsanglariga 
bo‘linadi. 
Vulqon yotqiziqlari hosil bo‘lgan manbadan uzoqlashgan sari 
yupqalashib boradi. Shuning uchun Rossiyaning Kamchatka o‘lkasidagi 
piroklastik vulqon yotqiziqlarini tekshirgan I.A.Sokolov (1973) ularni uch 
qismga bo‘lgan, ya’ni juda qalin, o‘rtacha, yupqa kullar tushgan piroklastik 
qatlamlar. Piroklastik mahsulot, asosan, shishasimon bo‘lib, yemirilish 
jarayoniga ancha moyil hisoblanadi. kul tarkibi oltingugurt moddalari 
ishtirok etganligi tufayli nordon muhitga ega bo‘ladi. Gumid iqlimli 
sharoitda ishqorli moddalar yuvilishi bilan neytral yoki ishqoriy muhit 
rivojlanadi. Yemirilish jarayonida piroklastik jinslar tarkibidagi kremniy 
miqdori kamayib, temir va alyuminiy birikmalari to‘plana boshlaydi. 
Allofan tuproq eritmasi kristallanib, gallualit va gibbsit minerallarini hosil 
qiladi.
Piroklastik yotqiziqlar ustida allit qalinlikdagi vulqon tuproqlari hosil 
bo‘ladi. Vulqon tuproqlari profili A-S, A-AS-S yoki A-Vm-S tuzilishga 
ega. Tuproq kesmasining qalinligi 1 metrdan oshiq, vulqon otilayotgan 
manba orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi. Gumusli A qatlam qo‘ng‘ir, 
qora-qo‘ng‘ir yoki qora rangda bo‘lib, metamorfik Vm qatlam 
tabaqalangan qizil, sariq, qizg‘ish rangda uchraydi. Bu tuproqlar profili 
podzollanish va gleylanish jarayonining avj olishi bilan murakkablashishi 
mumkin. Tuproq zichligi 0,6-0,8 g/sm
3
dan oshmaydi, suv o‘tkazuvchanlik 
qobiliyati yuqori bo‘lib, donador, hali unchalik rivojlanmagan bo‘ladi. 
Vulqon hosil qilgan tuproqlar 4 toifaga bo‘linadi: shishasimon, och 
tusli, gumusli va myulleviy odnosollardir. Bu toifadagi tuproqlar yumshoq 
bo‘lganligi tufayli eroziyaga tez uchraydi. Vulqon yotqiziqlari ustida hosil 
bo‘lgan tuproqlar tog‘ hududlarida keng tarqalganligi tufayli qishloq 
xo‘jaligida meva yetishtirishda foydalaniladi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
148 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling