Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
So‘z boshi
Respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ularni yetishtirishda unumdor tuproq qoplami mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati va barqarorligini belgilaydigan asosiy manba hisoblanadi. Mamlakatimizda agrar sanoat rivojlangan bo‘lib, uning tabiiy iqlim sharoiti, tuproq va suv manbalari mehnat resurslari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari – paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va sabzavot-poliz mahsulotlaridan yuqori hosil olishga imkoniyat yaratib beradi. Yurtimiz bo‘yicha haydaladigan yerlar 4,9 mln. gektar bo‘lib, shundan sug‘oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etadi. Sobiq Ittifoq davrida intensiv dehqonchilik va paxta monokulturasining qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanishi natijasida sug‘oriladigan yerlarning 60–70% i sho‘rlangan, eroziyaga uchragan, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. Davlatimiz yuqorida aytib o‘tilgan muammolarni hal qilish maqsadida Yer kodeksi va kadastrini ishlab chiqish, yerni ijara sifatida fermer va dehqon xo‘jaliklariga berish masalasini amalga oshirdi. Tuproq biosferaning tarkibiy qismi va qishloq xo‘jaligini rivojlantiradigan ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lib, uni har tomonlama o‘rganadigan fan – tuproqshunoslik fanidir. Respublikamiz mustaqillikka erishgan davrigacha, tuproqshunos va agrokimyogar mutaxassislar Toshkent davlat universiteti va Toshkent Agrar hamda Samarqand Qishloq xo‘jalik institutida tayyorlanar edi. Tuproqshunoslik bo‘yicha yozilgan darsliklar rus tilida bo‘lib, faqat o‘tgan asrning oxirlarida M.A.Pankovning “Tuproqshunoslik”, 1963-yilda A.M.Rasulov va M.Bahodirovning “Tuproqshunoslik va dehqonchilik asoslari”, nihoyat I.Boboxo‘jayev va P.Uzoqovning “Tuproqshunoslik” darsligi 1995-yilda chop etildi. Afsuski, bu darslik qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan Toshkent universitetida davr talabi bilan “Tuproqshunoslik” fanidan o‘zbek tilida kichik hajmda X.A.Abdullayev, L.T.Tursunov (1974, 1975) va H.X.Tursunovlar (2000) tomonidan qo‘llanma va matnlar chop etildi. Respublikamizda malakali tuproqshunos mutaxassislarini tayyorlash uchun dunyo talablariga javob beradigan Yevropa, Amerika va Osiyo tuproqshunoslari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy g‘oyalarga asoslangan umumiy ta’limni rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Shu davrgacha tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev va uning shogirdlari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar va ta’limotlarga asoslanib keldik. Dehqonchilik fani va tabiatshunoslik tarixiga oid hamda tuproq to‘g‘risidagi ma’lumotlar qadimiy Yunoniston, Misr, Eron, Xitoy, H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 6 Hindiston, Yaponiya va Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan buyuk allomalarimiz al Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, al Farobiy asarlarida keltirib o‘tilgan. Markaziy Osiyo tuproqlari haqidagi ma’lumotlar zardushtiyikning “Avesto”, al Xusayn Narshaxiyning “Tarixi Narshahiy” va “Qobusnoma” kabi tarixiy kitoblarda bayon etilgan. Buyuk mutafakkirlarimiz hazrati Navoiy va Boburning asarlarida ham tuproq to‘g‘risida tafsilotlar keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling