Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

.
 
3H
2
O +2H
2
SO
4
Hosil bo‘lgan sulg‘fat kislota asoslar bilan reaksiyaga kirishib, gips 
CaSO
4
.
2H
2
O va mirabilit Na
2
SO
4
.
10H
2
O ni hosil qiladi. Tarkibida xlor 
ioni bo‘lgan minerallar nurash natijasida xloridlar NaCl, CaCl
2
, MgCl
2
hosil qiladi. 
Tog‘ jinslarining tirik jonivorlar (mikroblar, bakteriyalar, 
aktinomitsetlar, zambrug‘lar) va o‘simliklar (mox, lishayniklar, bir va 
ko‘p yillik o‘tlar) ta’sirida yemirilishi biologik nurash deyiladi. 
Tog‘ jinslarining yorilib, darz ketgan joylarida namlik oshgani sari 
mox va lishaynik kabi o‘simlik ildizlari va kuchsiz kislotalar ta’sirida 
yemirilish jarayoni avj oladi. Mikroorganizmlar tarkibida ham kislotalar 
(nitrat, sulg‘fat bakteriyalar) bo‘lib, ular ta’sirida nitrat va sulg‘fat tuzlari 
hosil bo‘ladi. 
Tuproq hosil qiluvchi omillar. 
Tuproqning 
vujudga 
kelishi 
yerning quruqlik qismidagi tabiiy sharoit va tashqi omillar ta’siri bilan 
bevosita bog‘liqdir. Tuproq, V.I.Vernadskiy tahbiri bilan aytganda, 
tabiatning “biokos” jismidir. Tuproq atmosfera, litosfera va gidrosferani 
o‘zaro ta’siri hamda sayyora qobig‘ida hosil bo‘lib, yer yuzini qoplab 
oladi. Tuproqning tog‘ jinslaridan ajralib turadigan xususiyati uning 
unumdorligidir. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
27 
V.V.Dokuchayev tuproq, iqlim, tog‘ jinslari, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi, joyning relyefi va balandligi, hududning geologik yoshi kabi 
doimo o‘zgarib turadigan omillar funksiyasini ko‘rsatib berdi. Tabiiy 
omillar ta’sirida yer yuziga chiqib turgan tog‘ jinslari kuchli va chuqur 
jarayonlar tag‘sirida o‘zgarib, tuproq qoplamini hosil qiladi. 
V.V.Dokuchayev tuproq hosil bo‘lishiga ta’sir qiluvchi beshta 
omilni ko‘rsatib o‘tdi va uni quyidagi formula orqali ifodaladi:
T = f (IJ Tj R) 
T – tuproq, I – iqlim, J – jonivorlar, o‘simliklar, TJ – tog‘ jinslari, R 
– relyef, V – vaqt, f – funksiya. 
Tuproq, yer yuzasida o‘zining kelib chiqishi bilan ajralib turadigan 
organik va mineral moddalar hamda ona jins, o‘simlik va tirik jonivorlar 
iqlim, yurt umri va relyefning ta’siridan hosil bo‘lgan mahsulotlardir. 
V.V.Dokuchayev vaqtdan bo‘lak, iqlim, relyef, ona jins, o‘simlik va 
hayvonot dunyosi ta’sirini tashqi ta’sirlar, deb belgilaydi. Tuproq hosil 
bo‘lishida beshta omil bir butunlikni tashkil qilib, ularni bir-biridan 
ajratish yoki mahlum bir omilni ustun qo‘yish mumkin emas, deydi rus 
olimi. 
K.D.Glinka 1931-yili “Tuproqshunoslik” darsligini yozib, unda 
tuproq hosil bo‘lishi jarayonida iqlim va o‘simlik qoplamining rolini 
birinchi o‘ringa qo‘yadi. 
S.A.Zaxarov esa 1927-yili barcha tuproq hosil qiluvchi omillarni 
faol va nofaol, ya’ni biosfera, atmosfera, gidrosferani – faol, tuproq hosil 
qiluvchi tog‘ jinslarini – nofaol qismlarga bo‘ldi. 
A.A.Rode 1947-yili tuproq hosil qiluvchi omillar ahamiyatini 
kamsitmagan holda, ular bilan birga yerning tortish kuchi, yer osti va usti 
suvlari faoliyatini ham tuproq hosil qiluvchi omillar qatoriga qo‘shishni 
taklif etadi. 
Biologik omillarning tuproq hosil bo‘lishidagi roliga doir to‘liq 
ta’limot V.R.Vilyams tomonidan ishlab chiqildi. Tuproq hosil qiluvchi 
omil ta’siriga oid ishlarni V.V.Dokuchayevning shogirdlari davom 
ettirdilar 
(K.D.Glinka, 
S.A.Zaxarov, 
A.M.Pankov, 
A.A.Rode, 
I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, V.R.Volobuyev). 
Amerikalik olim G.Yenni birinchi bo‘lib V.V.Dokuchayev tavsiya 
etgan tuproq hosil bo‘lishi omillari formulasini miqdoriy jihatdan har 
taraflama ishlab chiqdi.
Inson faoliyati ta’sirida Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan 
madaniy tuproqlari misolida ularning hosil bo‘lishini Abu Ali Ibn Sino va 
Universitetning tuproqshunoslik kafedrasiga ilk mudirlik qilgan prof. 
M.A.Orlov o‘rgangan. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
28 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling