Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
6-jadval
Fizik loy < 0,01 mm, > 10: 0-5 – qum 5-10 – bog‘liq qum 10-20 – qumli 20-30 – yengil qumoq 30-45 – o‘rtacha qumoq 45-60 – og‘ir qumoq 60-75 – yengil loy 75-85 – o‘rtacha loy > 85 - og‘ir loy Cho‘l mintaqasi uchun: fizik qum> 0,01 mm Qum (0,01) yig‘indisi 100-95 – qum 95-90 – bog‘liq qum 90-80 – qumli 80-70 –yengil qumoq 70-55 – o‘rtacha qumoq 55-40 – og‘ir qumoq 40-25 – yengil loy 25-15 – o‘rtacha loy < 15 – og‘ir loy Tuproqning granulometrik tarkibi mineral, organik va organo-mineral mahsulotlardan tashkil topadi. Uning asosi kristall yoki amorf holatdagi minerallar, organik moddalar (gumus) hamda organo-mineral birikmalardan iborat. Tuproq zarrachalarining 1 mm dan kattaroq qismi shag‘alli (skeletli), undan kichikroq yig‘indisi esa mayinligi bilan ajralib turadi. Tuproq zarrachalarining suv ta’siriga bardoshlilik xususiyatiga binoan, ya’ni 0,25 mm dan kichikroqlari mikroagregatlarga ajratilgan (13-rasm). Tuproq zarrachalarining o‘lchamiga qarab, uning mineralogik va kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi. Masalan, tuproqning yirik zarrachalari qum va undan katta bo‘lgan shag‘al va chag‘irtoshlarda (3-1 mm), asosan, birlamchi minerallar H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 51 kvars, dala shpatlari va slyudadan tashkil topgan bo‘lib, tarkibi kremniy, alyuminiy va temir oqsidlaridan iboratdir. 13-rasm. Tuproq zarrachasining morfologik tuzilishi. Bu zarrachalar miqdori ko‘p bo‘lgan tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati yuqori bo‘ladi. Qum zarrachalarida (1-0,05 mm) tog‘ jinslarining bo‘laklari, kvars va dala shpatidan iborat bo‘lib, suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati yuqori, qovushqoq emas, platik emas, ammo ozgina kapilyar g‘ovakli va suv ushlab qolish xususiyatiga ega, suvda bo‘kmaydi. Mexanik tarkibida mayda qum ko‘p bo‘lgan tuproqlarda madaniy ekinlar yoki o‘rmonlar o‘stirilishi mumkin. Yirik va o‘rta o‘lchamdagi (0,05-0,005 mm) chang mineralogik jihatdan qumdan farq qiladi. Tarkibida birlamchi minerallardan tashqari xlorit, kaolinit, illit kabi ikkilamchi minerallar, kimyoviy tarkibida temir, kalsiy, magniy, natriy va biofil elementlarni saqlaydi. Plastik emas, ozgina bo‘kish xususiyatiga va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega. O‘rta chang (0,01-0,005 mm) zarrachalarida slyudalar miqdori ko‘p bo‘lib, ular plastiklik va qovushqoqlikni oshiradi. Dispers holat mavjudligi tufayli suvni yaxshi ushlaydi, ammo suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati sust bo‘lib, donadorlik va koagulyatsiya jarayonida ishtirok etmaydi. Shuning uchun yirik va o‘rta changga boy bo‘lgan tuproqlar tez changlanadi, sernam sharoitda oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, zichlashtiradi va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytirib yuboradi. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 52 Mayda chang zarrachalari (0,005-0,001 mm) yuqori dispers xususiyatlarga ega, ular birlamchi va ikkilamchi minerallardan tashkil topgan bo‘lib, yaxshi donadorlik, koagulyatsiya, yutish qobiliyatini oshiradi va gumus moddalariga boy bo‘ladi. Biroq tuproq tarkibida bunday zarrachalar miqdorining oshiqligi, suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati, bo‘kish va cho‘kish, yopishqoqolik, qatqaloq hosil qilish va darz ketish jarayonlarining rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Loy (< 0,001 mm) zarrachalari mineral, organik va organo-mineral moddalardan iborat bo‘lib, tarkibida oziqa moddalar - gumus, azot, fosfor, kaliy va mikroelementlarga boydir. Kolloid zarrachalar esa tuproq donadorligini oshirishda ishtirok etadi. Tarkibida gumus, kalsiy va temir birikmalarining ko‘pligi tufayli tuproqning yutish qobiliyati oshadi. Tuproq tarkibida chang va loy zarrachalarining ko‘payishi, uning fizik-mexanik xususiyatlarini tomomila o‘zgartirib yuboradi, bu esa tuproq mexanik zarrachalarini ikki guruhga: fizik qum (> 0,01 mm) va fizik loy (<0,01 mm)ga ajratish imkoniyatini yaratib beradi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling