Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar. “
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar. “
Tuproqshunoslik” fanidan mahlumki, tuproq tarkibi ona jinsning kimyoviy tarkibi va xossalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tog‘ jinslarining nurashi natijasida hosil bo‘lgan moddalarning tarkibi tuproqning granulometrik, kimyoviy va mineralogik tarkibiga, ularning fizikaviy va fizik-mexanik xossalariga, suv, havo, issiqlik va oziqa rejimiga bevosita ta’sir qiladi. Ayniqsa, bu genetik bog‘liqlik tuproq hosil bo‘lishi jarayonining boshlang‘ich davrida elyuviyda yoki delyuviyda oddiy (primetiv), hali kesma (profil) tabaqalanmagan paytida yaqqol namoyon bo‘lib, natijada ona jins xossalari tuproqda aks ettiriladi. Vaqt o‘tish bilan tuproqda ona jins xususiyatlari borgan sari kamayib ketadi. Faqatgina chuqur o‘zgarishlarga uchramagan minerallargina saqlanadi. Tuproq kesmasining qalinligi, xossalari va tarkibi tuproq hosil qiluvchi ona jins tabiati bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, nordon magmatik tog‘ jinslari va qumtoshlar elyuviyida paydo bo‘lgan tuproqlar unumdorligi past bo‘ladi. Neytral muhit asoslariga boy tog‘ jinslarining nurash qobig‘i ustida hosil bo‘lgan tuproqlar gumus, oziqa moddalariga boy hamda granulometrik tarkibi yengil, qumoq va unumdor bo‘ladi. Bo‘z tuproqlar tarqalgan soz (lyoss) yotqiziqlar serunum va fizik- kimyoviy xususiyatlari yaxshidir. Nemis olimi G.Yenni (1948) V.V.Dokuchayev taklif etgan tuproq hosil qiluvchi omillarni tan olib, uni matematik nuqtai nazardan qayta ishlab chiqdi. Uning tahrificha, landshaftda birgina tuproq jinsining o‘zgarishi, ammo boshqa barcha tuproq hosil qiluvchi omillar o‘zgarmay qolganda ham, o‘z xossa va xususiyatlari bilan farq qiladigan tuproqlar rivojlanadi. Bunga misol qilib, o‘zimizning cho‘l mintaqasida paydo bo‘lgan sur tusli, qo‘ng‘ir, taqir va qumli tuproqlarni ko‘rsatish mumkin. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar neogen va poleogen davrida elyuviyda va prolyuvial loy hamda qattiq jinslardan iborat yotqiziqlar ustida hosil bo‘ladi. Taqirlar eski daryo allyuviylari, qumli tuproqlar esa qum uyumlari ustida shakllangan. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 35 Demak, boshqa mintaqalarda ona jins tuproq turkumi va turini belgilasa, cho‘l mintaqasida esa uning tipini ifodalaydi. Ona jinsning xossa-xususiyatlari, tarkibi sug‘oriladigan tuproqlarda sho‘rlanish, sho‘rtoblanish va ishqorsizlanish kabi jarayonlarning rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Agar tuproq hosil qiluvchi yotqiziq va tuproqning mexanik tarkibi og‘ir bo‘lsa, uning suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati og‘irlashib, pastqam joylarda sizot suvining ko‘tarilishi natijasida botqoqlanish rivojlanadi va tuproq qatlamida gleylanish jarayoni yuz beradi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar relyefning holatiga va o‘simlik qoplamining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling