Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
1. Qora tuproqlar qanday hosil bo‘ladi? 
2. Qora tuproqlar genezisi va profilining morfologik tuzilishi qanday 
bo‘ladi? 
3. Qora tuproqlarni tasniflang? 
4. Qora va kashtan tuproqlardan qishloq xo‘jaligida qanday 
foydalaniladi? 
34-bob
. Sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlar 
Sho‘rlangan tuproqlarga uch guruh tuproq toifalari kiritilgan: 1) 
sho‘rxok va sho‘rxoksimon; 2) ishqoriy tuproqlar, sho‘rtob, sho‘rtobsimon 
tuproqlar va taqirlar 3) solodlar. 
Sho‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlar. 
Tuproq profilida suvda 
eriydigan tuzlar yig‘ilib, o‘simlik o‘sishiga zaharli ta’sir qiladigan sharoitni 
tug‘diradi. Agar tuproqning 0-30 sm qatlamida 0,6 % dan oshiq soda yoki 
1,0 % xlorid va 2,0 % dan oshiq sulfat birikmalari to‘plangan bo‘lsa, 
sho‘rxoklar
deyiladi. Bunday sharoitda galofitlardan tashqari boshqa 
o‘simliklar o‘smaydi va rivojlanmaydi. 
Sho‘rxok tuproqlar kesmasi Asa-ACsa-Csa yoki Asa-Csa tuzilishga 
ega. Agar tuzlar profilning yuzasida to‘plansa sho‘rxoksimon va pastki 
qatlamlarda yig‘ilsa sho‘rxoklar deyiladi. 
Bu toifadagi tuproqlar sahro, subtropik, subboreal mintaqalarda 
tarqalib, yer yuzida maydoni 69,8 mln gektarni tashkil qiladi. Sho‘rxok 
tuproqlarni 
K.D.Glinka, 
N.A.Dimo, 
Ye.Gilgard, 
V.A.Kovda, 
Ye.N.Ivanova, V.V.Yegorov, N.G. Minashina, J.Ober, I.Sobolch, 
A.N.Sokolovskiy. M.A.Pankov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov kabi olimlar 
o‘rganishgan. 
Tuproq tarkibidagi tuzlarning hosil bo‘lishining birlamchi manbai 
tog‘ jinslarining yemirilishidan hosil bo‘lgan birlamchi minerallarning 
maydalanishi, parchalanib xlorid, sulfat, nitrat va silikat tuzlarini hosil 
qilishidan vujudga kelgan. Bu tuzlar havo tarkibidagi SO
2
bilan birikib, 
karbonatli moddalarni hosil qiladi. Tuzlar tarkibidagi kationlar kalsiy
magniy, natriy, kaliy, alyuminiy, temirdan iborat. Bu tuzlar yer usti va osti 
suvlarida erib oqib, okeanlar va dengizlarga quyiladi. V.A. Kovdanning 
hisoblashicha, okeanlarga 3 mlrd tonna, quruqlikdagi havzalarda esa 1 
mlrd tonnagacha tuz yil davomida to‘planadi. 
Tuzlarning tuproqdagi ikkinchi manbai tektonik jarayonda tog‘ 
jinslari, ayniqsa, cho‘kindi shakllarining yer yuzasiga chiqib, landshaftlarni 
tuz bilan boyitishida hosil bo‘ldi. Yer osti suvlariga o‘tib tuproqlarni 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
140 
sho‘rlantiradi. Tuzlarning uchinchi manbai bo‘lib, vulqonlar otilishi natija-
sida S1, SO
4
, SO
2
gazlarini chiqaradi, termal va yer osti suvlari esa tuproq 
yuzasiga chiqib, suvda eriydigan tuzlarni hosil qiladi. To‘rtinchi manba 
dengiz suvlari bo‘lib, u shamol yoki dovul yordamida suv havzalari atro-
fidagi tuproqlarni sho‘rlantiradi. 
Atmosfera yog‘inlari ham tuproqni tuzlar bilan boyitishi mumkin, 
Chunki uning konsenratsiyasi 20-30 mg/l yoki 400 mg/l ga tengdir. 
Yer osti suvlari ham tuproqni sho‘rlantirishi mumkin, chunki suv 
bo‘rlanib, tuproq qatlamida tuzlar yig‘ilishiga olib keladi. 
O‘simlik tomirlari bilan tuproq yoki ona jinsidan tuzlar yuqoriga 
ko‘tarilib, yuza qismida tuzlar to‘planishi mumkin. Tuproqlarni sug‘orish 
natijasida yer osti sizot suvlari ko‘tarilib, ularning ikkilamchi 
sho‘rlanishiga olib keladi. Tuzlar yer tuzilishiga binoan pastqam 
landshaftlarda to‘planadi. Bu joylarda faqat sho‘ralar o‘sadi. Ular 
tarkibidagi kul elementlari 20-30% ni tashkil qiladi. Tarkibida S1, S, Na 
miqdori ko‘p bo‘ladi. 
Sho‘rxok tuproqlarda kalsiy, magniy, natriy xlorid va sulfat tuzlari 
ko‘payib, profilning yuza yoki chuqur qatlamlarida to‘planishi mumkin. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling