Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


“Tuproqshunoslik” fanining ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tabiiy


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

“Tuproqshunoslik” fanining ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tabiiy 
fanlar bilan bog‘iqligi.
Tuproqshunoslik o‘zining tarixiy taraqqiyotida bir necha qismga 
bo‘linib, bir qator ilmiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan tabiiy 
fandir. (1-rasm). 
Tuproqshunoslik fundamental yoki umumiy tuproqshunoslikdan 
tarkib topgan bo‘lib, lotincha “Pedalogiya” deyiladi. U tuproq qoplamini 
tabiiy-tarixiy tana sifatida har taraflama o‘rganadigan fandir.
Amaliy va xususiy tuproqshunoslik
tuproq qoplamini inson 
tomonidan foydalanilishini aniqlaydigan va o‘rganadigan ilmiy 
yo‘nalishdir. Fundamental tuproqshunoslikda dunyoqarash va uslubiyatga 
binoan bir necha ilmiy yo‘nalishlar mavjud. Birinchi yo‘nalishtuproq 
diagnostikasi
yoki pedodiagnostika deyiladi, uning maqsadi tuproq 
tuzilishi, xossalari va tarkibini o‘rganishdan iboratdir. Bu yo‘nalish 
tuproqshunoslikning bir necha qismlari, ya’ni tuproq morfologiyasi, 
kimyosi, fizikasi, mineralogiyasi va biologiyasidan tarkib topgan. Tuproq 
qoplami tabaqalanib, ya’ni genetik qatlam, individi, profil asosida 
o‘rganiladi. Tuproqshunoslikning ikkinchi yo‘nalishi tuproq jug‘rofiyasi 
yoki pedografiya sifatida, tuproqning fazodagi o‘rni, tarqalishi, turli 
toifaligi, tabiatning jug‘rofiy kengligi bilan bog‘liqligini o‘rganadi. Bu 
yo‘nalish 
tuproqshunoslikda 
tuproq 
jug‘rofiyasi, 
kartografiyasi, 
tizimtikasi
, ekologiyasi, baholash va informatika kabi qismlardan


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
19 
 
 
 
1-rasm. Tuproqshunoslikning asosiy ilmiy yo‘nalishlari va tarkibiy 
qismlari 
iboratdir. Tuproqshunoslikning uchinchi yo‘nalishi uning rivojlanish 
tarixi bo‘lib
, tuproq genezisi, evolyutsiyasining sayyoramiz relyefining 
o‘zgarishi bilan bog‘liqligini o‘rganadi. Bu muammolar yechimi tuproq 
genetikasi va qadim tuproqshunosligi orqali amalga oshiriladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling