Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Piroklastik jinslar
Sinov savollari:
1. Ferrallitli tuproqlar qayerlarda tarqalgan? 2. Bu tuproqlar profilining tuzilishi qanday? 3. Ferrallitli tuproqlarning genezisi, xossalari qanday? 4. Bu tuproqlarni o‘rgangan olimlar kimlar? 5. Ferrallit tuproqlar tasnifi va ulardan foydalanish. 38-bob. Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan tuproqlar Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan tuproqlar Tinch okeani, O‘rtayer dengizi, Sharqiy Afrika, Kavkaz, Kamchatka, Saxalin va Kuril orollarida keng tarqalgan bo‘lib, andozollar deb ataladi. Yapon tilida andozoll - qora tuproq degan mahnoni bildiradi. Vulqon tuproqlari lavalar, tuflar, kullar va piroklastik jinslar ustida hosil bo‘ladi. Vulqon otilishi jarayonida hosil bo‘lgan mahsulot suyuq, H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 147 qattiq va gaz holatida bo‘ladi. Tog‘ hududlaridagi harakatga kelgan vulqonlar avj olib suyuq lava sifatida oqib chiqadigan va bir necha km maydonni egallab, tuproq hosil qiluvchi harakatchan va sust harakatchan mahsulotni hosil qiladi. Lava bilan bir qatorda vulqon otilishi jarayonida qattiq jinslardan iborat bo‘lgan mahsulot yer yuzasiga tushib piroklastik, ya’ni kul moddalari, tuflar va tuffitlarni hosil qiladi. Bu mahsulot lavaga nisbatan bir necha yuz va ming marta ko‘proq hajmni tashkil qiladi. Piroklastik jinslar deganda vulqon otilishida chiqqan magmalarning atmosferaga ko‘tarilib, shamol oqimi yordamida yer yuzasiga tarqalgan mahsulotlar nazarda tutiladi. Zarrachalar o‘lchamiga binoan: 1) vulqon kuli 1 mm kattarog‘i, 2) vulqon qumi (1 mm dan no‘xat kattaligigacha) 3) vulqon toshchalari (lapillar), 4) vulqon bombalari, 5) vulqon xarsanglariga bo‘linadi. Vulqon yotqiziqlari hosil bo‘lgan manbadan uzoqlashgan sari yupqalashib boradi. Shuning uchun Rossiyaning Kamchatka o‘lkasidagi piroklastik vulqon yotqiziqlarini tekshirgan I.A.Sokolov (1973) ularni uch qismga bo‘lgan, ya’ni juda qalin, o‘rtacha, yupqa kullar tushgan piroklastik qatlamlar. Piroklastik mahsulot, asosan, shishasimon bo‘lib, yemirilish jarayoniga ancha moyil hisoblanadi. kul tarkibi oltingugurt moddalari ishtirok etganligi tufayli nordon muhitga ega bo‘ladi. Gumid iqlimli sharoitda ishqorli moddalar yuvilishi bilan neytral yoki ishqoriy muhit rivojlanadi. Yemirilish jarayonida piroklastik jinslar tarkibidagi kremniy miqdori kamayib, temir va alyuminiy birikmalari to‘plana boshlaydi. Allofan tuproq eritmasi kristallanib, gallualit va gibbsit minerallarini hosil qiladi. Piroklastik yotqiziqlar ustida allit qalinlikdagi vulqon tuproqlari hosil bo‘ladi. Vulqon tuproqlari profili A-S, A-AS-S yoki A-Vm-S tuzilishga ega. Tuproq kesmasining qalinligi 1 metrdan oshiq, vulqon otilayotgan manba orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi. Gumusli A qatlam qo‘ng‘ir, qora-qo‘ng‘ir yoki qora rangda bo‘lib, metamorfik Vm qatlam tabaqalangan qizil, sariq, qizg‘ish rangda uchraydi. Bu tuproqlar profili podzollanish va gleylanish jarayonining avj olishi bilan murakkablashishi mumkin. Tuproq zichligi 0,6-0,8 g/sm 3 dan oshmaydi, suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati yuqori bo‘lib, donador, hali unchalik rivojlanmagan bo‘ladi. Vulqon hosil qilgan tuproqlar 4 toifaga bo‘linadi: shishasimon, och tusli, gumusli va myulleviy odnosollardir. Bu toifadagi tuproqlar yumshoq bo‘lganligi tufayli eroziyaga tez uchraydi. Vulqon yotqiziqlari ustida hosil bo‘lgan tuproqlar tog‘ hududlarida keng tarqalganligi tufayli qishloq xo‘jaligida meva yetishtirishda foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling