Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
-rasm. Tuproqning qattiq fazasi korinishi
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning suyuq fazasi
8-rasm. Tuproqning qattiq fazasi korinishi
H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 41 9 -rasm.. tuproqning suyuq fazasidagi oziq moddalar harakati tashkil qiladi (8-rasm). Tuproqning qattiq fazasi uni hosil qilgan magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari, suv oqimlari va shamol hosil qilgan yotqiziqlar zarrachalari, qoldiq holatdagi turg‘un, o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan minerallarning tuproq hosil bo‘lish jarayonidagi ikkilamchi mahsulotlari, gumus, minerallar, oddiy tuzlar, oksidlardan iboratdir. Yuqorida keltirib o‘tilgan mahsulotlar tog‘ jinslarining nurashi natijasida ozod etilgan yoki geokimyoviy jarayonlar ta’sirida tuproq hosil bo‘lishida meros qilib olingan moddalar majmuasini tashkil qiladi. Tuproq qattiq fazasining tabiati, iqlim, relyef va inson faoliyatining ta’sirida o‘zgarib turadi, u granulometrik, mineralogik va kimyoviy tarkibi, tuzilishi, donadorligi va g‘ovakligi bilan ajralib turadi. Tuproqning qattiq fazasi organik va mineral moddalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, tuproq eritmasi, suvi, havosi va yashaydigan jonivorlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Tuproqning suyuq fazasi suv va turli eritmalardan iborat bo‘lib, tarkibi va hajmi jihatidan o‘zgarib turadigan dinamik (harakatchan) qismi hisoblanadi. Tuproqning suyuq fazasi manbai atmosfera yog‘inlari, yer usti va ostidagi suvlar, organik va mineral moddalar tarkibidagi suv bo‘lib, tuproq eritmasining asosiy qismini tashkil qiladi (9-rasm). Tuproq eritmasida har xil turkum suvlardan tashqari, organik moddalar, o‘simlik qoldiqlari va tirik jonivorlar tarkibidagi uglevodlar, fermentlar, amino-kislotalar, yog‘lar, oqsillar, tuzlar, organik va noorganik sirka, chumoli kislotalari hamda spirtlar ishtirok etadi. Tuproq eritmasining tarkibi, konsentratsiyasi, holati va xususiyatlari tuproqning suv-fizik xossalari, mavsumiy namlanishi, yog‘in miqdori, yer osti va usti suvlarining konsentratsiyasi, tarkibi va holati bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqlimi sovuq mamlakatlarda tuproq eritmasi muzlab, qattiq holatga o‘tadi va havo harorati oshgan sari bahor va yoz oylarida bug‘ holatiga o‘tib parchalanib ketishi mumkin. Suv tuproq tarkibidagi harakatchan qon hisoblanib, undagi erigan organo-mineral moddalar eritma, suspenziya, kolloid holatida kesma qatlamida harakatlanib yuradi. Tuproqdagi organo- mineral moddlar ma’lum miqdorda erib, konsentratsiyasi oshgan sari, amorf yoki kristall holatida kesmaning turli qatlamida to‘planishi mumkin. O‘simlik H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 42 ildizlari orqali tuproq eritmasi va suvlari tarkibidagi oziqa moddalarni iste’mol qilib, tanasi mevasi, urug‘larini shakllantiradi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling