Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Yer yuzasidagi quruqlikning suv bilan tahminlanishi va tuproq paydo
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq paydo bo‘lishida biologik omilning roli.
Yer yuzasidagi quruqlikning suv bilan tahminlanishi va tuproq paydo
bo‘lishi xususiyatlari (M.M.Budiko, 1968) Iqlim hududlari Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori, mm Namlanish koeffitsienti (NK) O‘rta quruq (superarid) 10-20 0,1-0,2 Quruq (arid) 50-150 0,3-0,5 Mo‘tahdil quruq (semiarid) 200-400 0,5-0,7 Namli (gumid) 500-800 1,0 Ortiqcha namli 1500-2000 1,2-1,5 Xususan namli (supergumid) 3000-5000 1,5-2,0-3,0 H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 30 Tuproqning 20 sm chuqurligigacha va atmosferaning 2 m balandligigacha harorat va namlikning faol mavsum va o‘rtacha yillik miqdori qishloq xo‘jaligida batafsil o‘rganiladi. Tuproq paydo bo‘lishida biologik omilning roli. Tuproq hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydigan omil tirik jonivorlar hisoblanadi. Tuproq paydo bo‘lishining boshlanishi mineral substratga mikroorganizmlarning qo‘nishi bilan bog‘liqdir. Mayda jonivorlar, lishayniklar, suv o‘tlari tog‘ jinslarini yemirib, oliy o‘simliklarning rivojlanishi va o‘sishi uchun sharoit yaratib beradi. Dunyo bo‘yicha yirik jonivorlarning taxminiy miqdori 10 12 tonna (Vernadskiy, 1960), V.A.Kovdaning hisobiga ko‘ra (1983), quruqlikdagi hamma jonivorlar hisobiga ko‘ra hosil bo‘ladigan biomassa taxminan 3·10 12 -17·10 12 tonnaga teng bo‘lib, jumladan, o‘rmon – 11·10 11 – 11·10 12 , o‘tlar - 11·10 11 , hayvonlar - 11·10 9 KD ga tengdir. O‘simlik qoplami mintaqalar bo‘yicha turli miqdorda tarqalgan bo‘lib, bir necha guruhlarga yoki fitotsenozlarga bo‘linadi. Har bir o‘simlik guruhiga mos mahlum turdagi mikroorganizmlar mavjid. O‘simlik formatsiyasi daraxtlar, dasht va cho‘l o‘simliklariga bo‘linadi. Hali madaniy o‘simliklar formatsiyasi ajratilmagan. O‘simlik formatsiyalari biomassasi, kimyoviy tarkibi, tuproq massasiga ta’siri ham turlichadir. Tuproq organik miqdori gumus hosil bo‘lishi va to‘planishi o‘simlik xazonining turiga va tarkibiga bog‘liq. O‘simlik tarkibi N, C, O, H dan tashqari 70 dan ortiq makro- va mikroelementlar, kislotalar, yog‘lar, smolalar, oshlovchi moddalardan tashkil topgan. O‘simlikning vegetativ organlarida yuqoridagi qayd qilingan moddalar turli darajada tarqalgan. O‘simlikning yog‘och qismida sellyuloza 60 % dan ko‘proqdir. Daraxt bargida va o‘tlar tarkibida bu moddaning miqdori kam bo‘ladi. Shuning uchun o‘simlik formatsiyalari ostida turli toifadagi tuproqlar hosil bo‘ladi. Masalan, o‘rmon o‘simliklari formatsiyasi ostida podzol, dasht o‘simliklari tagida esa qora tuproqlar hosil bo‘ladi. Bu tuproqlar kimyoviy tarkibi, xossa va xususiyatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi (4-rasm). H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 31 4-rasm. Turli formatsiyaga oid o‘simlik ildizlarining tuproq profilida tarqalishi. O‘rmon qiyining hosil bo‘lishi, tarkibi nina va keng bargli o‘rmonlarda turlicha bo‘ladi. Gumus hosil bo‘lish jarayoni nina bargli o‘rmonlarda sekin rivojlanadi. O‘rmon qiyidan gumus hosil bo‘lishida zambrug‘lar faol ishtirok etadi. O‘rmon ostida yuviladigan suv rejimida podzol tipdagi tuproqlar paydo bo‘ladi. Gumus hosil bo‘lishi fulg‘vat tipiga mansub bo‘lib, podzol tuproqlar kam gumusli hisoblanadi. Keng bargli o‘rmonlar ostida gumus hosil bo‘lishida daraxt yaproqlari, o‘t- o‘simliklarning tanalari qatnashib, gumus fulg‘vat tipiga mansub bo‘ladi. O‘t-o‘simliklar rivojlangan dashtlarda hosil bo‘lgan chimning yil sayin chirishi natijasida gumusga boy qora tuproqlar hosil bo‘ladi. Bo‘z tuproqlar mintaqasida ham chim hosil bo‘lib, tuproqning yuza qatlamida gumus to‘planadi va asosan, gumat tipiga mansub bo‘ladi. Biroq uning miqdori qora tuproqlardan bir necha marta kam bo‘ladi. Cho‘l mintaqalarida o‘simlik qoplami kam miqdorda bo‘lganligi tufayli gumus 1% dan kam to‘planadi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida o‘simliklardan tashqari ko‘p miqdorda umurtqali va umurtqasiz hayvonlar faol ishtirok etadi (5-rasm). Ular o‘lchamiga binoan 4 guruhga bo‘linadi: a) mikrofauna – o‘lchami 0,2 mm dan kichik bo‘lgan organizmlar; b) mezofauna – o‘lchami 0,2-4 mm gacha bo‘lgan organizmlar; v) makrofauna – o‘lchami 4-80 mm gacha bo‘lgan organizmlar; g) megafauna – o‘lchami 80 mm dan katta bo‘lgan organizmlar. Yuqorida ko‘rsatilgan organizmlar tuproqdagi organik moddalarni parchalashda tuproqning yumshashi va uning suvi, hajmini yaxshilovchi kovakchalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 32 5-rasm. Tuproq tirik biotasining tarkibi va ulushi Hayvonot qoldiqlari chirib, tuproq gumusi tarkibiga qo‘shiladi. Tuproqda yashovchi jonivorlar ichida umurtqasizlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning biomassasi umurtqalilar biomassasiga nisbatan ming martagacha ko‘proqdir.(5-rasm). Yomg‘ir chuvalchanglarining miqdori har gektariga 1,2 mln. donagacha bo‘lishi mumkin. Tuproq tarkibidagi organik va mineral moddalarni yomg‘ir chuvalchanglari o‘z oshqozonidan o‘tkazib, uni donachalarga aylantiradi (Darvin, 1882-yil). N.A.Dimo mamlakatimiz tuproqlarida chuvalchang, termitlar va boshqa organizmlar faoliyatini chuqur o‘rganib, 1 gektar yerdan chuvalchanglar o‘z ichagidan 500-600 tonna tuproqni o‘tkazib, 60-70 yil davomida 1 metr qalinlikdagi tuproqni qayta ishlashi mumkin. Har bir gektar tuproqda chuvalchang kaproliti 25 tonnani 1 yilda ishlab chiqarishi aniqlangan (6-rasm). Tuproq mahsulotlarini qayta ishlashda chumolilarning roli katta bo‘lib, ular o‘simlik ildizlari, tanalari va tuproqni aralashtirib g‘ovakchalar hosil qiladi. 6-расм. Тупроқдаги ёмғир чувалчанглари фаолияти H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 33 Tuproq va uni hosil qiluvchi yotqiziqlar mahsulotini qayta ishlab, aralashtirishda yer qazuvchi hayvonlarning roli kattadir. Mikroorganizmlar ham tuproqdagi mineral va organik moddalarni parchalab, o‘z tanalari gumusli plazma, oksid aminokislotalar bilan boyitadi. Mikroorganizmlar miqdori 1 gektar yerda 5 tonnagacha yetishi mumkin. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling