Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aa-A-AS-S.
S =f(‘+Ab AmrAg) t
S - tuproq, P - tuproq hosil qiluvchi jins - tuproq hosil bo‘lish vaqti, AG‘ - biogen akkumulyatsiya. Am - mexanik akkumulyatsiya yoki yuvilish. Ad - geokimyoviy akkumulyatsiya yoki olib ketish. Tog‘ tuproqlarining profili yupqa, shag‘alli, unda birlamchi minerallar ko‘p, ikkilamchilari esa kam, organik moddalar gumus qatlamida 15-20% to‘planishi mumkin. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 149 Genetik qatlamlar yaxshi rivojlanmagan. Tog‘larda, tundra tuproqlari eng yuqori salbiy harorat hukm surgan joylarda rivojlanadi. Tog‘larning 1000-1500 m balandligida tog‘-o‘tloqi tuproqlar tarqalgan, profilning tuzilishi Aa-A-AS-S. Elyuviy-delyuviyda hosil bo‘ladi. Tog‘ o‘tloqi-cho‘l tuproqlarining morfologik tuzilishi Ad-A-As-Cr, chim qatlami 5-10 sm. Sinov savollari: 1. Tog‘lardagi balandlikka nisbatan tabiiy tuproqlarning paydo bo‘lish qonuniyatlarini tushuntiring? 2. Tog‘ tuproqlarining turli mintaqalarda joylashgan tog‘ xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? 3. Tog‘ tuproqlarining morfologik tuzilishi qanday? 4. Tog‘ tuproqlarining fizik xossalari va kimyoviy tarkibi qanday? 5. Tog‘ tuproqlaridagi rivojlangan jarayonlar: eroziya va unga qarshi kurash choralarini tushuntiring? 40-bob. Tuproq eroziyasi Tuproq eroziyasi deb, mayda qum va chang zarrachalarining suv bilan yuvilish va shamol yordamida olib ketilishi jarayoniga aytiladi. Eroziya ikki turga: geologik va tuproq yuvilishiga bo‘linadi. Birinchi xili, ya’ni geologik eroziya muzliklar harorati, erishi, suv oqimi, havo haroratining o‘zgarib turishi natijasida tog‘ jinslari yemirilib, maydalanib, yonbag‘irlar, daryo yotqiziqlari, pillapoyalar, vodiylar hosil qiladi. Insonlarning o‘rmonlarni qirqishi, tabiiy va lalmikor yerlarni haydashi, yaylov sifatida chorvachilikda o‘tloq yerlardan foydalanishi, sugorishi natijasida tuproq eroziyasi rivojlanadi. Dunyo bo‘yicha quruqlikdagi yerning 31% i suv eroziyasi va 34% i shamol eroziyasiga mubtalo bo‘lishi natijasida 430 mln. ga yerdan 60 mlrd. tonna mahsulot tuproqdan olib chiqib ketiladi. Shu davrgacha qishloq xo‘jaligida foydalanilgan yerdan ikki milliard gektar va 2000-yil oxiriga borib esa yana bir milliard gektar yer eroziya natijasida ishdan chiqishi aniqlangan. Tuproqning suv va shamol ta’sirida yemirilishiga eroziya deyiladi. Eroziya sodir bo‘lgan maydonlarda suv va shamol tuproqning unumdor qatlamni yemirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizadi. Natijada, tuproqning unumdorligi pasayib, bu yerga ekilgan ekinlarning hosildorligi nihoyatda kamayib ketadi. Eroziyalanish jarayoni butun dunyoda keng tarqalgan bo‘lib, sobiq Ittifoq territoriyasida ham ancha maydonni tashkil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling