Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq hosil qiluvchi omillar.
.
3H 2 O +2H 2 SO 4 Hosil bo‘lgan sulg‘fat kislota asoslar bilan reaksiyaga kirishib, gips CaSO 4 . 2H 2 O va mirabilit Na 2 SO 4 . 10H 2 O ni hosil qiladi. Tarkibida xlor ioni bo‘lgan minerallar nurash natijasida xloridlar NaCl, CaCl 2 , MgCl 2 hosil qiladi. Tog‘ jinslarining tirik jonivorlar (mikroblar, bakteriyalar, aktinomitsetlar, zambrug‘lar) va o‘simliklar (mox, lishayniklar, bir va ko‘p yillik o‘tlar) ta’sirida yemirilishi biologik nurash deyiladi. Tog‘ jinslarining yorilib, darz ketgan joylarida namlik oshgani sari mox va lishaynik kabi o‘simlik ildizlari va kuchsiz kislotalar ta’sirida yemirilish jarayoni avj oladi. Mikroorganizmlar tarkibida ham kislotalar (nitrat, sulg‘fat bakteriyalar) bo‘lib, ular ta’sirida nitrat va sulg‘fat tuzlari hosil bo‘ladi. Tuproq hosil qiluvchi omillar. Tuproqning vujudga kelishi yerning quruqlik qismidagi tabiiy sharoit va tashqi omillar ta’siri bilan bevosita bog‘liqdir. Tuproq, V.I.Vernadskiy tahbiri bilan aytganda, tabiatning “biokos” jismidir. Tuproq atmosfera, litosfera va gidrosferani o‘zaro ta’siri hamda sayyora qobig‘ida hosil bo‘lib, yer yuzini qoplab oladi. Tuproqning tog‘ jinslaridan ajralib turadigan xususiyati uning unumdorligidir. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 27 V.V.Dokuchayev tuproq, iqlim, tog‘ jinslari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, joyning relyefi va balandligi, hududning geologik yoshi kabi doimo o‘zgarib turadigan omillar funksiyasini ko‘rsatib berdi. Tabiiy omillar ta’sirida yer yuziga chiqib turgan tog‘ jinslari kuchli va chuqur jarayonlar tag‘sirida o‘zgarib, tuproq qoplamini hosil qiladi. V.V.Dokuchayev tuproq hosil bo‘lishiga ta’sir qiluvchi beshta omilni ko‘rsatib o‘tdi va uni quyidagi formula orqali ifodaladi: T = f (IJ Tj R) V T – tuproq, I – iqlim, J – jonivorlar, o‘simliklar, TJ – tog‘ jinslari, R – relyef, V – vaqt, f – funksiya. Tuproq, yer yuzasida o‘zining kelib chiqishi bilan ajralib turadigan organik va mineral moddalar hamda ona jins, o‘simlik va tirik jonivorlar iqlim, yurt umri va relyefning ta’siridan hosil bo‘lgan mahsulotlardir. V.V.Dokuchayev vaqtdan bo‘lak, iqlim, relyef, ona jins, o‘simlik va hayvonot dunyosi ta’sirini tashqi ta’sirlar, deb belgilaydi. Tuproq hosil bo‘lishida beshta omil bir butunlikni tashkil qilib, ularni bir-biridan ajratish yoki mahlum bir omilni ustun qo‘yish mumkin emas, deydi rus olimi. K.D.Glinka 1931-yili “Tuproqshunoslik” darsligini yozib, unda tuproq hosil bo‘lishi jarayonida iqlim va o‘simlik qoplamining rolini birinchi o‘ringa qo‘yadi. S.A.Zaxarov esa 1927-yili barcha tuproq hosil qiluvchi omillarni faol va nofaol, ya’ni biosfera, atmosfera, gidrosferani – faol, tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinslarini – nofaol qismlarga bo‘ldi. A.A.Rode 1947-yili tuproq hosil qiluvchi omillar ahamiyatini kamsitmagan holda, ular bilan birga yerning tortish kuchi, yer osti va usti suvlari faoliyatini ham tuproq hosil qiluvchi omillar qatoriga qo‘shishni taklif etadi. Biologik omillarning tuproq hosil bo‘lishidagi roliga doir to‘liq ta’limot V.R.Vilyams tomonidan ishlab chiqildi. Tuproq hosil qiluvchi omil ta’siriga oid ishlarni V.V.Dokuchayevning shogirdlari davom ettirdilar (K.D.Glinka, S.A.Zaxarov, A.M.Pankov, A.A.Rode, I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, V.R.Volobuyev). Amerikalik olim G.Yenni birinchi bo‘lib V.V.Dokuchayev tavsiya etgan tuproq hosil bo‘lishi omillari formulasini miqdoriy jihatdan har taraflama ishlab chiqdi. Inson faoliyati ta’sirida Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan madaniy tuproqlari misolida ularning hosil bo‘lishini Abu Ali Ibn Sino va Universitetning tuproqshunoslik kafedrasiga ilk mudirlik qilgan prof. M.A.Orlov o‘rgangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling