Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1. Tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning qanday manbalari mavjud? 
2. Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, morfologiyasini tushuntiring? 
3. Sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash 
va unumdorligini tiklash usullari qanday? 
 
35-bob. Arid mintaqalarining karbonatli va gipslashgan 
tuproqlari 
Bu toifa tuproqlarga quruq cho‘l, yarim sahro va sahro subboreal
subtropik va tropik mintaqalarda tarqalgan kam gumusli, izogumusli, 
teksturasi tabaqalanmagan, karbonatlardan yuvilgan, ammo pastki 
qatlamlarda gips to‘plangan tuproq turlari kiritilgan. Arid va semiarid 
bioiqlim sharoitida, kserofil o‘t-o‘simliklar tagida rivojlanadi. 
Quruqlikda hosil bo‘lganlarga, ya’ni arid avtomorf tuproqlarga 
kashtan rangli, qo‘ng‘ir yarim sahro, bo‘z tuproqlar, qo‘ng‘ir-jigarrang, 
qo‘ng‘ir subarid, sur tusli qo‘ng‘ir va oddiy sahro tuproqlari kiritilgan. 
Yarim gidromorf tuproqlarga esa o‘tloqi-kashtan, o‘tloqi-qo‘ng‘ir, o‘tloqi-
bo‘z, o‘tloqi-sur jigarrang, o‘tloqi sahro tuproqlar kiradi. Bu guruhdagi 
tuproqlar bir-birga o‘xshashligi va chegarasining keskin ajralmasligi bilan 
farq qiladi. Tuproq muhiti neytral yoki ishqoriy, karbonatlarga boyligi, 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
141 
gips moddalari profilning turli qatlamida to‘planishi bilan, gumus gumat-
fulvatli, loyli minerallar siallitli tabiatliligi bilan ajralib turadi. 
Kashtan tuproqlarining profili 
A-Vsa-S tuzilishga ega bo‘lib, 
subboreal bioiqlimining quruq cho‘l sharoitida hosil bo‘ladi. Gumusli A 
qatlam kashtan rangida bo‘lib, birinchi metrda karbonatli, chuqur 
qatlamlarda esa gips moddalari ajralib turadi. Bu tuproqlar 1883-yili 
V.V.Dokuchayev tomonidan qo‘ng‘ir yarim sahro tuproqlari toifasiga 
kiritilgan. 
S.S.Neystruyev, A.A. Rode, Ye.N. Ivanova kashtan tuproqlarning 
tarqalishi, genezisi, xossalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilishi 
to‘g‘risida yozib o‘tishgan. 
Dunyo bo‘yicha bu tuproqlar maydoni 262,2 mln ga. Yevrosiyo va 
Shimoliy Amerikada Janubiy va G‘arbiy qora tuproqlar bilan chegaradosh 
joylashgan. Rossiyada uning maydoni 107 mln ga yoki 4,8% ni tashkil 
qiladi. Kashtan tuproqlar semiarid bioiqlim sharoitda +20 +25 °S issiq, 
yanvarda esa -5 - 25
o
S, o‘rta yillik iqlim 2-10 
o
S, faol harorat yig‘indisi 
2200-3500 
o
S, atmosfera yog‘ini 200-400 mm ni tashkil qiladi. Ular 
tekisliklarda joylashgan bo‘lib, pastkam yerlarda sho‘rtob, solodlar, o‘tloqi 
kashtan tuproqlar tarqalgan. Tuproq hosil qiluvchi ona jins sifatida, 
sozsimon karbonatli, sho‘rlangan cho‘kindi qatlamlar hamda elyuviy, 
delyuviydan iborat tog‘ jinslari ishtirok etadi, ular sho‘rlangan, karbonatli 
va karbonatsizdir. O‘t-o‘simliklar qatlami 50-70 sm, tipchak-kovil, 
shuvoq-tipchak, tipchak-shuvoqdan iboratdir. Quruq cho‘llarda biomassa 
miqdori 200 t/ga, 90 t/ga ildizlariga to‘g‘ri keladi. Tuproq ustida yiliga 30 
t/ga, yer ostida esa, 110 t/ga biomassa hosil bo‘ladi. Har yili biologik 
davraga 600 kg/ga kul elementlari qatnashib, shundan 150 kg/ga azot, 
qolganini kremniy va kaliy tashkil etadi. 
Kashtan tuproqlarning profili A-gumus, kashtan rangli, mayda 
donador, yuza qatlamining qalinligi 15-30 sm. AV1 gumusli, qo‘ng‘ir - sur 
rangli, donador 10 sm qalinlikdagi qatlam. AV2 - qalinligi 10 sm bo‘lgan 
qora, qo‘ng‘ir, gumus, azotli tuproq, prizmatik, yirik donador, xlorid 
kislota ta’sirida qaynaydigan qatlam. Vsa - zich joylashgan ona jins. 
Gumus miqdori 3-4, zahirasi 120-300 t/ga, singdirish sig‘imi kalsiy, 
magniy bilan to‘yingan, muhiti neytral yoki kuchsiz ishqorli. G‘ovakligi 
50- 55%, suvning singdirish qobiliyati yaxshi. Bu tuproqlar to‘q kashtan, 
kashtan, och kashtan tuproqlarga bo‘linadi. 
O‘tloqi kashtan tuproqlar yarimgidromorf bo‘lib, profilning tuzilishi 
A-AB-Bca-Bg-Cg. Past joylarda hosil bo‘ladi. Yevroosiyoda 6,6 mln ga ni 
tashkil qiladi, namlangan va gleyli qatlamga ega. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
142 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling