Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari: 1. Tuproqning yuvilishi deganda nimani tushuniladi? 2. Tuproq eroziyasining qanday turlari mavjud? 3. Sug‘oriladigan tuproqlarda eroziyaning qanday turlari uchraydi? 4. Eroziyaga qarshi qanday kurash choralarini bilasiz? 41-bob. Antropogen tuproqlar Tabiiy tuproqlar, asosan, o‘zlashtirilgan bo‘lib, ular faqat tog‘larda, cho‘llarda, sahrolarda uchrashi mumkin. Inson bo‘z yerlarni o‘zlashtirib, madaniy ekinlar ekib, sug‘orib, ishlov berib, organik va mineral o‘g‘itlarni tuproqqa solib, uning morfologik tuzilishini, fizik xossalari va kimyoviy tarkibini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Natijada, yerning relyefi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tuproq va o‘simlik o‘rtasidagi energiya almashinuvi, suv rejimi tamomila o‘zgarib ketadi. Tabiiy tuproqlarning o‘zlashtirilish natijasida, tuproq hosil qiluvchi omillar iqlim, relyef, ona jinsi, vaqt, o‘simlik va hayvonot dunyosining ta’siri ham o‘zgaradi. Demak, qo‘riq yerlar o‘zlashtirilishi bilan tabiiy omillar ta’siri kamayib, madaniy tuproq hosil bo‘lishiga tomon omillarning ta’siri avj olib boradi. Tuproq evolyutsiyasi davom etib, gumusga boy, donador haydalma qatlam hosil bo‘ladi. Madaniy o‘simlik rivojlanishi va o‘sishi uchun issiqlik, suv havo, oziqlanish sharoiti vujudga keladi. Madaniy tuproqlarning rivojlanishi insoniyat tarraqqiyoti tarixi, sug‘orish dehqonchiligi, gidrotexnik, meliorativ, agrotexnik tadbirlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Insoniyat tarixida, dehqonchilik madaniyatining rivojlanishida, madaniy tuproqlar hosil bo‘lish jarayoni ibtidoiy, feodalizm, kapitalizm H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 153 sharoitida, o‘rmon va o‘simlik qoplamini yoqib, yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish, madaniy o‘simliklar ta’siri, ishlov berish, o‘g‘itlash bilan bevosita bog‘liqdir. Dehqonchilik lalmikor va sug‘orish dehqonchiligiga bo‘linadi. Birinchisida agrotexnik tadbirlar, ikkinchisida esa sug‘orish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan agromeliorativ va irrigatsion tadbirlar amalga oshiriladi. Madaniy o‘simliklar tuproqda rivojlanib, ildizlari bilan g‘ovak joylarda zarrachalarni jipslashtirib, donadorlikni hosil qiladi. O‘simlik poyasi, bargi, ildizlari chirib, tuproqdagi biologik jarayonlarning rivojlanishi va gumus miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Tuproqdan oziqa moddalarining ma’lum bir qismi madaniy o‘simliklar hosili bilan olib ketiladi. Dehqonchilikda o‘t dalali almashlab ekishni ishlab chiqqan akademik V.R.Vilyams qishloq xo‘jalikda ekinlarni ikki toifaga, ya’ni bir va ko‘p yillikka bo‘lib, bir yillik o‘simliklar tuproq donadorligi, suv-fizik xususiyatlarini yomonlashtirib, unumdorlikni pasaytirib yuboradi, deb tahkidlaydi. Ko‘p yillik o‘simliklar, aksincha, tuproq donadorligi, unumdorligini oshiradi, suv-fizika, mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi. Donli ekinlar ildizlari hajmiga nisbatan 5-10% moddalar chiqarib, quruq massasi olinadigan hosil bilan barobar miqdorda mahsulot yetishtirib, tuproqning modda almashuvini rivojlantiradi. O‘simliklar tomiri tuproq donadorligi, ya’ni zarrachalar (0-0,25 mm) miqdorini oshirib yuboradi. Kartoshka, lavlagi kabi o‘simliklar tuproqda ko‘p miqdorda tomirlar hosil qilib, uning 18-25% i tuproqda, qolgan 85% i biomassa tarzida o‘simlik bilan ketadi. Masalan, makkajo‘xori hosili 40 s/ga va yashil mahsulot 600 s/ga bo‘lganda, quruq biomassa 180-240 s/ga ni tashkil qiladi. Makkajo‘xorining tomirlari juda rivojlangan bo‘lib, 50-80 s/ga organik modda tuproqda qoldiradi, hosil bilan esa 55- 65% biomassa olib chiqiladi. Kungaboqar biomassasi jihatidan jo‘xoriga yaqinlashadi. Boshoqli don o‘simliklar ikkinchi o‘rinni egallab, kuzgi bug‘doy 120-160 ts/ga, bahoriysi esa 80-120 s/ga hosil bilan, birinchisi 65%, bahorgisida esa 60%, qolgan 30-55 s/ga tuproqda chirindi sifatida qoladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda bir yilliklarga nisbatan kamroq miqdorda xashak olib chiqiladi. Bu miqdor tuproqda qoladigan ildizlar chirindisidan kamroq. Ularning zahirasi 60-70%, 50-120 s/ga, hosil bilan tuproqdan 30- 40% yoki 35-65 s/ga olib ketiladi. Biomahsulotning kimyoviy tarkibi, asosan, azot va kaliydan iborat bo‘lib, dukakli o‘simliklar kalsiy (2,5%), o‘t-o‘simliklar kremniyga (1,0- 1,5) boy bo‘ladi, qolgan qismini alyuminiy, temir, marganes tashkil qiladi. Madaniy o‘simliklar tarkibida 5% kul elementlari bo‘ladi, 1,3% azot H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 154 biologik doiraga jalb etiladi, 360 dan 1700 kg/ga kg kul elementlardan 60- 310 kg/ga azot o‘simliklar tomonidan foydalaniladi. Cho‘l va sahro mintaqalarda biomassaning miqdori kamayib ketib, 100- 225 s/ga ni tashkil qiladi. Sahro mintaqasining so‘r tusli qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan Ustyurtda biomassa 43 s/ga, yiliga 14 s/ga ga oshadi. Shuning uchun sahro mintaqasida sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlanib, almashlab ekish (paxta-g‘alla va don ekinlari) natijasida tuproq unumdorligini oshirishadi. Madaniy o‘simliklar 450 kg/ga kimyoviy elementlarni iste’mol qilib, bu tuproqlarda agrotexnik tadbirlar o‘tkazish, organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘shimcha ravishda yerga solishga to‘g‘ri keladi. Madaniy dehqonchilik rivojlanishi natijasida, bir necha o‘n ming yillar o‘tgach, haydalgan va sug‘oriladigan tuproqlar ustida loyqalar, organik o‘g‘itlar to‘planib, yangi agroirrigatsion genetik-akkumulyativ qatlam hosil bo‘ladi. Sug‘oriladigan dehqonchilikning yillar davomida rivojlanishi natijasida tuproq unumdorligi va fizik-mexanik xususiyatlari yaxshilanishi yoki yomonlashishi mumkin. Tuproqning cho‘kish, bo‘kish, eroziya va sho‘rlanishning rivojlanishi, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslanish jarayonlari shular jumlasidandir. Tuproqning madaniylanish darajasi statsionar - tajriba, dehqonchilik tarixi, xossa va tarkibining o‘zgarishi, profil qatlamlarini o‘zaro taqqoslash usullari orqali aniqlanadi. Yuqoridagi ko‘rsatilgan morfologik tuzilish, fizik xossalari, kimyoviy tarkibining o‘zgarishi taqqoslanib, madaniy tuproqlarning tasnifi ishlab chiqilgan. Shu sohaga oid ishlarni N.L.Blagovidova (1964), Ye.M.Ivanova (1956), I.F.Garkusha (1956), G.I.Grigoryeva va V.M.Fridland (1964), M.A.Orlov kabi olimlar amalga oshirishgan. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling