H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik
151
ketadi,
natijada, tuproq unumdorligi pasayadi hamda bunday yerlarda
o‘simlik yaxshi o‘sa olmay, uning hosili kamayadi.
Suv eroziyasi tashqi va ichki omillar ta’sirida kelib chiqadi.
Tashqi omillarga
yog‘in miqdori, uning tez yoki sekin yog‘ishi, yil
fasllarida taqsimlanishi, iqlim sharoitiga bog‘liq holda,
qor va
muzliklarning erish sur’ati, yerning nishabligi, tuproq betining o‘simliklar
bilan qoplanish darajasi kiradi.
Tuproq eroziyasi o‘rmon va daraxtzorlarning mavjudligi, ularning
zichligi,
yaylovlardan foydalanish, yerni ishlash va boshqa ko‘pgina
sabablarga bog‘liq. Tuproqning kuchli yoki kuchsizroq eroziyalanishi
yog‘inning ko‘p va kuchli yog‘ishi, yerning nishabligi, o‘t
va daraxtlar
bilan
yaxshi
qoplanganlik
darajasiga,
yaylovlardan
to‘g‘ri
foydalanmaslikka hamda yerni ishlash agrotexnikasiga yetarli amal
qilmaslikka bog‘liq.
Ichki omillarga
tuproqning
xossalari, jumladan, strukturasi,
mexanik tarkibi, suv o‘tkazuvchanligi,
namlik darajasi, kimyoviy tarkibi,
ayniqsa, chirindi miqdori va boshqalar kiradi.
Agar
tuproq
strukturali,
serchirindi
hamda
uning
suv
o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lsa, suvda oson eruvchi tuzlar yerda qancha
kam bo‘lsa, eroziya ham shuncha kam rivojlanadi.
Shuning uchun
sergumus va strukturasi yaxshi qora va o‘tloqi tuproqlar kashtan va bo‘z
tuproqlarga nisbatan eroziyaga ancha chidamli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: