Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Arktika tuproqlari.
Polyar sovuq iqlimda, 50-200 mm yog‘in, 
harorat 14-18°S, suv va lishayniklar tagida Arktika va Antarktida 
sharoitida hosil bo‘ladigan tuproqlar kiradi. 
Arktika tuproqlari B.N.Gorodkov, Yu.I.Chernov, V.D.Aleksandrova-
lar tomonidan tadqiq qilingan. Bunday tuproqlar, Yangiyer, Fransiya, Iosif, 
Delong, Novosibirsk orollari, Taymirda, Shimoliy Amerika, Kanada va 
Shimoliy Grenlandiyada tarqalgan. Antarktidada bu toifa tuproqlar 0,06% 
ni tashkil qiladi. Profil qatlami yupqa bo‘lib, A-S tuzilishga ega. 
Tuproqning yuza qatlami 30-40 sm qalinlikda, faqat yoz oylarida eriydi. 
Tuproqning yuza qatlami qo‘ng‘ir - jigarrang, pastlashgan sayin 
qo‘ng‘irlashib boradi, donador, govakli, organik moddalar miqdori 1-4%, 
rN 6,4-6,8, singdirish sig‘imi 12-15 mg.ekv/100 g. Bu tuproqlar 1) arktik 
sahro, 2) arktik tipik gumusli kabi tipchalarga bo‘linadi. Ovchilik va 
chorvachilikda, oq ayiq, kanada oq g‘ozlari, ovsebik toifadagi hayvonlarni 
saqlash uchun qo‘riqxonalar sifatida foydalaniladi. 
Tundra gleyli tuproqlar
ko‘p yillar davomida doimo muzlab yotgan 
qumoq yotqiziqlar ustida hosil bo‘lib, mox va lishaynikdan iborat 
o‘simliklar tagida hosil bo‘ladi. Profilning tuzilishi - 0(T)-(A)-(Vd)-S. 
Tundra gleyli tuproqlarda kriogen jarayonlar, ya’ni dog‘lar hosil bo‘lishi, 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
133 
yoriq va to‘lqinlanib chiqish xususiyatiga moyildir. Bu toifadagi 
tuproqlarni V.V.Dokuchayev (1899) boreal tundra, N.M.Sibirsev (1901) 
polyar tipdagi tuproqlarga kiritdi. Ye.N. Ivanova tomonidan 1956-yili 
tundra gleyli tiplari Rossiya tuproqlar tasnifiga kiritildi. 
Bu tipdagi tuproqlar Yevroosiyo va Shimoliy Amerika qit’asining 
shimoliy sovuq mintaqalarida tarqalgan, birinchisida 2,7%, ikkinchisida 
esa 4,6%, jami 2600 ming km
2
ni tashkil qiladi. O‘simlik dunyosi, organik 
moddalar va gleyli qatlamning xususiyatiga qa’ab, ular bir necha turlarga 
bo‘linadi. Ular janubiy buta (mox-butalar), tipik moxlardan va Arktika 
tundrasi tuproqlaridir. Tundra gley tuproqlari mayda dispers, gumus va loy 
zarrachalirining qobiqli bo‘lib joylashishi bilan ajralib turadi. Ularning 
hosil bo‘lishi kriogen sovuq muzlik sharoitida avj oladigan jarayonlarga 
bog‘liq. Gleylanish jarayoni rivojlanib hosil bo‘lgan organo-mineral 
moddalar tuproq profilida turli tomonga qarab harakat qiladi. Bu toifadagi 
tuproqlar ancha berch, kam g‘ovakli, aeratsiyaning kuchsizligi bilan ajralib 
turadi. Sharoitning og‘irligidan bu tuproqlar tarqalgan hududlarda 
bug‘uchilik, baliqchilik va ovchilik rivojlangan. Chorvachilik uchun yem-
xashak beradigan o‘tlar (suli, arpa) ekilishi mumkin. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling