Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 45 qo‘shilmalar sifatida yoki boshqa genetik qatlamlardan o‘tgan mahsulotlardir. Keyingi morfologik bosqich genetik qatlamlarda turli o‘lchamdagi organo-mineral va alohida minerallardan iborat agregatlardir. Ulardan kichik bo‘lgan qismi polyarizatsion mikroskoplar yordamida mikromorfologik usul orqali o‘rganiladi. Tuproq qoplamini tabiiy tana sifatida inobatga olgan holda tuproq tuzilishi, holati, donadorlik darajasi, agregatligi va tarkibini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Har bir tuproq tipiga xos kesma profili shakllangan bo‘lib, tuproq qoplami, uni hosil qiluvchi ona jinsining vertikal o‘zgarishiga binoan, ya’ni tuproq hosil bo‘lishi jarayoniga bog‘liq holda, qonuniyat asosida granulometrik, mineralogik, kimyoviy va biologik xossalarining o‘zgarishi kuzatiladi. Kesmada genetik qatlamlarning tabaqalanishi moddalar va energiyaning vertikal holatda mavsumiy yillik, ko‘p yillik davrda shakllanishi bilan bog‘liq. V.V.Dokuchayev tuproqshunoslik fanining paydo bo‘lishi davrida tuproq profilini A - gumus akkumulyativ yuza qism, V - ona jins tomon o‘tuvchi, S-tog‘ jinsi yoki tuproq hosil qiluvchi yotqiziq kabi genetik gorizontlarga ajratdi. Tuproqning yuqori qatlami ham tabaqalanib – organik, noorganik, ishlov berish mobaynida hosil bo‘lgan qatlamchalar simvolik xarflar bilan beliganadi. Masalan, T - torf qatlami, O - o‘rmon yoki cho‘l to‘shami, Aal - suv o‘tlari qobig‘i, Ad - chim qatlami, A - gumus qatlami, Ar - haydalma qatlami va x.k. iboratdir. O‘tuvchi V - illyuvial qatlam, ya’ni Vt - loy illyuvial, Vf – temirli - illyuvial, VN – gumusli - illyuvial, Bna - sho‘rtob, Vsa - karbonatli, Bsa - tuzli, Bcs - gipsli qatlamlarga ajratilishi mumkin. Bu qatlam o‘zining hosil bo‘lishi, shakllanishi va tuzilishiga binoan metamorfik, siollit - metamorfik, ferrallit-metamorfik illyuvial qismlarga tabaqalanishi mumkin. Namlik o‘ta rivojlangan gleyli qatlamlar bo‘linib, g harfi bilan belgilanadi. Tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinslari yoki yotqiziqlar S, D, R harflari orqali ifodalanadi. Tuproq profili o‘zining kelib chiqishi, shakllanishi va tuzilishiga qarab bir necha qismga bo‘linadi: 1) oddiy primitiv; 2) rivojlanmagan; 3) normal; 4) kuchsiz tabaqalangan; 5) eroziyaga uchragan holatdagi. Shuningdek, genetik holatga nisbatan: 1) akkumulyativ; 2) elyuvial; 3) sizot akkumulyativ; 4) elyuvial- illyuvial; 5) tabaqalangan profillarga ajratilishi mumkin. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 46 B.B.Polinov tuproq morfologik tuzilishini uch guruhga ajratgan: 1) har bir genetik qatlamga xos va ularni aniqlashtiruvchi xususiyatlar; 2) butun profil bo‘yicha tarqalgan holatlar; 3) profilning ma’lum qismiga xos, ammo genetik gorizontlar chegaralamaydigan shakllar. Masalan, tuproq rangi, yoriqlik, gumus-akkumulyativ, karbonat-akkumulyativ jarayonlar misol bo‘la oladi (12-rasm). Tuproq profilining tuzilishi, shakllanishi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab ular tabaqalanmagan oddiy (primitiv), izogumusli, metamorfik, ellyuvial-illyuvial tabaqalangan, gidrogen tabaqalangan, kriogen va antropogen tabaqalangan kabi ko‘rinishlardan iborat. Genetik qatlamlar chegarasi aniq yoki bir-biriga o‘tuvchi holatlar bilan belgilanadi va ular quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin: tekis, to‘lqinsimon, cho‘ntaksimon, tilsimon, oqimli, yuvilgan, changli va past ayvonli. Qatlamlarga chegaralash keskin, aniq, ko‘rinarli yoki asta-sekin holatlar. Eng asosiy tuproq morfogenetik xususiyatlari - uning rangi, strukturasi (donadorligi) va g‘ovakli xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 12-rasm. Tuproq profilining morfologik tuzilishi H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 47 Hozirgi paytda tuproqshunoslikda tuproqning morfologik tuzilishini takomillashgan zamonaviy polyarizatsion va elektron mikroskop hamda rentgen spektral jihozlar asosidagi mikromorfologik usullar yordamida genetik, evolyutsion, ekologik muammolarni hal qilish rivojlandi. Mikromorfologiya fanining asoschisi avstriyalik tuproqshunos V.Kubiena hisoblanadi. Mikromorfologiya fanining rivojlanishida I.I.Feofarova, Ye.I.Parfyonova, Ye.A.Yarilova, N.G.Minashina, G.Arg‘temyuller, A.I.Romashkevich, R.Broer, A.Yongersus, V.V.Dobrovolg‘skiy, G.V.Dobrovolg‘skiy, S.A.Shoba, K.N.Fyodorov, M.I.Gerasimova kabi tuproqshunos olimlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. O‘zbekistonda tuproq mikromorfologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha H.X.Tursunov va P.A.Morozovalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. Tuproq namunalari dala sharoitida profil va genetik qatlamlar bo‘yicha tabiiy buzilmagan holatda, monolit sifatida olinib, yupqa shliflar tayyorlanib, polyarizatsion, elektron va skanerli elektron mikroskoplar yordamida tuproqning mineral, organik plazmasi, g‘ovakligi, mikroagregatlik holati o‘rganiladi, ular 100-10000 marta kattalikda fotosuratga tushiriladi. Tuproq mikromorfologiyasini o‘rganishda, uning asosini tashkil qilgan matritsa, plazma, skeletining shakli, holati, mineral tarkibiga katta ehtibor beriladi. O‘zbekiston tabiiy tuproqlarini tog‘ jigarrang, bo‘z, bo‘z-o‘tloqi, sur tusli qo‘ng‘ir cho‘l, taqir, qumli va ularning antropogen omillar - sug‘orish, agrotexnik, meliorativ tadbirlar natijasida mikromorfologik tuzilishning o‘zgarishi va genetik masalalarni hal qilishda muallifning olib borgan ilmiy tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Olim magmatik, metamorfik, cho‘kindi tog‘ jinslarining nurashi, surilmalar va erozion jarayonlarning rivojlanishining tuproq mikromorfologik tuzilishining o‘zgarishi va shakllanishiga ta’siri to‘g‘risidagi masalalarni ham hal qilishda o‘z hissasini qo‘shgan. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling