Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Tuproqshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproqshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi.
Sayyoramiz 
tuproq qoplamini, uning xossa va xususiyatini aniqlashda tabiiy fanlar 
bilan bog‘liqlikdan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Tuproq 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
21 
qoplamining paydo bo‘lishi, ya’ni genezisi yerning geologik va 
geomorfologik tuzilishi, texgonik va seysmik jarayonlar bilan bog‘liqdir.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-rasm. Tuproqshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi 
 
 
Petrografiya, mineralogiya va kristallografiyada foydalanilayotgan 
uslubi va o‘zgarishlardan tuproq tarkibidagi minerallar, ularni hosil 
bo‘lishi va transformatsiyasini o‘rganishda va aniqlashda foydalaniladi.
QURILISH
DEXQONCHILIK 
MATEMATIKA
KIMYO 
FIZIKA 
JUG’ROFIYA 
GEOLOGIYA 
BIOLOGIYA 
 
SOG’LIQNI 
SAQLASH 
MELIORATSIYA 
 
TUPROQSHUNOSLIK 
KRIMINALISTIKA 
O’RMONCHILIK 
AGROKIMYO 
TABIATNI 
MUXOFAZA QILISH 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
22 
Gidrogeologiya esa tuproq tarkibidagi suvning shakllanishi va 
rejimini o‘rganishda yordam beradi. Tuproqshunoslikda makro, mezo va 
mikrorelyefning hosil bo‘lishi va tuzilishini geomorfologiya fanining 
qonuniyatlari va uslubiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratib 
beradi. Tuproq xaritasini tuzishda geodeziya va kartografiya uslubiyatidan 
keng foydalaniladi. Tuproqshunoslik geokimyo, biogeokimyo, gidrokimyo 
fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproqdagi jarayonlar, moddalar 
harakati va ularning o‘zgarishi shu fanlardagi qonuniyat va uslubiyat orqali 
aniqlanadi. Tuproq to‘g‘risidagi fan iqlimshunoslik va meteorologiya bilan 
bog‘liq bo‘lib, undagi havo, suv, issiqlik rejimi va jug‘rofiy tarqalishi 
yuqorida aytib o‘tilgan predmetlarga bog‘liqdir. 
Tuproqdagi o‘simliklar va tirik jonivorlarning yashash sharoiti, 
o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi, oziqlanishi va unumdorligi biologiyaning 
botanika, zoologiya, fiziologiya, biokimyo, mikrobiologiya kabi fanlari 
bilan bog‘liqdir. Tuproqshunoslik fizika va kimyo fanlari bilan ham 
bog‘liq bo‘lib, tuproqning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi, ulardan 
olinadigan natijalar matematika usullari yordamida aniqlanadi.
“Tuproqshunoslik” 
fanining 
rivojlanishi 
landshaftshunoslik, 
biogeokimyo, o‘rmonchilik, agroo‘rmonchilik, landshaft geokimyosi, 
geobotanika, biotsenologiya kabi yo‘nalishlar taraqqiyotiga asos bo‘ldi
(2-rasm).
Sinov savollari 
1. Tuproq deb nimaga aytiladi? 
2. “Tuproqshunoslik” fanining obyekti, predmeti, o‘rganish usullari 
qanday? 
3. “Tuproqshunoslik” fanining maqsadi va vazifalarini tushuntiring? 
4. “Tuproqshunoslik” fanining ibtidoiy, feodalizm va kapitalizm davrida 
Osiyo, Yevropa, Amerikada rivojlanishi tarixi haqida so‘zlab bering. 
5. “Tuproqshunoslik” fanining O‘rta Osiyo va O‘zbekistondagi 
rivojlanish tarixi qanday? 
6. “Tuproqshunoslik” fanining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 
7. “Tuproqshunoslik” fanining tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi 
qanday? 
8. Tuproqning biosferadagi va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi 
ahamiyatini tushuntiring. 
9. Fundamental va mintaqaviy tuproqshunoslik haqida nimalarni bilasiz? 
10. Tuproqshunos mutaxassislarni tayyorlash masalalarining ahamiyati 
qanday?
 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
23 
2-bob.
Tuproqning paydo bo‘lishiga turli jarayon va omillarning 
ta’siri 
 
 
 
Tuproqning hosil bo‘lishida mexanik, fizik, kimyoviy va biologik 
jarayonlarning ahamiyati. Tuproq paydo bo‘lishida iqlim, relyef, o‘simlik 
va tirik jonivorlar, ona jins, vaqt va inson faoliyatining roli. 
Tuproq hosil bo‘lishi deganda - tog‘ jinslarini (magmatik, 
metamorfik, cho‘kindi) mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar 
ta’sirida yemirilib, iqlim, suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida elyuviy, 
delyuviy, prolyuviy, allyuviy va eol yotqiziqlar ustida tabiiy sharoitda 
tuproq paydo bo‘lishi hamda inson faoliyati ta’sirida uning tadrijiy 
rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz. 
Tuproq fizikaviy holatiga ko‘ra uch fazali tizim: qattiq, suyuq, 
gazsimon, keyinroq A.A.Rode to‘rtinchi biologik fazani ham 
hisoblanishini tavsiya etadi. Ma’lumki, tuproq paydo bo‘lishining birinchi 
bosqichi tog‘ jinslarining nurash davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr 
ichida tuproq paydo bo‘lishi litosferaning yemirilish qobig‘i bilan 
birgalikda rivojlanadi. Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari 
litosferaning asosini tashkil qiladi. Magmatik tog‘ jinslari yuqori haroratda 
erigan magmaning chuqur qatlamlarida katta bosim ta’sirida qotib qolishi 
natijasida paydo bo‘ladigan intruziv (granitlar, sienitlar, dioritlar) jinslarga 
hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning odatdagi atmosfera bosimi 
sharoitida qotishi natijasida hosil bo‘lgan effuziv (bazalg‘tlar, porfiritlar, 
tuflar) va boshqa jinslarga bo‘linadi. Litosferaning 95%i magmatik 
(otqindi) tog‘ jinslaridan tashkil topganligi aniqlangan. Intruziv tog‘ 
jinslari
+1000 S
0
yuqori harorat, bir necha ming atmosferadan yuqori 
bosim sharoitda hosil bo‘lib kristallanadi va zichlashadi. Effuziv tog‘ 
jinslari magmaning yer yuzasiga litosferaning yoriqlari orqali ko‘tarilib, 
past harorat va bosim sharoitida beqaror bo‘lib yemiriladi va o‘z shaklini 
o‘zgartirib, yer ustki qatlamlarining termodinamik sharoitiga chidamli 
yangi tog‘ jinslarini ham hosil qiladi. 
Cho‘kindi (klastik) mahsulotlar magmatik tog‘ jinslarining yog‘inlar 
va mexanik kuchlar (haroratning o‘zgarishi, oqar suv, muz, shamol) ta’siri 
ostida hosil bo‘ladi. Lyosslar, qumlar, konglomerat, qumtosh, slanetslar 
ana shu guruhga kiradi, cho‘kindi tog‘ jinslari kimyoviy, organogen va 
boshqa qismlarga bo‘linadi. Ohaktosh, bo‘r, toshko‘mir, neft va boshqalar 
ham shular qatoriga kiritilgan. Cho‘kindi jinslar quruqlikning 75% 
maydonini egallaydi. Ular dengizlar hosil qilgan ohaktosh, soz, slanets, 
qumtosh va kontinental quruqlikda hosil bo‘lgan muzlik, daryo, ko‘l, 
shamol cho‘kindilar va yig‘ilmalardan iboratdir. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
24 
Yerning chuqur qismida yuqori bosim va harorat sharoitida 
magmatik va cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. Bunday tog‘ jinslari tuzilishi 
va o‘z xossalariga ko‘ra zich va qattiq holatda bo‘lib, yer yuzida keng 
tarqalgan. Litosferaning yer yuzasiga yaqin joylashgan qatlamidan tog‘ 
jinslari, ularni tashkil qiluvchi minerallar, iqlimiy omillar, mexanik 
kuchlar, suv va uning tarkibidagi erigan moddalar, havo, tirik organizmlar 
ta’siriga uchrab yemiriladi. Tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi 
minerallarni atmosfera agentlari, turli jarayonlar ta’sirida yemirilishi, o‘z 
shakli va tuzilishini o‘zgartirish holatlari yig‘indisi nurash jarayoni 
deyiladi. 
Sayyoramizning quruqlik maydonlarida tabiiy sharoitda paydo 
bo‘lib, suv, shamol, muzlik va tektonik jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lgan 
yemirilish mahsulotlarining to‘planishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot 
nurash qobig‘i
deb ataladi. 
Tog‘ jinslari va ularning nurash mahsulotlarining fizik va mexanik 
kuchlar ta’sirida, mineralogik va kimyoviy tarkibining deyarli 
o‘zgarmagan holatda katta-kichik bo‘lakchalarga bo‘linib ketish jarayoni 
fizik-mexanik nurash
deyiladi. Sutka mobaynida havo haroratining 
o‘zgarishida tog‘ jinslari isiydi yoki soviydi, natijada kengayish yoki 
torayish jarayonlari rivojlanib, qattiq holatdagi jinslar vertikal va 
gorizontal yo‘nalishida darz ketadi hamda turli o‘lchamdagi yoriqlarni 
hosil qiladi. 
Turli termik nurash jarayonlarida hosil bo‘lgan yoriqlarga suv kira 
boshlaydi va uning muzlashi natijasida bosim ko‘payib, fizik-mexanik 
yemirilish jarayonlari avj oladi, bunday holat sovuq nurash deyiladi. Tog‘ 
jinsi va ularni tashkil qilgan minerallar o‘zining kristallografik tuzilishiga 
binoan issiqlik, sovuqlik va namlikni turli darajada o‘tkazib yemiriladi. 
Termik nurash tezligi tog‘ jinslarining tarkibidagi minerallarning turli-
tumanligiga bog‘liq, ya’ni ularning tuzilishi va tarkibiga ko‘ra issiqlik va 
sovuqlikni o‘tkazuvchanlik qobiliyati har xil bo‘ladi (3-rasm). 
3-rasm. Turli tog‘ jislarining yemirilishi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
25 
Daryo yoki muzliklarning siljishi natijasida ham fizik nurash sodir 
bo‘ladi. Shamol uchirib ketgan zarrachalar yer yuzasida g‘adir-budir 
joylarga tekkanda ham bu tog‘ jinslarning fizik yemirilish avj oladi. Bu 
hodisa cho‘llarda keng tarqalgan bo‘lib, korroziya deb ataladi. Qattiq 
holatdagi tog‘ jinslarining maydalanishi, siyqalanish va yoyilishi 
natijasida turli o‘lchamdagi katta-kichik zarrachalardan iborat tosh, 
shag‘al, chang, soz, loy, hattoki mayda kolloid keltirmalari paydo bo‘ladi.
Demak, fizik nurash natijasida yaxlit tog‘ jinslarining yemirilishidan 
turli o‘lchamdagi qovushmali va g‘ovakli mahsulotlar hosil bo‘lib, ular 
havo, suvni yaxshi o‘tkazadi va suvni saqlaydigan bo‘ladi. 
Fizik nurash natijasida hosil bo‘lgan mineral mahsulot o‘lchamlari 
maydalashgan sari ularning yuza sathining hajmi geometrik progressiya 
darajasida oshib, adsorbsiya va absorbsiya (tashqi yutilish) jarayonining 
kuchayishiga olib keladi. Minerallar kristallik tuzilishga ega bo‘lganligi 
uchun, ya’ni atomlar turli masofada joylashgan bo‘lib, panjarani hosil 
qiladi. Bu panjaralar qirralari manfiy va musbat zaryadli ionlardan tashkil 
topgan bo‘ladi. Minerallar panjarasidagi anion va kationlar o‘zaro 
elektrostatik kuchlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Mineral panjarasi sirtidagi 
ionlar bog‘liqligi pasayib, ular bo‘shab qoladi, shuning uchun manfiy yoki 
musbat zaryadlanganligi tufayli tashqi muhitdan qarama-qarshi 
zaryadlangan ionlarni elektrostatik kuch bilan o‘ziga tortib oladi. Tog‘ 
jinslarining fizik yemirilishidan so‘ng kimyoviy nurash uchun sharoit 
yaratib beriladi. Kimyoviy nurash shunday yemirilishki, bunda yer ustki 
qatlamlarining dastlabki kimyoviy tarkibi o‘zgaradi va ko‘pincha 
strukturasi oddiy hamda yangi termodinamik sharoitlarga chidamli yangi 
birikmalar vujudga keladi. Suv miqdori va oksidlanish-qaytarilish 
reaksiyalarining o‘zgarishi, adsorbsiya jarayonlari kimyoviy nurash 
vositalaridir. Tog‘ jinslaridagi birlamchi minerallar parchalanib, 
ikkilamchi minerallar hosil qilishi kimyoviy nurashga kiradi. Suv tog‘ 
jinslari tarkibidagi tuzlar, oksidlar, organik va mineral moddalarni turli 
darajada eritadi. Suv bilan moddalar o‘rtasida absorbsiya va adsorbsiya, 
gidratatsiya kabi kimyoviy jarayonlar ro‘y berishi mumkin. 
SaSO
4
+ 2 H
2
O CaSO


Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling