Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Qo‘ng‘ir yarimsahro tuproqlar
Download 305,09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yarimgidromorf tuproqlar - o‘tloqi qo‘ng‘irlari pastdan, suv irmoqlarida hosil bo‘ladi. Qo‘ngir tuproqarga nisbatan gumusli, AV
Qo‘ng‘ir yarimsahro tuproqlar
A-AV-Vsa-Vl-Sda so‘r qo‘ng‘ir rangli, donador emas, kuchsiz qatlamli, gumus gorizontidan iborat. S.G.Gmelin (1768), P.A.Pallas (1778), V.V.Dokuchayev (1900), N.A.Dimo, V.A.Keller, N.N.Bolishev, V.A.Nosin, N.A.Nogina tomonidan tarqalishi, genezisi, xossalari o‘rganilgan va tasnifi ishlab chiqilgan. Bu tasnifdagi tuproqlar tekisliklarda soz va sozsimon, dengiz, ko‘l, daryo yotqiziqlarida hosil bo‘lgan. Qattiq tog‘ jinslarining elyuviy- delyuviyida ham hosil bo‘ladi. Quruq kontinental subboreal bioiqlimda, yozda 21-27°S, qishda 10-15 °S, yillik yog‘in miqdori 100-250 mm, yog‘in miqdoridan bo‘g‘lanish 4-5 barobar ko‘proq. O‘simlik qoplami 20-40% tipchak, buyurg‘un, kukpek, sho‘ralar, juzg‘un va efemerlardan iborat. Biomassa 100 s/ga, shundan 7 ts/ga yer yuzida, ildizlari esa 65 s/ga ni tashkil qiladi. Profilida A qatlam ikki qismga, yuzadagi 2-4 sm qalinlikdagi g‘ovakli qatlam, uning tagida yumshoq qatlam g‘ovak, och- qo‘ng‘ir 12-15 sm, so‘ngra esa ochroq donador-yong‘oqsimon tuzilishdagi, karbonatli 25-40 sm qalinlikdagi Vsa qatlam, Bcs – gipsga boy, ammo yumshoqroq, S -karbonat, gips, tuzlarga boy ona jins qatlamidan iborat. Bu tuproqlar sho‘rtob bo‘lganligi uchun profili tabaqalangan, A qatlam loydan holis bo‘lib, Fe va A1 kam, ammo Si birikmalariga boy. Gumus miqdori 1,0-2,5%, 30-100 t/ga singdirish sig‘imining asosiy qismini Sa va Mg tashkil qiladi, Na esa 1-14%. Loy zarrachalari esa, AV qatlamida to‘planadi. Qo‘ng‘ir tuproqlar Yevroosiyo, Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyoda tarqalgan bo‘lib, chorvachilikda yaylov va g‘alla ekinlarini yetishtirishda foydalaniladi. Yarimgidromorf tuproqlar - o‘tloqi qo‘ng‘irlari pastdan, suv irmoqlarida hosil bo‘ladi. Qo‘ngir tuproqarga nisbatan gumusli, AV qatlami 25 sm qalinlikni tashkil etadi. Gumus 2-3% ni tashkil qiladi. Bo‘z tuproqlar och tusli, yumshoq, karbonatli sahro, yarimsahro, subtropik quruq bioiqlimda, tabaqalangan kesmali tuproqlardir. Bo‘z tuproqlar S.S.Neystruyev (1909), N.A. Dimo, L.I. Prasolov, A.I. Bessonov, A.N. Rozanov tomonidan har tomonlama o‘rganilgan bo‘lib, Yevroosiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Umumiy maydoni 205,9 mln ga, tog‘larda esa 52,5 mln. gektar. O‘rta Osiyo va Zakavkazyeda tarqalgan. Allyuvial, prollyuvial, dellyuvial soz va sozsimon yotqiziqlar ustida, quruq subtropik iqlimda qishi 2-5 °S , yozi esa +26 + 30 °S, yil davomida iliq kunlar 170-245, harorat yig‘indisi 3400-5800 °S, yog‘in miqdori 1000-1700 mm ni tashkil qiladi. Qattiq tog‘ jinslarining elyuviy va delyuviyida hamda turli rangdagi yotqiziqlar ustida ham hosil bo‘ladi. Biomassa 120-150 s/ga, yer ustida 15-25 s/ga, ostida esa 100 s/ga. Profilning tuzilishi A-12-17 sm, AV-15-26, Vsa-60-100 sm, VS-1,5-2,0 m H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 143 gips birikmalaridan iborat. Gumus 1,0-3,5%, singdirish sig‘imi 16 mg ekv/100 g, gumus zahirasi 50-160 t/ga. Balandlik, o‘simlik qoplami va boshqa xususiyatlariga binoan uch tipchaga: och, tipik, to‘q tusli bo‘z tuproqlarga ajratilgan. Bu tuproqlar paxtachilik, bog‘dorchilik, g‘allachilik, sabzavot - polizchilik va chorvachilikda foydalaniladi. Download 305,09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling