Sinov savollari:
1. Atmosfera, gidrosfera va litosferaning tuzilishi, tuproq qoplamining
ularga ta’siri qanday?
2. Biosfera deganda nimani tushunasiz?
3. Tuproq qoplamining biosferaga ta’siri qanday?
4. Tuproq qoplamining biosferadagi funksiyasi nimadan iborat?
5. Tuproq ekologiyasi deganda nimani tushunasiz?
4-bob. Tuproq qattiq, suyuq, gaz va biologik fazalardan iborat
polidispers tizim sifatida
Tuproq fazalarining hosil bo‘lishi, ularning fizik-kimyoviy va biologik
jarayonlarning rivojlanishi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati.
Tuproq qoplami polidispers tizim bo‘lib, magmatik, metamorfik va
cho‘kindi tog‘ jinslarining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar,
tabiiy omillar – iqlim, relyef, ona jins, o‘simlik va tirik jonivorlar, vaqt va
inson faoliyati ta’sirida paydo bo‘lgan tabiiy-tarixiy tanadir. Tuproq qoplami
uzoq muddatda shakllanib, o‘zining g‘ovakligi, yumshoqligi, namligi,
donadorligi,
organik
va
mineral
moddalarning to‘planishi, o‘simlik va
tirik jonzotlarning yashash makoni,
tabiiy va madaniy o‘simliklarni oziqa,
suv, havo hamda boshqa moddalar
bilan
ta’minlaydigan
manba
hisoblanadi.
Tuproq qoplami o‘zining ichki
tuzilishi
bilan
boshqa
tabiiy
yotqiziqlardan farq qilib, ulardan
unumdorlik xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Tuproq murakkab ko‘p fazali,
tabiiy tarixiy tana bo‘lib, uning tarkibi qattiq, suyuq, gaz va biologik
dunyodan iborat.
Tuproqning qattiq fazasi
uning asosini tashkil qilib, ona jins, ya’ni
tog‘ jinslarining nurashidan elyuvial, delyuvial, prolyuvial, allyuvial, eol
yotqiziqlarini hosil qiladi hamda ular ustida tuproq qoplami paydo bo‘ladi,
shakllangan jarayonlar mahsulotidagi xossa va xususiyatlar, kimyoviy va
mineral tarkib ulardan meros qilib olingan bo‘ladi. Bu ko‘p komponentli va
polidispers organo-mineral moddalar zahirasi tuproq qattiq fazasining asosini
Do'stlaringiz bilan baham: |