Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlari deganda nimani tushunasiz? 
2. Tuproqning paydo bo‘lishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 
3. Tuproq hosil qiluvchi omillar qaysi olimlar tomonidan ishlab 
chiqlqan? 
4. Inson faoliyatining tuproq hosil bo‘lishdagi roli qanday? 
 
3-bob. Tuproq qoplamining biosferadagi ekologik roli, uning 
atmosfera va litosferaga ta’siri 
 
“Tuproqshunoslik” fanining rivojlanish tarixi, tuproq qoplamini hosil 
qiluvchi jarayonlar va omillar tahlili asosida biz tuproq polidispers tizim, 
tabiiy tana shaklida, o‘zining unumdorlik darajasi bilan tabiatda ajralib 
turishini bilamiz. Shu paytgacha biz tuproq qoplamini qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini yetishtiruvchi va insoniyatni kiyim-kechak va boshqa xom 
ashyo mahsulotlari bilan ta’minlaydigan manba - ishlab chiqarish vositasi 
sifatida talqin qilib keldik. 
Sanoatning yuksalishi, yer yuzasida odam sonining ko‘payishi bilan 
tuproq qoplamining biosferadagi ahamiyati, uning ekologik ahvolining 
og‘irlashib ketishi, pestitsidlar, sanoat, qurilish va maishiy chiqindilar 
tarkibidagi og‘ir metallar bilan ifloslanishi va ularga qarshi kurash 
choralari to‘g‘risidagi masalalarga ehtibor berish, ekologik barqarorlikka 
erishishni hal qilish kabilar asosiy vazifalardan biriga aylandi. 
Tuproq qoplami inson, hayvonot dunyosi, o‘simliklarning 
yashaydigan, o‘sadigan, rivojlanadigan, ko‘payadigan va tarqaladigan 
makoni bo‘lib xizmat qiladi. Eng muhimi, tuproq qoplami biosferaning 
hayotiy qobig‘i biotsenoz va zootsenozlarning manbai va koni bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Shu paytgacha tuproq paydo bo‘lishida atmosfera, gidrosfera va 
litosfera agentlarining ta’siri har taraflama talqin etib kelindi, ammo tuproq 
qoplamining, atmosfera, gidrosfera va litosferaga, uning ekologik 
funksiyasiga ta’sir etishi kabi masalalariga yetarli e’tibor berilmadi. 
Respublikamizning milliy va viloyat universitetlarida agrokimyo va 
tuproqshunoslik 
tizimi 
bo‘yicha 
ta’lim 
olayotgan 
talabalarga 
tuproqshunoslik fani miqyosida tuproq qoplamining biosferadagi roli, 
shakllangan xossa va tarkibining atmosfera, gidrosfera, litosferaga 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
37 
ekologik ta’siri haqidagi ma’lumotlarni ushbu bobda keltirib o‘tish 
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Tuproq qoplami quyosh energiyasining asosiy qismini o‘zida to‘plab, 
o‘simlik dunyosini suv, azot, uglekislota va boshqa oziqa elementlari bilan 
tahminlab, fotosintez jarayonining amalga oshishida ishtirok etadi. Tuproq 
ustida o‘sadigan o‘simlik qoplami yil davomida 0,5 x 10
15 
kilovat/soat 
energiyani fotosintez orqali organik modda sifatida o‘zlashtiradi. Insoniyat 
tomonidan bir yil ichida yoqilg‘i, oziq-ovqat va yem-xashak sifatida 7,0 x 
10
12
kv/soat energiya istehmol qilinadi. Insonlar tomonidan oldingi o‘tgan 
geologik jarayonlarda o‘simliklar dunyosi tomonidan hosil qilingan 
ko‘mir, torf, neftg‘ sifatida har yili 16,2x10
12
kv/soat energiya sarflanishi 
hisoblangan. Agar hozirgi davrda atom, shamol, daryo oqimlari energiyasi 
hisobga olinmasa, kelajakda tuproq-o‘simlik-hayvonot dunyosi hosil 
qiladigan energetika manbalari insoniyat uchun salmoqli xizmat qiladi. 
Chunki tuproqda quyosh nuri energiyasini, kinetik va potensial energiyaga 
aylantiradigan, insoniyatni kimyoviy energiya va oziqa moddalari bilan 
tahminlaydigan yagona manba bo‘lib, tirik jonivorlar va yashil o‘simliklar 
xizmat qiladi. 
Yer yuzida hayot quruqlikda, okean, dengiz, ko‘llarda va 
atmosferaning 2-3 km balandligida yer qahrining o‘n, yuz, ming metr 
chuqurlikda rivojlanishi mumkin. Tirik organizmlar yashab, hayot 
kechiradigan va rivojlanayotgan yer qobig‘i biosfera deyiladi. Tuproq 
biosferaning tarkibiy qismi bo‘lib, litosferada bo‘layotgan jarayonlarning 
tarkibiy mahsuloti sifatida bevosita ishtirok etadi. Tuproq o‘simlik, 
hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar yashaydigan, o‘sadigan, ko‘paya-
digan, tarqaladigan, rivojlanadigan makon va manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Bundan tashqari, u o‘simlik va tirik organizmlar qoldig‘i, sanoat, 
qurilish, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilar yig‘iladigan ombor 
hisoblanadi. Quruqlikda, ya’ni tuproqda o‘simliklar tomonidan nx10
10
tonna fitomassa hosil bo‘ladi, shuningdek, 0,5% minerallanish 
jarayonlariga duchor bo‘ladi. Inson tomonidan yiliga fitomassa 3,6 x 10
8

istehmol qilinadi. Demak, biosferada tuproq – organizimlar, ayniqsa, 
tuproq-o‘simlik orasida umumplanetar energiya va oziqa almashinuvi 
zanjiri amalga oshiriladi.. Ularga yutilish, organik modda holatiga o‘tish va 
organik moddalarning azot, uglerod, kislorod, vodorod, oltingugurt, kalsiy, 
kaliy, kremniy, temir va magniy elementlariga qadar mineralizatsiyalanish 
jarayoni misol bo‘la oladi. Agar o‘simlik kulida biologik jarayonda nx10
8

o‘simlik assimilyatsiya qiladigan elementlarga aylanadi. Ammo uning 
asostiy qismi o‘simliklarning chirishi, minerallanishi natijasida tuproq va 
suv havzasiga qaytib tushadi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
38 
Tuproq qoplami quyoshdan keladigan radiatsiyani uzatuvchi va 
qaytaruvchi sifatida ishtirok etishi, uning relyefi, o‘simlik bilan 
qoplanganligi, namligi, mexanik tarkibi, donadorligi, qattiqligi va 
yumshoqligi organik-mineral moddalarning tarkibi bilan bog‘liqdir. 
Tuproq qoplami atmosferadagi namlik o‘zgarishi, harakati va 
almashinuvida ishtirok etadi. Tuproq qoplamidan atmosferaga mayda, 
o‘rtacha, chang va loy hamda kolloid zarrachalari chiqadi, bunda 
mikroorganizmlar ham ishtirok etishi mumkin. 
Atmosfera tarkibi, ya’ni azot, kislorod, vodorod, karbonat angidrid, 
suv bug‘i tuproq - o‘simlik - hayvonot dunyosi - mikroorganizmlar hayoti 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan elementlar 
o‘simlik tomonidan organik moddalar hosil qilishda ishtirok etib, 
tuproqdagi jonivorlar va mikroorganizmlar tomonidan qaytadan ishlanib, 
boshqa moddalarni vujudga keltiradi. Tuproq bilan atmosfera orasida gaz 
almashinuvi bo‘lib turadi, ya’ni CO
2
, NH
3
, NO
2
, N
2
, H
2
S, CH
4
va suv 
bug‘lari tuproqdan havoga o‘tadi. 
Tuproq qoplami yer usti va osti suvlari bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, suv geokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Tuproq tarkibidagi 
suv, uning g‘ovaklarida, organik va mineral moddalar tarkibida, eritmasida 
ham ishtirok etadi va geokimyoviy jarayonlarda qatnashadi. Tuproqdagi 
suv moddalarni erituvchi va hosil bo‘lgan mahsulotlarni transportirovka 
qilishda ishtirok etadi. 
Tuproq tarkibidagi suv gidrosfera suvi manbalarining biri 
hisoblanadi. Daryo, ko‘l, dengiz, okeanlarning shakllanishi va 
gidrokimyoviy tarkibi tuproq qoplamining morfologik tuzilishi, suvning 
fizik xossalari va holati, kimyoviy va mineral tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 
Daryo suvida 0,2-0,4 g/l mineral moddalar, gumus va mikroorganizmlar 
bo‘lib, tuproq zarrachalari esa 2-5-10 g/l ni hosil qilishi mumkin. Suv 
havzasi tarkibidagi organik va mineral moddalar tuproq va uni hosil 
qiluvchi tog‘ jinslarining yemirilishidan paydo bo‘lgan mahsulotlar tuproq 
hosil bo‘lishi jarayonida bir necha milliard yillardan buyon, ya’ni silur 
davridan beri davom etib kelmoqda. Tuproq tarkibidagi organik va mineral 
moddalar, turli mikroorganizmlar, chang, loy va kolloid zarrachalar shamol 
va suv eroziyasi jarayonida harakatga kelib, to‘zonlar sifatida atmosferaga 
ko‘tarilishi va gidrosferani ifloslantirishi mumkin. 
Tog‘ jinslari, ayniqsa, cho‘kindi yotqiziqlarida hosil bo‘lgan neft, 
ko‘mir, torf va gaz zahiralari tuproq hosil bo‘lishi jarayonlari bilan 
bog‘liqdir.
Litosferadagi yotqiziqlar tuproq orqali atmosferadan havo, suv va 
boshqa moddalarni olib, o‘simlik va mikroorganizmlar yordamida, ko‘mir, 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
39 
neftg‘, torf, gaz, temir, marganets, alyuminiy, oltingugurt, gilmoyali loylar, 
tuzlar va fosforli moddalarni hosil qilgan. 
Tuproq qoplamining biosferadagi roli katta geologik va kichik 
biologik doira bo‘yicha moddalar harakati almashinuvi jarayonida yaqqol 
ko‘rinadi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling