Mintaqaviy tuproqshunoslik
tuproq qoplamini regionlar (tuman,
viloyat, o‘lka, davlat) miqyosida himoya qilish usullarini ishlab chiqish va
xalq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatini o‘rganadigan yo‘nalishdir.
Oxirgi yo‘nalish tuproqshunoslik fanining taraqqiyoti, insoniyat faoliyatida
ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi va uni boshqarish usullarini o‘z ichiga
oladi. Tuproqshunoslik qishloq xo‘jaligi va dehqonchilik bilan
chambarchas
bog‘liqdir,
bu
soha
qishloq
xo‘jaligi
yoki
agrotuproqshunoslik
deyiladi. Bu fan doirasiga tuproq qoplamidan
ratsional foydalanish, o‘simliklarni moslashtirish, almashlab ekishni joriy
etish, unumdorlikni oshirish choralari, muhofaza qilish, agrotexnik va
meliorativ tadbirlarni qo‘llash, tuproq jarayonlari va rejimlarni optimal
ravishda saqlash kabi masalalar kiradi.
Meliorativ tuproqshunoslik
tuproq izlanishini injener-texnik,
kimyoviy, biologik va agrotexnik usullar bilan yaxshilash choralarini
qo‘llashdan iboratdir.
O‘rmonchilik tuproqshunosligi
o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish,
kengaytirish, ixota mintaqalarini yaratish uchun daraxtlarni tanlab
o‘tkazish, agromelioratsiya yordamida o‘rmonlar joylashgan yerlarni
yaxshilash masalalarini hal qiladi.
Sanitariya
tuproqshunosligi
tuproqdagi
zararli
radioaktiv
elementlar, sanoat va maishiy chiqindilar tarkibidagi og‘ir metallar hamda
qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestitsidlardan tozalash masalalari bilan
shug‘ullanadi.
Tuproq tarkibida zararli mikroorganizmlar, aktinomitsetlar va boshqa
parazitlar yashaydi, ular faoliyatini zararsizlantirish masalasi ham
sanitariya tuproqshunosligining obyekti hisoblanadi.
Muhandislik tuproqshunoslik
(injenerlik geologiya, gruntovedenie)
tuproq qoplamidan gidrotexnik, sanoat, turar joy binolarini va boshqa
kommunikatsiyalarni qurishda fundament yoki qurilish materiali sifatida
foydalaniladi. Tuproqshunoslik harbiy va kriminalistik sohadagi
masalalarni hal qilishda ham ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |