Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Podzol tuproqlar.
Bu nom Smolensk oblastidagi tuproqlarni tekshirish munosibati bilan V.V.Dokuchayev tomonidan kiritilgan bo‘lib, kulrang degan ma’noni bildiradi. Bu tuproqlar nordon siallitli, profil E-Bh, f, al shaklida bo‘lib, ishqoriy yuviladigan sharoitda hosil bo‘ladi. Bu tuproqlar tuzilishi O-E-BH-f-al-C O-A-T-Bh, J, al-C, inson ta’sirida esa A- E-Bh, f, ol-C, E-Bh, f, al-C-A’-E-Bh, f, al-C A’-Bh, f, al-C. Ushby toifadagi tuproqlar shag‘alli yoki kvarsga kambag‘al qum yotqiziqlar ustida, gumid bioiqlim sharoitda (boreal va subboreal iqlimida) ninabargli subtropik va tropik mintaqalarida, kengbargli o‘rmonlar tagida hosil bo‘ladi. Podzol tuproqlar shag‘alli, granit, kvarsit va gneysli tog‘ jinslari ustida hosil bo‘ladi. Shimoliy mintaqalarda ularning profili 50-100 sm, janubda esa 2-3 m bo‘lishi mumkin. Podzol profili Ye elyuvial, illyuvial Bh, f, al. ona jinsi, litologiyasi, namligiga binoan illyuvial gumusli, illyuvial-temirli, illyuvial gumus-temirli, illyuvial-gumusli temirli bo‘lishi mumkin. V qatlam ortzand, temir birikmalardan iborat. Podzol tuproqlar uchun asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: - profilda gumusning to‘sham osti va V qatlamida to‘planishi. Gumus tarkibida fulvat birikmalarining ustunligi (Sgk:Sfk<1,0) - kuchli kislotalik muhit, ya’ni 3,0-3,5 va 4,0-4,5; - kam singdirish sig‘imi 5-10 mg.ekv/100 g; - profil bo‘yicha temir birikmalarining elyuvial-illyuvial holatda aniq tabaqalanishi; - suvni yaxshi o‘tkazuvchanlagi; H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 136 - oziqa moddalar bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi bilan ajralib turadi. Podzolsimon tuproqlar, asosan, nordon muqitli, siallit elyuvial - illyuvial tabaqalangan, profili E-Bt, al (E-Bt, h, al) tuzilishdagi yuviladigan va muzlaydigan suv rejimidagi tuproqlarga aytiladi. Podzollashgan tuproqlarning aniq profili O-E-Bt, f, al-C, O-A-E-Bt, f, al-C inson ta’sirida esa A-E-Bt, f, al-C, A’-E-Bt, f, al-C ninabargli, kengbargli o‘rmonlar tagida rivojlanadi. Podzolsimon tuproqlar o‘rmonlar tagida hosil bo‘lishiga binoan shimoliy, janubiy podtiplarga bo‘linadi. Mazkur jarayonlar AQSH, Yevropa olimlari tomonidan turlicha talqin etiladi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling