Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Tuproqshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURILISH DEXQONCHILIK MATEMATIKA KIMYO FIZIKA JUG’ROFIYA GEOLOGIYA BIOLOGIYA
- TABIATNI MUXOFAZA QILISH
Tuproqshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi.
Sayyoramiz tuproq qoplamini, uning xossa va xususiyatini aniqlashda tabiiy fanlar bilan bog‘liqlikdan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Tuproq H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 21 qoplamining paydo bo‘lishi, ya’ni genezisi yerning geologik va geomorfologik tuzilishi, texgonik va seysmik jarayonlar bilan bog‘liqdir. 2-rasm. Tuproqshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi Petrografiya, mineralogiya va kristallografiyada foydalanilayotgan uslubi va o‘zgarishlardan tuproq tarkibidagi minerallar, ularni hosil bo‘lishi va transformatsiyasini o‘rganishda va aniqlashda foydalaniladi. QURILISH DEXQONCHILIK MATEMATIKA KIMYO FIZIKA JUG’ROFIYA GEOLOGIYA BIOLOGIYA SOG’LIQNI SAQLASH MELIORATSIYA TUPROQSHUNOSLIK KRIMINALISTIKA O’RMONCHILIK AGROKIMYO TABIATNI MUXOFAZA QILISH H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 22 Gidrogeologiya esa tuproq tarkibidagi suvning shakllanishi va rejimini o‘rganishda yordam beradi. Tuproqshunoslikda makro, mezo va mikrorelyefning hosil bo‘lishi va tuzilishini geomorfologiya fanining qonuniyatlari va uslubiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Tuproq xaritasini tuzishda geodeziya va kartografiya uslubiyatidan keng foydalaniladi. Tuproqshunoslik geokimyo, biogeokimyo, gidrokimyo fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproqdagi jarayonlar, moddalar harakati va ularning o‘zgarishi shu fanlardagi qonuniyat va uslubiyat orqali aniqlanadi. Tuproq to‘g‘risidagi fan iqlimshunoslik va meteorologiya bilan bog‘liq bo‘lib, undagi havo, suv, issiqlik rejimi va jug‘rofiy tarqalishi yuqorida aytib o‘tilgan predmetlarga bog‘liqdir. Tuproqdagi o‘simliklar va tirik jonivorlarning yashash sharoiti, o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi, oziqlanishi va unumdorligi biologiyaning botanika, zoologiya, fiziologiya, biokimyo, mikrobiologiya kabi fanlari bilan bog‘liqdir. Tuproqshunoslik fizika va kimyo fanlari bilan ham bog‘liq bo‘lib, tuproqning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi, ulardan olinadigan natijalar matematika usullari yordamida aniqlanadi. “Tuproqshunoslik” fanining rivojlanishi landshaftshunoslik, biogeokimyo, o‘rmonchilik, agroo‘rmonchilik, landshaft geokimyosi, geobotanika, biotsenologiya kabi yo‘nalishlar taraqqiyotiga asos bo‘ldi (2-rasm). Sinov savollari 1. Tuproq deb nimaga aytiladi? 2. “Tuproqshunoslik” fanining obyekti, predmeti, o‘rganish usullari qanday? 3. “Tuproqshunoslik” fanining maqsadi va vazifalarini tushuntiring? 4. “Tuproqshunoslik” fanining ibtidoiy, feodalizm va kapitalizm davrida Osiyo, Yevropa, Amerikada rivojlanishi tarixi haqida so‘zlab bering. 5. “Tuproqshunoslik” fanining O‘rta Osiyo va O‘zbekistondagi rivojlanish tarixi qanday? 6. “Tuproqshunoslik” fanining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 7. “Tuproqshunoslik” fanining tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi qanday? 8. Tuproqning biosferadagi va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi ahamiyatini tushuntiring. 9. Fundamental va mintaqaviy tuproqshunoslik haqida nimalarni bilasiz? 10. Tuproqshunos mutaxassislarni tayyorlash masalalarining ahamiyati qanday? H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 23 2-bob. Tuproqning paydo bo‘lishiga turli jarayon va omillarning ta’siri Tuproqning hosil bo‘lishida mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarning ahamiyati. Tuproq paydo bo‘lishida iqlim, relyef, o‘simlik va tirik jonivorlar, ona jins, vaqt va inson faoliyatining roli. Tuproq hosil bo‘lishi deganda - tog‘ jinslarini (magmatik, metamorfik, cho‘kindi) mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida yemirilib, iqlim, suv va gravitatsion kuchlar ta’sirida elyuviy, delyuviy, prolyuviy, allyuviy va eol yotqiziqlar ustida tabiiy sharoitda tuproq paydo bo‘lishi hamda inson faoliyati ta’sirida uning tadrijiy rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz. Tuproq fizikaviy holatiga ko‘ra uch fazali tizim: qattiq, suyuq, gazsimon, keyinroq A.A.Rode to‘rtinchi biologik fazani ham hisoblanishini tavsiya etadi. Ma’lumki, tuproq paydo bo‘lishining birinchi bosqichi tog‘ jinslarining nurash davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq paydo bo‘lishi litosferaning yemirilish qobig‘i bilan birgalikda rivojlanadi. Magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘ jinslari litosferaning asosini tashkil qiladi. Magmatik tog‘ jinslari yuqori haroratda erigan magmaning chuqur qatlamlarida katta bosim ta’sirida qotib qolishi natijasida paydo bo‘ladigan intruziv (granitlar, sienitlar, dioritlar) jinslarga hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning odatdagi atmosfera bosimi sharoitida qotishi natijasida hosil bo‘lgan effuziv (bazalg‘tlar, porfiritlar, tuflar) va boshqa jinslarga bo‘linadi. Litosferaning 95%i magmatik (otqindi) tog‘ jinslaridan tashkil topganligi aniqlangan. Intruziv tog‘ jinslari +1000 S 0 yuqori harorat, bir necha ming atmosferadan yuqori bosim sharoitda hosil bo‘lib kristallanadi va zichlashadi. Effuziv tog‘ jinslari magmaning yer yuzasiga litosferaning yoriqlari orqali ko‘tarilib, past harorat va bosim sharoitida beqaror bo‘lib yemiriladi va o‘z shaklini o‘zgartirib, yer ustki qatlamlarining termodinamik sharoitiga chidamli yangi tog‘ jinslarini ham hosil qiladi. Cho‘kindi (klastik) mahsulotlar magmatik tog‘ jinslarining yog‘inlar va mexanik kuchlar (haroratning o‘zgarishi, oqar suv, muz, shamol) ta’siri ostida hosil bo‘ladi. Lyosslar, qumlar, konglomerat, qumtosh, slanetslar ana shu guruhga kiradi, cho‘kindi tog‘ jinslari kimyoviy, organogen va boshqa qismlarga bo‘linadi. Ohaktosh, bo‘r, toshko‘mir, neft va boshqalar ham shular qatoriga kiritilgan. Cho‘kindi jinslar quruqlikning 75% maydonini egallaydi. Ular dengizlar hosil qilgan ohaktosh, soz, slanets, qumtosh va kontinental quruqlikda hosil bo‘lgan muzlik, daryo, ko‘l, shamol cho‘kindilar va yig‘ilmalardan iboratdir. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 24 Yerning chuqur qismida yuqori bosim va harorat sharoitida magmatik va cho‘kindi jinslar hosil bo‘ladi. Bunday tog‘ jinslari tuzilishi va o‘z xossalariga ko‘ra zich va qattiq holatda bo‘lib, yer yuzida keng tarqalgan. Litosferaning yer yuzasiga yaqin joylashgan qatlamidan tog‘ jinslari, ularni tashkil qiluvchi minerallar, iqlimiy omillar, mexanik kuchlar, suv va uning tarkibidagi erigan moddalar, havo, tirik organizmlar ta’siriga uchrab yemiriladi. Tog‘ jinslari va ularning tarkibidagi minerallarni atmosfera agentlari, turli jarayonlar ta’sirida yemirilishi, o‘z shakli va tuzilishini o‘zgartirish holatlari yig‘indisi nurash jarayoni deyiladi. Sayyoramizning quruqlik maydonlarida tabiiy sharoitda paydo bo‘lib, suv, shamol, muzlik va tektonik jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lgan yemirilish mahsulotlarining to‘planishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot nurash qobig‘i deb ataladi. Tog‘ jinslari va ularning nurash mahsulotlarining fizik va mexanik kuchlar ta’sirida, mineralogik va kimyoviy tarkibining deyarli o‘zgarmagan holatda katta-kichik bo‘lakchalarga bo‘linib ketish jarayoni fizik-mexanik nurash deyiladi. Sutka mobaynida havo haroratining o‘zgarishida tog‘ jinslari isiydi yoki soviydi, natijada kengayish yoki torayish jarayonlari rivojlanib, qattiq holatdagi jinslar vertikal va gorizontal yo‘nalishida darz ketadi hamda turli o‘lchamdagi yoriqlarni hosil qiladi. Turli termik nurash jarayonlarida hosil bo‘lgan yoriqlarga suv kira boshlaydi va uning muzlashi natijasida bosim ko‘payib, fizik-mexanik yemirilish jarayonlari avj oladi, bunday holat sovuq nurash deyiladi. Tog‘ jinsi va ularni tashkil qilgan minerallar o‘zining kristallografik tuzilishiga binoan issiqlik, sovuqlik va namlikni turli darajada o‘tkazib yemiriladi. Termik nurash tezligi tog‘ jinslarining tarkibidagi minerallarning turli- tumanligiga bog‘liq, ya’ni ularning tuzilishi va tarkibiga ko‘ra issiqlik va sovuqlikni o‘tkazuvchanlik qobiliyati har xil bo‘ladi (3-rasm). 3-rasm. Turli tog‘ jislarining yemirilishi. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 25 Daryo yoki muzliklarning siljishi natijasida ham fizik nurash sodir bo‘ladi. Shamol uchirib ketgan zarrachalar yer yuzasida g‘adir-budir joylarga tekkanda ham bu tog‘ jinslarning fizik yemirilish avj oladi. Bu hodisa cho‘llarda keng tarqalgan bo‘lib, korroziya deb ataladi. Qattiq holatdagi tog‘ jinslarining maydalanishi, siyqalanish va yoyilishi natijasida turli o‘lchamdagi katta-kichik zarrachalardan iborat tosh, shag‘al, chang, soz, loy, hattoki mayda kolloid keltirmalari paydo bo‘ladi. Demak, fizik nurash natijasida yaxlit tog‘ jinslarining yemirilishidan turli o‘lchamdagi qovushmali va g‘ovakli mahsulotlar hosil bo‘lib, ular havo, suvni yaxshi o‘tkazadi va suvni saqlaydigan bo‘ladi. Fizik nurash natijasida hosil bo‘lgan mineral mahsulot o‘lchamlari maydalashgan sari ularning yuza sathining hajmi geometrik progressiya darajasida oshib, adsorbsiya va absorbsiya (tashqi yutilish) jarayonining kuchayishiga olib keladi. Minerallar kristallik tuzilishga ega bo‘lganligi uchun, ya’ni atomlar turli masofada joylashgan bo‘lib, panjarani hosil qiladi. Bu panjaralar qirralari manfiy va musbat zaryadli ionlardan tashkil topgan bo‘ladi. Minerallar panjarasidagi anion va kationlar o‘zaro elektrostatik kuchlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Mineral panjarasi sirtidagi ionlar bog‘liqligi pasayib, ular bo‘shab qoladi, shuning uchun manfiy yoki musbat zaryadlanganligi tufayli tashqi muhitdan qarama-qarshi zaryadlangan ionlarni elektrostatik kuch bilan o‘ziga tortib oladi. Tog‘ jinslarining fizik yemirilishidan so‘ng kimyoviy nurash uchun sharoit yaratib beriladi. Kimyoviy nurash shunday yemirilishki, bunda yer ustki qatlamlarining dastlabki kimyoviy tarkibi o‘zgaradi va ko‘pincha strukturasi oddiy hamda yangi termodinamik sharoitlarga chidamli yangi birikmalar vujudga keladi. Suv miqdori va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining o‘zgarishi, adsorbsiya jarayonlari kimyoviy nurash vositalaridir. Tog‘ jinslaridagi birlamchi minerallar parchalanib, ikkilamchi minerallar hosil qilishi kimyoviy nurashga kiradi. Suv tog‘ jinslari tarkibidagi tuzlar, oksidlar, organik va mineral moddalarni turli darajada eritadi. Suv bilan moddalar o‘rtasida absorbsiya va adsorbsiya, gidratatsiya kabi kimyoviy jarayonlar ro‘y berishi mumkin. SaSO 4 + 2 H 2 O CaSO 4 Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling