Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet120/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1. Pestitsidlar deganda nimani tushunasiz? 
2. Pestitsidlarning tarkibi va ishlatilishi qanday bo‘ladi? 
3. Og‘ir metallar haqida nimani bilasiz? 
4. Pestitsidlar va og‘ir metallarning tuproq xossalariga ta’sirini 
tushuntiring? 
5. Ularga qarshi kurash choralari qanday? 
 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
159 
43-bob. Orol fojiasining atrof muhit va tuproq qoplamiga ta’siri 
O‘rta Osiyodagi yirik ikki daryo – Amudaryo va Sirdaryo o‘z suvlarini 
Orol dengiziga quyar edi, ammo keyingi 20-30 yillikda sug‘oriladigan 
dehqonchilik rivojlanib, lalmikor yerlar o‘zlashtirildi, daryo suvlari 
kanallarga olina boshladi va respublikaning 61 ta suv omboriga yig‘iladigan 
bo‘ldi. Orol dengiziga keyingi 30-40 yil ichida deyarli daryolardagi suv yetib 
bormadi. Natijada, Orol dengizining suv sathi 22 metrga pasayib ketdi, uning 
suv hajmi 1064 km
3
dan 115 km

gacha kamaydi. Suvining mineralizatsiyasi 
72 g/l ga oshib ketdi. Suvdan bo‘shagan yer maydoni 4,2 mln gektarni tashkil 
qilib, qirg‘oqdan 100-150 km uzoqlashib ketgan (23-rasm).
 
23-rasm. Orol dengizining oxirgi 50 yildagi o‘zgarishi 
Quyi Amudaryo dambasida ko‘llar maydoni 40-50-yillarda 12% ni 
tashkil qilar edi. To‘qay va qamishzorlar hozirgi paytda avvalgidan 90% 
gacha kamayib ketgan. Sizot suvlarining sathi pasayib, mineralizatsiyalanish 
darajasi oshib ketgan. Orol atrofidagi havo harorati yoz oylarida +2 - +3 
daraja, qishda esa -2 -4 darajagacha o‘zgarib, qurg‘oqlanish jarayoni 
rivojlanib ketdi.
Iqlim sharoitining manfiy va musbat tomonga o‘zgarishi natijasida quyi 
Amudaryo vohasida qurg‘oqlanish jarayonining rivojlanishiga sababchi 
bo‘ldi. O‘tloqi-botqoq tuproqlarda namlik kamayib, tuproq tarkibidagi gumus 
parchalanib, bu tuproqlar yarim avtomorf, so‘ngra esa taqir, sho‘rxok va 
qumloqlarga aylanib bormoqda. 
O‘zbekistonga hududidagi Orol dengizi suvidan bo‘shagan yerlar 1 
mln gektarni tashkil qiladi. Bu yerlarda shamol yordamida tuz, chang 
zarrachalari 
atmosferaga 
to‘zon 
sifatida 
ko‘tarilib, 
Orol 
bo‘yi 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
160 
mamlakatlarining sug‘oriladigan yerlariga har yili 500-750 kg/ga suvda 
eriydigan tuzlarni olib kelmoqda. 
Orol dengizini qayta tiklash to‘g‘risida bir qancha takliflar kiritilgan
ular quyidagilardan iborat: 
- Orol dengizi suvlarini yomg‘ir yordamida to‘ldirish; 
- Orol dengizini Kasbiy suvlari hisobidan to‘ldirish; 
- Orol dengizi suvining yer osti artezian suvlari hisobidan to‘ldirish; 
- O‘rta Osiyo respublikalaridagi kollektor va zovur, oqava suvlari 
hisobidan to‘ldirish; 
- sug‘orishda ishlatiladigan suvlarni tejash hisobidan Orolni to‘ldirish. 
Hozirgi vaqtda eng muhim masalalardan biri Orol dengizi suvi 
pasayishini to‘xtatish va shu holatda saqlab qolishdir. Bu masalani amaliy hal 
qilishda SANIIRI tomonidan taqdim etilgan polder sistemasi, ya’ni daryo 
suvlari bilan Orol dengizidan bo‘shagan yerlarni tabaqalashtirib, bosqichma-
bosqich suv bostirishdir. Mo‘ynoq, Jildirbas va Adjibay ko‘rfazlarining 
dengizdan bo‘shagan joylarida suv bostirib sug‘orish va fitomeliorativ ishlar 
amalga oshirilmoqda. 
Endi Orol muammosi faqatgina O‘rta Osiyo mamlakatlari uchun fojia 
bo‘lib 
qolmasdan, 
balki 
Yevropa, 
Osiyo, 
Afrika 
va 
Amerika 
mamlakatlarining atrof muhit ekologiyasiga salbiy ta’sir etganligi tufayli 
hammani tashvishga solmoqda. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling