Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Iqlim - tuproq hosil qiluvchi omil
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- R = (Q + q) · (1- A) – E
- Issiqlik poyaslari
Iqlim - tuproq hosil qiluvchi omil.
Iqlim tuproq hosil qiluvchi omil deyilganda, joyning iqlim rejimi atmosferadan kelayotgan issiqlik va yog‘ingarchilik miqdori, havo haroratining sutka, oy, fasl, yillar mobaynida o‘zgarishi nazarda tutiladi. Tuproq hosil bo‘lishi energetikasi iqlim bilan bog‘liqdir. Iqlim tuproqlarning Yer kurrasida qonuniyatli tarqalishiga bevosita sababchidir. Shuning uchun ayrim olimlar iqlimni tuproq hosil bo‘lishida asosiy omil deb hisoblaydilar. S.V.Kalesnikning ta’rificha, Yer iqlimi bir necha omilning o‘zaro ta’siri natijasida ro‘yobga chiqadi, ularning asosiylari quyidagilar: 1. Quyosh nuri energiyasining kelishi va sarflanishi; 2. Issiqlik va namlikni qayta taqsimlovchi atmosfera sirkulyatsiyasi; 3. Atmosfera tsirkulyatsiyasidan ajralmaydigan nam almashinuvi. Ushbu omillar joylarning jug‘rofiy holati, kengligi, balandligi, pastqamligi va ko‘rsatkichlarga bog‘liqdir. Bu atrofdagi iqlimning asosiy ko‘rsatkichi quyosh radiatsiyasi hisoblanib, uning miqdori mahlum hududning jug‘rofiy joylashishi bilan bog‘liq darajada farqlanadi. Yer yuzasiga kelib tushadigan umumiy issiqlik miqdori R – radiatsiya balansi bilan o‘lchanib, KDJ (sm 2 yil) bilan ifodalanadi. R = (Q + q) · (1- A) – E Q – to‘g‘ri radiatsiya, q – sochilgan radiatsiya, A – alg‘bedo, Ye – yuzaning samarali nurlanishi. Radiatsiya balansi yer yuzasiga yutilgan radiatsiya va samarali nurlanish orasidagi farqdan iboratdir. Radiatsiya balansi yer tuzilishi, balandligi, pastligi, joyning kengligi, namligi va o‘simlik qoplami bilan bog‘liqdir. Quyosh energiyasi biologik va tuproq jarayonlari uchun bosh energiya manbaidir. Yer kurrasining yuzasiga mos ravishda sayyoramizning issiqlik mintaqalari shakllanadi (1-jadval). 1-jadval Issiqlik poyaslari Mintaqa O‘rtacha yillik harorat Radiatsiya balansi KDJ(sm 2 /yil) Yillik faol harorat yig‘indisi °S Sovuq (polyar) -23-15 21-42 400-500 Sovuq-mo‘tadil (boreal) -4+4 42-84 2400 Mo‘tadil (subtropik) +10 84-210 4000 Iliq (subtropik) +15 210-252 6000-8000 Issiq (tropik) +32 252-336 8000-10000 H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 29 Atmosferadan keladigan yog‘in-sochin tuproqdagi namlik manbaidir. Suv tabiatdagi barcha jarayonlarda qatnashib, hayot manbai hisoblanadi. Dunyoda yillik aylanma harakatda 577 ming km 3 atrofida suv qatnashadi. Shundan 505 ming km 3 okeanlar yuzasidan va 72 ming km 3 quruqlik yuzasidan bo‘g‘lanadi. Yuqorida keltirilgan umumiy suvdan yiliga 119 ming km 3 suv yog‘in-sochin sifatida yer yuzasiga qaytib tushadi. Yog‘in miqdori turlicha bo‘lib, ekvator tomonga qarab oshib boradi. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston iqlim xususiyatlari jihatdan quruq subtropiklarga o‘xshash. Atmosfera yog‘ini O‘zbekistonda turlicha bo‘lib, cho‘l mintaqasida 100 mm dan kam, tog‘likka sayin 1000 mm gacha oshib boradi. O‘rta Osiyodagi eng yuqori yog‘in miqdori - 428 mm bo‘lib, Xoji Obigarm hududida yog‘adi. Namlik va quyosh radiatsiyasi tuproqqa ta’sir qilib, ularning gidrotermik rejimini vujudga keltiradi. Tuproq suv rejimining omili iqlim tavsifi ekanligi G.I.Visotskiy tomonidan tuproqshunoslik amaliyotida ishlab chiqildi. U hududlarning namlanish koeffitsienti (K) miqdori mahlum bir davr ichidagi yog‘in yig‘indisining (Q mm) bug‘lanishga (V mm) bo‘lgan nisbatidir (K = Q/V). Namlanish koeffitsienti o‘rmon mintaqasida - 1,38, o‘rmon-dashtda – 1,0, dashtda – 0,67, quruq dashtda – 0,33, cho‘lda – 0,1-0,2 ga teng. Yer yuzasidagi quruqlikning suv bilan tahminlanishi va tuproq paydo bo‘lishi xususiyatlari bo‘yicha yer kurrasini bir qator hududlarga ajratish mumkin (M.M.Budiko, 1968). Bundan tashqari, atmosfera iqlimidan tashqari, tuproq va o‘simlik qoplamining rivojlanishida faol ishtirok etadigan 2m balandlikkacha bo‘lgan mikroiqlimning o‘zgarishi katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda paxta dalasining mikroiqlimi yaxshi o‘rganilgan. 2-jadval Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling