Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Tuproq paydo bo‘lishida relyefning roli


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproq paydo bo‘lishida relyefning roli. 
Relyefning tuproq paydo 
bo‘lishidagi 
roliga 
N.M.Sibirsev, 
P.S.Kossovich, 
S.A.Zaxarov, 
S.S.Nestruyev ishlarida ko‘p ahamiyat berilgan. Tuproqning vujudga 
kelishida S.S.Nestruyev fikricha birinchi, relyefning bevosita ta’siri 
tuproqning eroziya jarayonlarida namoyon bo‘ladi, bilvosita ta’siri esa 
tuproqning mintaqa bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarida yagona vertikal 
mintaqalarga bo‘linadi. 
Ilmiy tadqiqot ishlarda tuproq relyefi 3 ga bo‘linadi, ya’ni: 
1) makrorelyef, 2) mezorelyef, 3) mikrorelyef. 
Makrorelyef deganda, katta hududlar qiyofasini belgilaydigan 
tekislik, plato tog‘ tizmalari, tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan 
relyef ko‘zda tutiladi (7-rasm). Mezorelyefga ekzogen geologik jarayonlar 
ta’sirida hosil bo‘lgan tekis, yassi uchastkalar va har xil qiyaliklar kiradi. 
Mikrorelyefga eroziya jarayonida vujudga kelgan 1 metrdan baland 
bo‘lmagan tepaliklar va pastqam joylar kiradi. 
7-rasm. Shovvozsoy darasidagi relyef ko‘rinishi 
Relyef issiqlik, sovuqlik va namlikning tarqalishida nurash 
mahsulotlarining joylanishida va o‘simlik qoplamining taqsimlanishida 
asosiy o‘rin egallaydi. Tuproqning namlanish darajasiga qarab, avtomorf
yarim gidromorf va gidromorf kabi guruhlarga bo‘linadi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
34 
Sug‘oriladigan joylarda relyefning ahamiyati juda katta bo‘lib, 
sug‘orish tizimi mehyorlari va o‘ziga xos agrotexnikani qo‘llash talab 
qilinadi.
Tuproqning yoshi. 
Tuproqning rivojlanishi, ya’ni evolyutsiyasi 
uning yoshi bilan bog‘liqdir. V.V.Dokuchayev tuproq yoshini absolyut va 
nisbiy yosh turkumlariga ajratadi. Absolyut yosh deganda tuproqning 
paydo bo‘lishidan to hozirgi kungacha bo‘lgan vaqtni, nisbiy esa yosh 
tuproqning hosil bo‘lishi jarayoni va ularni boshqa bosqich bilan 
almashinuv davrini nazarda tutadi. Tuproq yoshi radioaktiv yoki 
paleobotanik usullar bilan aniqlanadi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling