Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Tuproq qoplamining biosferadagi asosiy vazifalari quyidagilar


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproq qoplamining biosferadagi asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Tuproqning bioekologik vazifasi tuproq ekologiya manbai va 
muhit bo‘lib, unda ko‘plab organik moddalar to‘planadi. Akademik 
V.A.Kovdaning 
hisobicha, 
yer 
yuzasida 
(asosan, 
o‘rmonlarda) 
to‘planadigan biologik qism miqdori qariyib n·10
13
tonnani tashkil etadi. 
Yer osti ildiz qismi hamda hayvonot va mikroorganizmlar faoliyati bilan 
bog‘liq organik moddalar miqdori bundan kam emas. 
2. Tuproq qatlamining bioenergetik vazifasi tuproq qoplamini o‘z 
ichiga oluvchi ekologik tizimda o‘simliklar har yili yerda taxminan n·10
17
kkal miqdordagi kimyoviy faol energiya to‘playdi. Tuproqning o‘zida 
organik moddalar (detrit, gumus-gumus)da n·10
18
kkal miqdorida energiya 
to‘planadi. Har bir tonna gumus 5·10
6
kkal potensial energiyaga ega 1 g 
gumus 4,5-5 kkal kimyoviy energiyani saqlaydi. 
3. Tuproq qoplamining azot oqsil to‘plash vazifasi  tuproq o‘simlik 
tarzidagi ekologik tizim, atmosferadagi molekulyar N ni to‘plab, ularni 
aminokislotalar va oqsillarga aylantirish xususiyatiga ega. Yer yuzasi 
quruqlik qismi tuproqlaridagi azotning biologik fiksatsiyalanishi har yili 
140 mln. tonnani tashkil etadi. 
4. Tuproq qoplamining biokimyoviy vazifasi – tuproqda 
to‘planadigan 
bioyig‘ilma 
turli 
kimyoviy 
elementlar 
va 
ular 
birikmalarining manbai ham hisoblanadi. O‘simliklarning ildiz tizimsi 
tuproqning pastki qismlaridan ko‘plab kimyoviy elementlar (C, N, H, O, ‘, 
Ca, K, Mg, Al) ni so‘rib oladi va tuproq qatlamlarida to‘plash imkoniyatini 
beradi. 
5. Tuproq qatlamining gidrologik vazifasi – tuproq qoplamining yer 
gidrologik tsiklidagi va gidrosferadagi roli ham nihoyatda katta. Tuproq 
qoplamida 
atmosfera 
yog‘inlari 
to‘planadi, 
bug‘simon 
suvlar 
kondensatsiyalanib, erkin suvga aylanadi. 
6. Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi – 
tuproq qoplami yer sharining gaz rejimi va atmosfera tarkibining 
shakllanishida, fotosintezida, karbonat angidridining birikishi, azot 
to‘plashi, kislorod va vodorodning to‘planishida, denitrifikatsiya, 
desulg‘fofikatsiyada, oksidlanish va nafas olishda, karbonat angidridning 
atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rolg‘ 
o‘ynaydi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
40 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling